1-Mavzu: Turizmning rivojlanish mezon va ko’rsatkichlari Reja: Milliy turizm rivojlanishi qanday o’lchanadi? Turistik statistika


Download 233.33 Kb.
Pdf ko'rish
bet22/23
Sana16.11.2023
Hajmi233.33 Kb.
#1778523
1   ...   15   16   17   18   19   20   21   22   23
Bog'liq
Turizm bo\'yicha mavzular

4. Turistik marshrutlar marketingi
Turistik marshrutlar O‘zbekiston Respublikasi bo’ylab chet ellik
turistlarning harakatlanishini hisobga olib turoperatorlar tomonidan ishlab
chiqiladi. Xalqaro ekspertlarning fikricha Markaziy Osiyo mintaqasida turistik
bozorning uchta segmenti shakllangan:
- butun tashrif vaqtini O‘zbekistonda o‘tkazadigan turistlar;
- Markaziy Osiyoga sayohatning bir qismini o‘tkazadigan turistlar:
O‘zbekistonda;
- ishbilarmonlik safarini dam olish va ko‘ngil ochish bilan qo‘shib olib
boradigan bizneschilar;
- Xalqaro bozorda O‘zbekiston "Buyuk ipak yo‘li" reklamasi orqali
sotiladigan turlar bilan ko‘proq tanilgan 
- Toshkent-Samarqand-Buxoro-Urganch-Toshkent;
- Toshkent-Samarqand-Shahrisabz-Buxoro-Urganch Toshkent turistik
markazlari ancha ommalashgan. 
Ular orasida, shuningdek bir necha kunlik kichik turlar ham mashhur. Ular
asosan chet ellik tashrifchilarning hobbisi (masalan, ov qilish, yovvoyi tabiatni
o‘rganish va boshqalar) va kasbiy qiziqishlarini hisobga olib taklif qilinadi.
Ko‘pchilik holatlarda O’zbekiston xalqaro turizm bozorida narx omilidan
yutqazadi. Xitoy, Eron, BAA kabi mamlakatlard turdosh turlar narxi sezilarli


arzon. Shu bilan birga ko‘pchilik mamlakatlar reklama va marketing tadqiqotlariga
katta mablag sarflaydilar. 
Shundan kelib chiqib mamlakatimizda ham raqobatbardoshli turmahsulotlar
shakllantirilishi kerak. Chunki turmahsulot narxi chet ellik turistlarning boy
bo‘lmagan qatlamlari uchun ham hamyonbop bo‘lishi lozim. O‘zbekiston tashqi
bozorda "Buyuk ipak yo’li"ning chorrahasida joylashganligi omilidan ham faol
foydalanishi mumkin. Shuningdek milliy turizm sohasi va tashqi iqtisodiy
aloqalarda foydalanish uchun o‘zining samarali logosini ishlab chiqishi va uni
keng tashviqot qilishi va tarqatishi zarur. Irlandiya uchun logo "Yashil orol", Xitoy
uchun "Sariq ajdaho", Yaqin va O‘rta Sharq uchun "Savdo karvoni", Hindiston
uchun "Jangovor fillar", Tayland uchun "Buddaning oltin ko’zi" bo’ladigan bo‘lsa,
O‘zbekiston uchun milliy ramz, o‘zbek xalqining turmushi, an’analari va
madaniyatini ifodalovchi, masalan "Semurg‘ qushi", "Yashil gumbazlar
mamlakati", "Sharq darvozasi" bulishi mumkin.
O’zbek turizmining jahon va mintaqaviy bozorda munosib o‘rin egallashini
milliy turmahsulotni faol reklamasiz amalga oshirib bo‘lmaydi. Bu yo‘nalishda
turoperatorlar kreativ nashriyotlar va dizaynerlar bilan hamkorlikda mamlakatning
diqqatga sazovor joylari to‘g‘risida bukletlar, broshyuralar, plakatlar bilan turizm
bozorini to‘ldirib tashlashlari lozim bo’ladi. Videoroliklar, kinofilmlar yaratilib
ular haqida xabarlar va reportajlar mahalliy va chet el matbuotidan keng joy olishi
muhim. Masalan, arab sharqi, Hindiston, Turkiya o‘zining kinofilmlari orqali o‘z
mamlakatlaridagi turmush tarzi, tarixi, madaniyati va urf-odatlarini keng targ‘ib
qiladi. Bu esa potensial turistlarda katta qiziqish uygotadi.

Download 233.33 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   15   16   17   18   19   20   21   22   23




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling