1-Mavzu: Turizmning rivojlanish mezon va ko’rsatkichlari Reja: Milliy turizm rivojlanishi qanday o’lchanadi? Turistik statistika


-mavzu: Turizm industriyasi rivojlanishining ekologik muammolarini


Download 233.33 Kb.
Pdf ko'rish
bet17/23
Sana16.11.2023
Hajmi233.33 Kb.
#1778523
1   ...   13   14   15   16   17   18   19   20   ...   23
Bog'liq
Turizm bo\'yicha mavzular

7-mavzu: Turizm industriyasi rivojlanishining ekologik muammolarini
boshqarish
Reja:
1. Turistlar sig‘imi salohiyati.
2. Turistik markazlar tabiati.
3. “Turizm – tabiat” munosabatlari.
1. Turistlar sig‘imi salohiyati
Atrof muhitni himoya qilish, tabiiy resurslar va madaniy meros ob’ektlarini
asrab avaylash, saqlashning global xamda milliy aspektlari mavjud. Barqaror
turizm uchun bir tomondan turistlarga optimal, imkoni bo‘lsa maksimal xizmat
ko‘rsatish, ikkinchi tomondan, tabiiy va sun’iy resurslarning sig‘imi, salohiyati
meyorlaridan oshib ketmasligiga rioya qilish zarur. Turistik destinatsiya yoki
ob’ektning sig‘imini aniqlash ancha murakkab albatta.
Turistlar sig‘imi me’yori atrof muhitni muhofaza qilishda va turizmning
barqaror rivojlanishini ta’minlashda katta ahamiyatga ega. Turistlar sig‘imi
me’yori deganda barcha joylar (mehmonxona, memoriy obidalar, muzeylar, tabiat
bog‘lari, kurortlar va dam olish maskanlari)dan resurslarga, turistlarning qoniqish
darajasini pasaytirmasdan, jamiyat, iqtisodiyot va o‘sha hudud madaniyatiga salbiy
ta’sir o‘tkazmasdan ob’ektlardan maksimal foydalanishni tushunish lozim.
Turizm sig‘imi me’yorini uch guruhga ajratish mumkin:
1. Biofizik (ekologik):
2. Ijtimoiy madaniy (mahalliy aholi va madaniyatta tasir):
3. Maishiy (sayohatdan zavqlanish).
Sayoxatchilar sigimi me’yorlari mavsumga shuningdek, tashrifchilarning
fe’l-atvor streotiplari, ob’ektlarning konstruktiv xususiyatlari va ularni boshqarish
usullari, atrof muxitning dinamik xarakteristikasi va mahalliy aholining
munosabatlariga bog‘liq ravishda o‘zgarib turadi.
Turizmning barqaror rivojlanishi jarayonida atrof muhitning sifatini saqlash,
turistlarning qoniqish darajasini qo‘llab-quvvatlash maqsadida turizm sig‘imi
me’yorlari ko‘rsatkichlarini hisobga olish zarur. Chunki turmahsulot sifatining


yomonlashuvi oxir oqibatda turizmda pasayishga, sayohatchilarning ushbu
mintaqa, qaysiki mamlakatga qiziqishining yo‘qolishiga olib keladi.
Turistlarni qabul qilish imkoniyatlari chegarasini iloji boricha oshiqroq
baholash ham tabiat, ham ijtimoiy muhit, ham infratuzilma nuqtai nazaridan katta
ahamiyatga ega. Turistik manzil yoki ob’ektga sayohatchilarni ratsional
me’yorlardan ortiqcha darajada qabul qilinadigan bo‘lsa, turmahsulotning sifatiga
salbiy ta’sir ko‘rsatadi, natijada bozorda unga talab susayadi, atrof-muhitga va
mahalliy jamoatga ham bosim kuchayadi.
Xo’sh, bunday negativ holatga yo‘l qo‘ymaslik uchun nimalarga e’tibor
qaratish lozim:
1. Turistlarni qabul qilish (o’tkazish) salohiyatini oshirish. Bunga
kommunal xizmat (suv bilan ta’minlash, kanalizatsiya) quvvatlashni
oshirish evaziga erishish mumkin. Bu borada transport va yo‘l qurilishi
imkoniyatlarini yaxshilashning ham ahamiyati muhim. Masalan, qalin
qor tushganida Toshkent yaqinidagi Amirsoy changi uchish, xordiq
chiqarish maskanida kelib ketuvchilar va kirib chiqadigan shaxsiy
avtomobillar soni cheklanadi.
2. Tashrif buyuruvchilar oqimini bir tekis taqsimlash tadbiri yangi diqqatga
sazovor ob’ektlarini qurib ishga tushirish orqali amalga oshiriladi. Agar,
bitta hududda turistlarni qabul qilish salohiyatini oshirish imkoniyati
bo‘lmasi va boshqa hududda xuddi shunday tabiiy va madaniy resurs
mavjud bo‘ladigan bo‘lsa u joylarda yangi ob’ektalar (Disneylend,
Akvopark, atraksionlar) qurib ishga tushirish mumkin.
Yangi turistik mavzeylarning ochilishi nafaqat mavjud joylarga bosimni
kamaytiradi, balki qo‘shimcha iqtisodiy foyda keltiradi, yangi ish joylarini
yaratadi. Tabiiyki, bunday loyiha katta investitsiyalar bilan bog‘liq bo‘lganligi
uchun davlatning xohish irodasini taqazo qiladi. 
Turistlarni qabul qilish quvvatlarini ularning tarixiy, madaniy yodgorliklar
va tabiat bog‘larga tashriflari davomida ham hisobga olish zarur. Ularning
cheklanganligi ommaviy taklif uchun turmahsulotni shakllantirishda ko‘pincha


jiddiy tormoz bo‘ladi. Shuning uchun yilning turli davrlarida mamlakatning
turistlarni qabul qilish imkoniyatlarini to‘g‘ri hisobga olish zarur. Gap shundaki
ishlab chiqarish korxonalari hamma vaqt bir xil quvvatda ishlamaydi.
Qishda mehmonxonalarni isitish kerak, bu esa qo‘shimcha elektr energiyasi
va yoqilg’ini talab qiladi, natijada hamkor korxonalarning xarajatlari ortadi.
Ikkinchi tomondan mamlakatga notekis keladi, bu esa mavsumiy tebranishlardan
darak beradi. Ekspertlar guruhi ma’lumotlariga ko‘ra Chorvoq zonasiga turistik
mavsumning eng faol pallasi aprel-iyun, sentyabr oktyabr, ya’ni besh oyga to‘g‘ri
keladi.
Bu davrda O‘zbekistonga yillik chet ellik turistlarning 60 foizi kelib ketadi.
Noyabr-fevralda turistik oqimning pasayishi kuzatiladi. Bu bosqichda asosan
turistlar individual tashrif buyurishadi, bu davrga barcha tashrifchilarning 20 foizi
to‘g‘ri keladi. Yuqoridagilardan kelib chiqib u yoki bu ob’ektning qabul qilish
imkoniyatlarini mavsum bo‘yicha hisoblash lozim. 
Turoperatorlar ko‘proq foydalanadigan usullardan biri turistik mavsumning
uzaytirishdir. Masalan, arxeologik va madaniy yodgorliklarni yil davomida
kuzatish mumkin, ammo mavsumdan tashqari vaqtda tur mahsulotga baho
siyosatining egiluvchan usulidan, kelib ketishga imtiyozlar berishdan foydalanish
mumkin. Bu sun’iy tadbirlar mintaqa yoki turistik ob’ektning sayohatlarni qabul
qilish salohiyati darajasini ushlab turish imkoniyatini beradi.
3. Kirishni cheklash turistlar oqimining eng yuqori nuqtasiga yetganda
qo‘llaniladi. Bu usul ham taklifni sun’iy pasaytirishdan boshqa narsa
emas. Unga erishish mumkin:
- cheklash tadbirlani qabul qilish, masalan, mehmonxona yoki kirish chiptalari
bahosini oshirish;
- tashrif qilish mumkin bo‘lgan ayrim joylarni vaqtincha yopib qo‘yish
(masalan, xayvonlar ko‘payadigan vaqt oralig‘ida);
- joylashtirishning maksimal miqdorini o‘rnatish;
- tashriflarning maksimal sonini belgilash;


- shaxsiy avtomobillar parkovka joyini qisqartirish va boshqalar.
Qabulda kirishni cheklash avtomatik tarzda sodir bo‘ladi. Buning uchun
mehmonxonalardagi barcha joylar, turoperatorga chiptalar oldindan bron qilingan
bo‘lishi kerak. Shunda turistlar boshqa hududlarga e’tiborini qaratadi. Yil
davomida bir necha marta qisqa muddatli ta’tilga chiqish ham turistik manzillardan
foydalanish imkoniyatlarini baravarlashtirishga xizmat qiladi.

Download 233.33 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   13   14   15   16   17   18   19   20   ...   23




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling