1-Mavzu: Turizmning rivojlanish mezon va ko’rsatkichlari Reja: Milliy turizm rivojlanishi qanday o’lchanadi? Turistik statistika


Download 233.33 Kb.
Pdf ko'rish
bet18/23
Sana16.11.2023
Hajmi233.33 Kb.
#1778523
1   ...   15   16   17   18   19   20   21   22   23
Bog'liq
Turizm bo\'yicha mavzular

2. Turistik markazlar tabiati
Turistik markaz bu hudud bo‘lib, turistlarni jalb qilishga muvofiq keladigan
ob’ekt va xizmatlar, unsurlar to‘plangan joydir. "Turistik markaz" atamasi
"Turistik resurslar" va "Turistik zona" atamalariga yaqin tushunchadir.
O’zbekiston Respubliksining "Turizm to’g’risida"gi qonuniga muvofiq "Turistik
resurslar muayyan chegaraga ega bo‘lgan, bir yoki bir necha turistik resurslar
(tabiiy, tarixiy, ijtimoiy-madaniy, davolash sog‘lomlashtirish ob’ektlari,
shuningdek, turistlar ekskursantlarning ehtiyojlarini qondira oladigan boshqa
ob’ektlar) joylashgan" hududdir. 
Turistik markazlarning har bir kategoriyasi o‘zining ekologik sezuvchanligi
bilan harakterlanadi, masalan:
1. Kirg‘oq xududlari (plyaj, dengiz zonalari bilan) ko‘pchilik plyajlar
turizmning nisbatan katta miqdori uchun qabul qilish imkoniyatiga ega
bo‘lib, shu vaqtning o‘zida turizmning ommaviy turlariga ham mos
keladi. Qirg‘oq ravilarda qulayroq maydonlarni egallash uchun raqobat
keskin kechadi.
2. Tog’ va o‘zlashtirilmagan hududlar. Tog‘lar, o‘rmonlar, saxrolar,
savannalar va boshqa o‘zlashtirilmagan joylarga tabiatni yaxshi
ko‘radigan hamda alpinizm, spleologiya, yovvoyi landshaft kabi faol dam
olishni yoqtiradiganlar tashrif buyuradi. Bunday joylarning ekosistemasi
turistik sigimning mo‘rtligi, loyihalarni amalga oshirish va ko‘pchilikka
qabul qilish imkoniyatining cheklanganligi bilan xarakterlanadi. Misol
uchun ko‘pchilik turistlarni o‘ziga tortadigan tog‘ chang‘isi sportini


oladigan bo‘lsak, dam olishning bu shakli jiddiy rejalashtirishni taqazo
qiladi, chunki unga muvofiq keladigan infratuzilma ob’ektlari xizmat
ko‘rsatish zonasi, atrof muhitga salbiy ta’sir ko‘rsatmaydigan ko‘rib
chiqish yo‘llari bilan bog‘liq.
3. Ichki qishloq hududlariga pichanzorlar, o‘rmonli joylar, ko’l, daryo
bo’yi, uncha katta bo‘lmagan kurort va dam olish zonalari, shahardan
tashqari hovlilar qurishga mo‘ljallangan joylar kiradi. Bu joylardan
foydalanishda xam turistik sig’im salohiyatini hisobga olish zarur.
Chunki turistik ob’ektlarning qurilishi qishloq xo‘jaligi tasarrufidagi
yerlarga o‘rmonlarga salbiy ta’sir o‘tkazmasligi, suv havzalarini
ifloslantirmasligi muhim.
4. Shahar hududlari. Bu hududdagi turistik sig‘imni hisobga olish muzeylar,
do‘konlar, hunarmandchilik korxonalari, teatrlar va sport inshoatlari
faoliyati bilan bog‘liq. Madaniy tadbirlar (festivallar, kongreslar,
bayramlar) nafaqat tor ixtisosli turistlarni balki mahalliy aholi turmushi
va an’analari bilan qiziqadiganlarning keng doirasini o‘ziga tortadi.
To’g’ri, poytaxtda yetarli qabul imkoniyati bo‘lishi mumkin, ammo uncha
katta bo‘lmagan shaharlarda ortiqcha tirbandlikka, atrof-muhitning ifloslanishiga
olib kelishi mumkin.
Ko’pchilik turistlar atmosferasi va suvi jiddiy ifloslangan, shovqinli, didsiz
binolar, yo’llari doimiy tiqilinchli, jinoyatchilik darajasi yuqori bo‘lgan hududlarni
hush ko’rmaydi. Shu ma’noda qishloq rayonlari bir qadar ustunlikka ega bo’lishi
mumkin.

Download 233.33 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   15   16   17   18   19   20   21   22   23




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling