1-Mavzu: Turizmning rivojlanish mezon va ko’rsatkichlari Reja: Milliy turizm rivojlanishi qanday o’lchanadi? Turistik statistika


Erkin iqtisodiy turistik zonalar (EITZ)


Download 233.33 Kb.
Pdf ko'rish
bet21/23
Sana16.11.2023
Hajmi233.33 Kb.
#1778523
1   ...   15   16   17   18   19   20   21   22   23
Bog'liq
Turizm bo\'yicha mavzular

3. Erkin iqtisodiy turistik zonalar (EITZ)
O‘zbekistonda xalqaro turizm bo‘yicha maxsus ochiq iqtisodiy zonalar
tashkil qilishning xuquqiy asoslari allaqachon yaratilgan. Bunday hududiy xo‘jalik
tizimlarini Samarqand, Buxoro, Xiva va Toshkent shaharlarida shakllantirish
nazarda tutilgan. EITZ ni tashkil qilish ustida ishlar hamon davom etmoqda.
Bo‘stonliq tumanidagi Chorvoq Chimyon zonasida bunday zona faoliyat olib
bormoqda.
Loyihalashtirilayotgan EITZ lar nafaqat qulay geografik joylashuvi bilan,
shu bilan birga mavjud tabiiy resurslari, xo’jalik imkoniyatlari, turli xil etnotarkibi,
madaniy an’analari, tarixiy-arxeologik yodgorliklari, saqlangan me’moriy madaniy
ob’ektlari bilan ham noyob hududlardir. Bu shaharlarda jahon standartlariga javob
beradigan mehmonxonalar majmuasi, axborot-kommunikatsiya texnologiyasi
vositalari mavjud, temir yo‘l, avtomobil va havo yo‘llari o‘tgan. Bularning
hammasi shakllanishi va ishlashi imkoniyatlarini belgilaydi.
Xo’jalik yuritishning bu shakli bozor munosabatlarini chuqurlashtirish
talablariga javob beradi. Bu ham oddiy omillardan emas. EITZ ma’lum mintaqada
amal qiladigan iqtisodiy tizimning yuqoriroq samaraga erishish maqsadidagi
transformatsiyasi usulidir. Shu bilan ishlab chiqarish jarayonlari tezlashadi, bandlik
yaxshilanadi, eksport oshadi, import o‘rnini bosish imkoniyatlari kengayadi,
valyuta tushumi va tabiiyki mamlakatning tashqi siyosiy obro’yi oshadi.
EITZ mohiyati va zonalardan (EIZ) amal qilish tartibi erkin iqtisodiy
zonalardan katta farq qilmaydi. Bu borada jahon tajribasini o‘rganish ancha qo‘l
kelishi mumkin. 1959 yilda Shannon (Irlandiya) aeroporti hududida ana shunday
zona tashkil etilgan edi. Bu o‘sha vaqt uchun inqilobiy yechim bo‘lib, aslida esa


qadimdan ma’lum "erkin savdo zonasi" konsepsiyasining "sanoat" eksport zonasi"
konsepsiyasiga transformatsiyasidan boshqa narsa emasdi. Shannon EIZ bugun
dunyoda eng samarali faoliyat yuritayotgan iqtisodiy moliyaviy tizimlardan biridir.
Uning faoliyatining asosiy yo‘nalishi yo’lovchi va yuk tranziti, zamonaviy
industriyani rivojlantirish, eksportga yo‘naltirilganlik, chet turizmiga kuchli baza
yaratish, el innovatsion faoliyatni ragbatlantirish, ilg‘or texnologiya va nou- xauni
jalb qilishdan iborat.
EITZning asosiy mohiyati "bojsiz zona", "erkin tadbirkorlik zonasi", "sanoat
savdo zonasi", "ilmiy texnika zonasi" atamalarida o‘z ifodasini topadi. Keyingi
yillarda bu atamalarga "xalqaro turizm bo‘yicha maxsus iqtisodiy zona" yoki qisqa
"erkin iqtisodiy turistik zona" atamasi ham qo‘shildi. Bu albatta, davr talabidir.
Demak, EITZ deganda boj undirilmaydigan yoki tovar va xizmatlarni
imtiyozli rejim asosida kiritadigan va chiqaradigan mamlakatning boshqa
hududlariga nisbatan savdo va valyuta moliya munosabatlarida ma’lum
yengilliklar ega bo‘lgan, mahalliy va chet el kapitalini faol jalb qilish asosida jahon
bozori bilan yakindan integratsiyalashgan xo‘jalik anklavi tushunilishi lozim.
Erkin iqtisodiy turistik zonalar tashkil qilish mumkin bo‘lgan shaharlar
orasida ayniqsa Samarqand ancha jozobali ko‘rinadi. Haqiqatdan ham shunday.
Buyuk ipak yo‘lida joylashgan eng qadimiy shaharlardan biri sifatida uni bekorga
"Sharq edemi". "Er yuzining nur taratuvchi nuqtasi" degan epitetlar bilan
ta’riflashadi. Chet ellik va mahalliy yozuvchi va shoirlar. sayohatchilar, olimlar
Samarqandga atab o‘lmas asarlar bitishgan, ilmiy tadqiqotlar olib borishgan.
Samarqand tijorat nuqtayi nazaridan ham, romantik sehrli kaloriti bilan
raqobatbardosh turmahsulot taklif qilishga qodir.
So’zsiz, Samarqand Sharq xalqlari tarixida alohida rol uynagan. Uning
madaniy-tarixiy merosi va geografik o‘rni shaharni Yevropa va Osiyo
sivilizatsiyalari madaniy va iqtisodiy integratsiyasining qudratli katalizatori
sifatida qarash imkoniyatini beradi.
Shahar turistlarning barcha extiyojlarini qondirish imkoniyatiga ega. Bu esa
hozirgi global turistik oqimlar qayta taqsimlanish tendensiyalari ketayotgan


sharoitda muhimdir. VTT ekspertlarining qayd etishlariga qaraganda jahondagi 40
foiz turistlar boy tarixiy va madaniy merosga ega mamlakatlarga tashrifga
qiziqadilar. Bu jihatdan ham Samarqand eng yaxshi nomzodlardan.
Agar haqiqatdan ham Samarqand erkin iqtisodiy turistik zona maqomiga ega
bo‘ladigan bo’lsa, bu milliy va chet el kapitalini eng ilg‘or texnologiya va
menejment tajribasidan jalb qilish, eng asosiysi chet ellik turistlar maxsus
turmahsulot iste’mol qilish imkoniyatini qo‘lga kiritadi.
Samarqand turmahsuloti shaharning zamonaviy texnik imkoniyatiga
asoslanadi. Shaxar aeroporti qayta qurilib qo‘shimcha ob’ektlarga ega bo‘ldi,
xalqaro aeroport maqomini mustahkamladi va samolyotlar parkining barcha
turlarini qabul imkoniyatiga ega bo’ldi. Bu yerda yangi yo‘lovchi terminali bulib u
turistlarga jahon standartlari asosida xizmat ko‘rsata oladi. Toshkentdan
Samarqandga "Afrosiyob" tezyurar poezdi qo‘yilgan, avtoyo‘l keng va ravon qilib
ta’mirlangan. Shaharda ko‘plab xususiy mehmonxona va oshxonalar turistlarga
sharqona usulda xizmat ko‘rsatadi, narxlar baland emas, chunki raqobat muhitining
yaratilganligi bunga yo’l qo’ymaydi.
EITZ perimetriga birinchi navbatda tarixiy-me’moriy obidalar kiritilishi
mumkin.
- Shoxi Zinda majmuasi;
- Registon ansambli (Ulugbek va Sherdor madrasalari, Tilla Kori masjid
madrasasi, Shayboniylar dahmasi, Chorsu savdo gumbazi);
- Imom Buxoriy ansambli;
- Amir Temur mavzoleyi;
- Bibixonim masjidi;
- Ruxobod mavzoleyi;
- Afrosiyob shahri qoldiqlari;
- Ulug’bek observatoriyasi;
- Xo’ja Ahror ansambli;
- Nodir Devon begi madrasasi;
- Xo’ja Doniyor mavzoleyi;


- Hazrat Hizir masjidi;
- Oq Saroy mavzoleyi;
- Ishratxona;
- Xudja Abdu Darun ansambli;
- Xuja Abdu Berun ansambli va boshkalar.
Bu obidalarning ayrimlari ziyorat turizmi ob’ektiga kiritilgan. Bundan tashqari
shaharda yuzdan ortiq masjidlar va unlab ibodat muassasalari faoliyat olib boradi.
Ularni quyidagi ilmiy-madaniy ob’ektlar to‘ldiradi:
- O‘zbekiston xalqlari tarixi va madaniyati muzeyi;
- Afrosiyobdagi Samarqand tarixi muzeyi;
- Fan tarixi Ulug’bek muzeyi;
- Viloyat o‘lkashunoslik muzeyi;
- Alisher Navoiy muzeyi;
- S. Ayniy uy-muzeyi;
- Forfor buyumlari muzeyi;
- Etnografik muzey.;
Tojiklar, armanlar, koreyslar, tatarlar, yaxudiylar va forsiylar madaniyat
markazlari, sobor, cherkovlar, sinagog ish olib boradi.
Siob bozori huzuridagi hunarmandlarning do’konlari, qandolatchilik,
nonvoylik, kulolchilik, o‘rta asrlardan saqlanib kelayotgan uy-joylar, noyob ishlab
chiqarish ob’ektlari turistlarda katta qiziqish uygotishi tabiiy.
EITZ dan asosiy maqsad samarali va raqobatbardosh turistik majmua tashkil
etish, hududning iqtisodiyotini ko‘tarish, turizm rivojlangan mamlakatlar tajribasi
asosida aholi bandligi va turmush darajasini oshirishdan iborat.
Buning uchun esa quyidagi vazifalar yechimiga etibor qaratish lozim:
- turizmni rivojlantirishning ustuvor yo‘nalishlarini belgilash;
- turistik biznes uchun imtiyozli soliq, investitsiya, narx, bojxona rejimini
o‘rnatish – turistlarga;


- xizmat ko‘rsatish uchun zarur bo‘lgan ishlab chiqarish, mahsulot chiqarish
bazasini rivojlantirish;
- ishchi o‘rinlarini ko‘paytirish;
- mahalliy va respublika byudjetiga moliyaviy vositalar EITZ ning asosiy
vazifasi turizmni byudjetga mablag‘lar tushumini oshirish.
EITZ ning asosiy vazifasi – turizmni byudjetga mablag’lar tushirish bo’yicha
boshqa sohalar bilan bir qatorda salmoqli sohalardan biriga aylantirish. Turizmning
eng yuqori daromadli va kam xarajatlar talab kiluvchi hamda iqtisodiyotning
ekologik toza sohalardan biri ekanligini jahon amaliyoti isbotlab turibdi.

Download 233.33 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   15   16   17   18   19   20   21   22   23




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling