1-Moliyaviy hisobotlarning xalqaro standartlarini kelib chiqish tarixi va uning rivojlanishi


- Moliyaviy hisobotning xalqaro standartlarini birinchi marta qo‘llash (1 - son MHXS)


Download 95.81 Kb.
bet3/9
Sana31.03.2023
Hajmi95.81 Kb.
#1313183
1   2   3   4   5   6   7   8   9
Bog'liq
BXXS savollar (Lotincha) (2) (2)

4- Moliyaviy hisobotning xalqaro standartlarini birinchi marta qo‘llash (1 - son MHXS).
MHXS (IFRS) 1 “Moliyaviy hisobotning xalqaro standartlarini birinchi marta qo’llash” nomli standartning maqsadi tadbirkorlik sub’ektining MHXSlar bo’yicha birinchi moliyaviy hisobotlari va ushbu hisobotlar qamrab olgan davrning bir qismi uchun oraliq moliyaviy hisobotlari: (a) foydalanuvchilar uchun shaffof va taqdim qilingan barcha davrlar uchun qiyoslanuvchan; (b) buxgalteriya hisobini moliyaviy hisobotning xalqaro standartlariga(MHXSlarga) muvofiq yuritish uchun munosib tayanch nuqtasi bo’lib xizmat qiladigan; (v) undan olinadigan nafdan oshmaydigan xarajatlar sarflanib tayyorlanishi mumkin bo’lgan yuqori sifatli ma’lumotlarni o’z ichiga olishini ta’minlashdan iboratdir. Tadbirkorlik sub’ekti mazkur MHXSni: (a) o’zining MHXS bo’yicha birinchi moliyaviy hisobotlarida; va (b) u tomonidan MHXS bo’yicha birinchi moliyaviy hisobotlari qamrab olgan davrning bir qismi uchun MHXS 34 “Oraliq moliyaviy hisobotlar” ga muvofiq taqdim qilinadigan hamma oraliq moliyaviy hisobotlariga nisbatan, agar shunday hisobotlari bo’lsa, qo’llashi kerak. Tadbirkorlik sub’ekti o’zining MHXS bo’yicha moliyaviy holat to’g’risidagi 22 boshlang’ich hisobotida va uning MHXS bo’yicha birinchi moliyaviy hisobotlari qamrab olgan hamma davrlarda bir xil hisob siyosatlarini qo’llashi kerak. Tadbirkorlik sub’ekti MHXSlarning oldinroq amalda bo’lgan boshqa tahrirlarini qo’llamasligi kerak. Tadbirkorlik sub’ekti qo’llanilishi hali shart bo’lmagan yangi MHXSni ushbu MHXSni muddatidan oldin qo’llash ruxsat etilganida qo’llashi mumkin. Boshqa belgilangan holatlardan tashqari hollarda, tadbirkorlik sub’ekti o’zining MHXS bo’yicha moliyaviy holat to’g’risidagi boshlang’ich hisobotida: (a) MHXSlar bo’yicha tan olinishi talab qilingan barcha aktivlar va majburiyatlarni tan olishi kerak; (b) MHXSlar tan olinishiga yo’l qo’ymadigan aktivlar va majburiyatlarni tan olmasligi kerak; (v) oldingi BHUTga ko’ra aktiv, majburiyat yoki kapitalning bitta turi sifatida tan olingan, lekin MHXSlarga muvofiq aktiv, majburiyat yoki kapitalning boshqa turi sifatida tan olingan moddalarni qayta tasniflamasligi kerak; va (g) barcha tan olingan aktivlar va majburiyatlarni baholashda MHXSlarni qo’llashi kerak. Tadbirkorlik sub’ekti o’zining MHXS bo’yicha moliyaviy holat to’g’risidagi boshlang’ich hisobotida qo’llaydigan hisob siyosatlari u oldingi BHUT bo’yicha xuddi shu sanaga qo’llagan hisob siyosatlaridan farq qilishi mumkin. Buning natijasida yuzaga keladigan tuzatishlar MHXSlarga o’tish sanadan oldin ro’y beradigan operatsiya va hodisalar natijasida paydo bo’ladi. Shu bois, tadbirkorlik sub’ekti ushbu tuzatishlarni MHXSlarga o’tish sanasida to’g’ridan-to’g’ri taqsimlanmagan foydada (yoki, o’rinli bo’lsa, kapitalning boshqa toifasida) tan olishi kerak. Mazkur MHXS boshqa MHXSlarning ba’zi jihatlarini retrospektiv qo’llashni taqiqlaydi. 1- ta’qiq. Tadbirkorlik sub’ekti quyidagi istisnolarni qo’llashi kerak: (a) moliyaviy aktivlar va moliyaviy majburiyatlarni hisobdan chiqarish; (b) xejni hisobga olish; (v) nazorat kuchiga ega bo’lmagan ulushlar; (g) moliyaviy aktivlarning taniflanishi va baholanishi; (d) singdirilgan derivativlar; va (e) davlat zayomlari. 2- ta’qiq. MHXS ning bir qancha talablaridan ozod bo’lish. Tadbirkorlik sub’ekti bir yoki bir qancha ozod bo’lishni tanlashi mumkin. (a) Biznes birlashuvlari bo’yicha istisno holatlar Tadbirkorlik sub’ekti quyidagi bir yoki undan ortiq istisnolardan foydalanishga qaror qilishi mumkin: (a) aktsiyaga asoslangan to’lovlar bo’yicha operatsiyalar; (b) sug’urta shartnomalari; (v) shartli tannarx; (g) ijara; (e) hisobotni bir valyutadan boshqasiga o’tkazish bo’yicha yig’ilgan farqlar;

Download 95.81 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling