1. Qorin oldi devori tug‘ma nuqsonlari


Download 1.91 Mb.
bet2/8
Sana16.06.2023
Hajmi1.91 Mb.
#1504244
1   2   3   4   5   6   7   8
Bog'liq
5-mavzu

Buyraklar. PBSda buyraklar o‘zgarmagan bo‘lishi mumkin, lekin 50 % holatlarda har xil darajali (Potter bo‘yicha 2 tipdagi) renal displaziya aniqlanadi. Gistologik renal displaziya nefron rivojlanishi buzilishi alomatlari – embrional kanalchalar, kistalar, tog‘ay va mezenximal biriktiruvchi to‘qima bo‘lishi bilan xarakterlanadi. Bu o‘zgarishlar obstruksiyaga nisbatan, asosan rivojlanish jarayonining buzilishi natijasida kelib chiqadi. Displaziyaga sabab siydik nayi ektopiyasi yoki uretral urug‘lanishi va buyrak blastemasi birikishi nuqsoni bo‘lishi mumkin. Segmentar yoki sog‘ buyrak to‘qimasi orasida displastik tomchilar ko‘rinishidagi displaziya darajasi bitta buyrak orasida ham har xil bo‘lishi mumkin. Bir bemorning ikki buyragida ham o‘zgarishlar jarayoni keng bo‘lib, bunda ularning funksiyasi «asimmetriyasi kuzatiladi».
PBSga har xil darajadagi gidronefroz va pieloektaziya xos. Lekin parenximadagi o‘zgarishlar obstruktiv zararlanishda, pielouretral segmenti obstruksiyasida kuzatiladigan o‘zgarishlarga, ko‘pincha mos kelmaydi.
Klinik manzara. Suvsizlik yoki kam suvlikning o‘pka asoratlarini (tibbiyot yordamida) yenggan bolalarda renal displaziya, ko‘pincha kasallikni prognozini belgilaydi. Displaziya va qaytmas o‘zgarishlar, ko‘pincha tug‘ilganda uretral stenoz yoki ageneziyasi, megaloureter yoki noperforativ anusga ega bemorlarda kuzatiladi. Keyinchalik rivojlanish jarayonida bolaning klinik holati buyrak to‘qimasining normal funksiyaga ega bo‘lgan buyrak parenximasi va o‘suvchi organizmni unga qo‘yadigan talablari balansiga bog‘liq. PBS bilan og‘rigan bemorlarni urologik davolash shu to‘qimani saqlashga yo‘naltirilgan. Ko‘p buyraklarni funksiyasi saqlangan. Buyrak yetishmovchiligi rivojlanganda, ko‘pincha buyrak to‘qimalarini o‘limiga olib keladigan xavf omili bo‘lib, obstruksiyaga nisbatan, infeksiya ko‘proq hisoblanadi.
Rentgenologik manzara. Ekskretor urografiyada aniqlanadigan buyraklar tuzilishining buzilishlari buyraklar buralishlari anomaliyasiga, buyraklar konturi bo‘lakchalar ko‘rinishidagi buyraklar konturi noto‘g‘riligiga bog‘liq. Asosan kosachalarni «nog‘ara tayoqchalari» ko‘rinishida kengayishi girdobsimon torayishi bilan kuzatiladi, ya’ni gidronefroz manzarasi (13.2-rasm). Bu o‘zgarishlar har xil darajada bo‘lib, yaxshi rivojlangan kosachalar bilan ketma-ketlikda uchrashi mumkin. Jom kengayishi va og‘irligi darajasi ham har xil bo‘lib, asosan siydik nayining distal qismi juda katta kengayishi va buyrak jomini oz kengayishidagi nomutanosiblik kuzatiladi. Bu o‘zgarishlar (agarda kuzatilsa), asimmetrik bo‘ladi.

13.2-rasm. PBS ikki tomonlama ureterogidronefro‘z
Ultratovush tekshiruv, odatda, buyraklar hajmi, kosacha va jomlarni kengayishi hamda buyraklar parenximasi farqlanishi haqida to‘liq ma’lumot beradi. Buyraklarni radioizotop skanerlash usuli (texnetsiy pertexnetat 99-t, dietilentriaminpentauksus kislotasi – DTRA bilan) buyraklarning funksiyasini baholashda va obstruksiyasini aniqlashda katta yordam ko‘rsatadi.

Download 1.91 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling