1. Qorin oldi devori tug‘ma nuqsonlari


Download 1.91 Mb.
bet8/8
Sana16.06.2023
Hajmi1.91 Mb.
#1504244
1   2   3   4   5   6   7   8
Bog'liq
5-mavzu

Tashxislash. Akusherlik amaliyotida homilador ayollarda ultratovush tekshiruvlarini keng qo‘llanilishi sababli, omfalotsele va gastroshizis ko‘p hollarda bola tug‘ilganidan so‘ng ko‘ruv paytida emas, homiladorlik davrida aniqlanadi (13.7-rasm). Qorin bo‘shligini gestatsiyaning 10-haftalarida ultrasonografiyada ko‘rish mumkin. 13-haftalarda normada ichak qovuzloqlari qorin ichiga qaytgan bo‘lishi kerak, shuning uchun, aynan shu vaqtlarda, omfalotsele va gastroshizisni aniqlash mumkin.

13.7-rasm. Omfaloseleni antenatal diagnostikasi (transvaginal skanerlash).

Onalarda α-fetoproteinlarni miqdorini aniqlash diagnostik testi ko‘p ma’lumot beradi, uning darajasi omfalotsele va gastroshizisda oshgan bo‘ladi. Omfalotseleda prognoz, gastroshizisga nisbatan, yomonroq, lekin ikkala nuqsonda prognoz antenatal tashxislashga va tug‘dirish usuliga kam bog‘liq.
Davolash. Antenatal tashxislash, qorin devori deffekti bo‘lgan bolalarni tug‘ilishiga puxta tayyorlanishga imkon beradi.Gastroshizis tashxisi antenatal qo‘yilganda, bola tug‘ilganidan so‘ng operatsiya shoshilinch ravishda o‘tkazilishi kerak. Omfalotseleda, ayniqsa, kichik o‘lchamli bo‘lsa, bir tomondan operatsiya shoshilinch bo‘lishi kerak, lekin gastroshizisdek shoshilinchiligi yo‘q, bola operatsiyadan oldin puxta tekshirilishi kerak. Gastroshizisda va kindik tizimchasi katta churralarida, operatsiyadan oldingi tayyorgarlik o‘tkazilishi shart. Avval oshqozon-ichak trakti bo‘shatiladi, bu uning kengayishini oldini oladi. Shu maqsadda oshqozonga nazogastral yoki oral zond kiritiladi va shu orqali yengil apiratsiya o‘tkaziladi. Bundan tashqari bolani tana xaroratini ushlab turish va eventaratsiyaga uchragan qorin bo‘shligi a’zolarni himoya qilish katta ahamiyatga ega.
Omfalotsele va gastroshizis bilan tug‘ilgan bemorlar radikal operatsiyasida qorin ichi bosimi ko‘tariladi. Qorin oldi devorini juda kuchli taranglashishi va diafragmani baland ko‘tarilishi, nafas olishni buzulishiga va kavak venani siqilishi natijasida, yurakka venoz qaytishni buzulishga olib keladi. Radikal operatsiyani xavfsiz amalga oshirishni imkoni borligiga ishonch hosil qilish uchun, intraoperastion davrda intragastral yoki magistral yoki yuqori va pastki kavak vena sistemasida, yoki ikkalasida ham bosimni o‘lchash kerak. Operativ aralashuvning usulini tanlash klinik belgilar, xirurg va aneteziologni birgalikda muloxazasiga qarab belgilanadi.
Gastroshizisda qorin oldi devori ko‘pincha etarli ravishda yaxshi rivojlanganligi sababli va uni tikish, katta omfalotseledek, katta qiyinchilik tug‘dirmaganligi sababli, bu nuqsonda birlamchi radikal operatsiya maqsadga muvofiq. Ingichka va yo‘g‘on ichak operatsiyadan oldingi ichakni yuvish yordamida yoki intraoperastion ichakni luqmasini oldindan kengaytirilgan anus orqali siqib chiqarish yordamida bo‘shatilsa, radikal tikish osonlashadi. Birlamchi radikal operatsiya, gastroshizisi bo‘lgan ko‘pchilik bemorlarda o‘tkazilishi mumkin.Ko‘pincha intraoperastion hosil bo‘ladigan ventilyatsiya buzulishlari yoki yurakka venoz qaytishni buzulishi hollari bundan istisno bo‘ladi. Radikal operatsiya o‘tkazishni imkoni bo‘lmagan bunday holatlarda, kindik tizimchasi churralaridagidek, «silo» xaltachasini tikish qo‘llaniladi. Gastroshizisda qorin devorini birlamchi radikal plastikasidan keyin yashash hollari balandroq va operatsiya asoratlari minimal.
Kichik va o‘rta o‘lchamli omfalotseleda asosan radikal operatsiya o‘tkaziladi (13.8-rasm). Churra qopi kesiladi, qorin bo‘shlig‘ini reviziyasi va malrotatsiya sindromi korreksiyasi o‘tkaziladi.

13.8-rasm. Ekstraabdominal qop hosil qilish.


Ba’zan reviziya paytida Mekkel divertikuli aniqlanadi va imkon bo‘lsa rezeksiya qilinadi. Keyin qorin devorini nozik manual kengaytirish bajariladi, shundan so‘ng u radikal tikiladi. Qorin oldi devorini, churra qopiga tegmasdan, ustidan tikish ham mumkin. Lekin bunday usul xirurgga churra qopini reviziyasini o‘tkazishga imkon bermaydi. Churra hosilasi tarkibida jigar bo‘lsa, churra qopi ichki qismi (qorin parda) jigan kapsulasi bilan intim birikkan. Qorin pardaning bunday qisimlari joida qoldirilishi kerak, uni jigardan ajratish mumkin emas.
Download 1.91 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling