1. Qorin oldi devori tug‘ma nuqsonlari
Download 1.91 Mb.
|
5-mavzu
Davolash. Boshqa kasalliklar kabi PBSni ko‘rinishlari har xil bo‘ladi. Qorin devori o‘zgarishlari turlicha bo‘ladi hamda undagi o‘zgarishlar darajasi siydik yo‘llari dilyatatsiyasi va renal displaziyaga mos kelmasligi mumkin. Qorin devori shikastlanishi og‘irligini va siydik trakti o‘zgarishlari darajasi orasida fenotipik korrelyatsiyasi bo‘lmagandek, kavak tizimi dilyatatsiyasini variabelligi yuqori darajasi buyraklarni holati bilan koorelyatsiya qilinmaydi. Bu sindromning klinik variantlari keng miqyosda farqlanganligi sababli, bu kasallikni tasniflash, uning kechish qonuniyatini tushinish va mumkin darajada davolashni standartlash harakatlari samarasiz bo‘lgan. Shuning uchun biz har bir PBS bilan og‘rigan bolaga individual yondoshish kerak deb isoblaymiz.
PBS bilan tug‘ilgan chaqaloqni yaqin oraliq prognozi o‘pka holatiga bog‘liq. Ba’zi homila davrida rivojlangan kam suvlik va suvsizlik davrida rivojlangan, buyraklar og‘ir shikastlanishi bilan bog‘liq bo‘lgan PBS bilan yangi tug‘ilgan chaqaloqlar o‘pka gipoplaziyasi bilan tug‘iladilar. Ularning ko‘chiligi tug‘ilganidan so‘ng o‘ladi yoki o‘lik tug‘iladi. Homila amniotik suyuqlikni etarli hajmida rivojlangan hollarda, o‘pka gipoplaziyasi bo‘lmasa ham, katta muammo hosil qilmaydi. Bunday bolalada uzoq muddatli prognozi buyraklarning holatiga bog‘liq. Bunda ikkita faktor inobatga olinishi kerak: birinchisi – homila davrida paydo bo‘lgan qaytmas o‘zgarishli buyrak displaziyasini tarqalganligi, ikkinchisi – buyraklarda qaytalanuvchi infeksiya natijasida hosil bo‘lgan yoki kam hollarda, aniqlanmagan obstruksiya natijasida kelib chiqqan jarohat darajasi. Ikkilamchi o‘zgarishlarni oldini olish uchun hamma muolajalarni bajarish lozim. Aynan shular rentgenologik tekshiruv vaqtida, diqqat markazida bo‘lishi kerak va aynan shularni bartaraf qilishga hamma tadbirlar, shular ichida xirurgik davo ham yo‘naltirilishi kerak. PBS bilan og‘rigan be’mor bolalarni buyraklarini faoliyatini qanday usullar bilan asrab qolgan yaxshiligi haqida ikkita har xil fikr bor. Ba’zi klinististlar aktiv xirurgik taktika tarafdori. Ular, siydik traktini to‘liq rekonstruksiyasi, xirurgik aralashuvning va anesteziologik yordam xavfidan balandroq, deb hisoblaydilar. Nazariy ravishda reflyuksni va peshob stazini bartaraf qilish infeksiyani chastotasini va buyrak parenximasini progressiv jarohatlanishini oldini oladi. Operatsiyadan so‘ng rentgenologik manzara, ko‘pincha yaxshilansa ham, har doim ham uning sababi xirurgik operatsiya deb bo‘lmaydi. Konseravtiv davo tarafdorlari, siydik naylaridagi operatsiyalar ularning kalibrini kichiklashtiradi, lekin peristaltikasini va bo‘shatilishini yaxshilamaydi, chunki bunday siydik naylarida mushak to‘qimalarini zararlanishi va fibroz o‘zgarishlar bo‘ladi, deb ta’kidlashadi. Har qanday davolash usulining, xirurgikmi yoki konservativmi, maqsadi infeksiyani oldini olish. Olib tashlangan buyraklarning morfologik tekshiruvi, buyrak parenximasining 25 % displastik o‘zgarishlaga egaligini ko‘rsatdi. Ko‘p hollarda buyrak yetishmovchiligi sababi, reflyuks bilan bog‘liq nefropatiyalar va surunkali pielonefritlar bo‘lgan. Buyraklar jarohatlanishini oldini olish uchun chaqaloqlik davrida va bola katta bo‘lganda uzoq davr antibiotiklar olishi kerak. Infeksiya qo‘shilishi, PBS bilan og‘rigan bemorlarda kuzatiladigan, siydik tizimi faoliyati nozik balansini buzilishiga olib kelishi mumkin. PBS bilan og‘rigan bemorlarda siydik traktini infeksiyasi hosil bo‘lsa, siydik yo‘llari drenajlanishi yaxshilanmasa, infeksiya bilan kurashish og‘ir bo‘ladi. PBS bilan og‘rigan be’morlar tug‘ilganda kam uchraydigan uretral obstruksiya hamda surunkal infeksiyasi bo‘lgan har qanday yoshdagi bemorlarda adekvat drenajlash hal qiluvchi, kritik ahamiyatga ega bo‘ladi. PBS bilan og‘rigan be’morlarda moyaklar shunchalik yuqori intraabdominal joylashagan bo‘ladiki, urug‘ tizimchasi, moyakni yorg‘oqqa tushirish uchun etishmaydi. Bunday holatlarda, Faulera–Stefensa (Fowler–Stephens) operatsiyasi bajariladi – urug‘ tizimchasi tomirlari kesilgandan so‘ng, moyak yorg‘oqqa tushuriladi. Moyak qon bilan urug‘ chiqarish yo‘li qon tomiri va uning atrofidagi saqlanib qolish kerak bo‘lgan qon tomirlar orqali ta’minlanadi. Urug‘ tizimchasi uzunligini baholash va uning qon tomirlarini kesish masalasi, moyakni atrof to‘qimalardan ajratishdan oldin hal qilinishi kerak. Download 1.91 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling