1. Qorin oldi devori tug‘ma nuqsonlari
Download 1.91 Mb.
|
5-mavzu
- Bu sahifa navigatsiya:
- Postnatal tashxislash.
Anteneatal tashxislash. Antenatal ultratovush tekshiruvlvrning keng tarqalishi siydik-jinsiy tizimi anomaliyalarini, shu jumladan, PBSni tashxislanish darajasni oshib borishiga olib keldi. Hozirgi davrda qovuq va buyraklarni holatini gestatsiyani 18 haftasida baholash mumkin. PBS borligini siydik naylari kengayishi, qovuqni kattalashishi va qorin devorini burushishi manzarasi aniq ko‘rsatadi.
Postnatal tashxislash. PBS tashxisi qorin oldi devori burushgan va moyaklari yorg‘oqqa tushmagan har bir bolada gumon qilinishi kerak. Batafsil tekshiruv bir qator belgilarni, shularning ichida kengaygan siydik qopini va siydik naylarini oson paypaslash mumkin bo‘lgan, ingichkalashgan «olxo‘risimon» burushgan qorin devorini aniqlash mumkin. Sindromning urologik belgilari kam hollarda shoshilinch choralar ko‘rishni talab qildi. PBSda uchraydigan boshqa nourologik tizimlarni kasalliklarini tekshiruvi katta e’tiborni talab etadi, chunki yo‘ldosh bo‘lgan, boshqa a’zolar va tizimlar xastaligi xavfli bo‘lishi mumkun. O‘pka holatini aniqlash, pnevmoperitoneum va pnevmomediastinemni istisno qilish uchun ko‘krak qafasi tasviriy rentgenogrammasini bajarish lozim. To‘g‘ri ichakni, anusni va yurakni tekshiruvi katta ahamiyatga ega. Bemorlarni erta postnatal davrda olib borish. PBS bilan tug‘ilgan chaqaloqni birinchi kunlaridan, o‘pka faoliyatiga katta e’tibor qaratilgan, batafsil monitoring o‘tkazish kerak. Buyraklar faoliyati laborator tekshiruvi o‘tkazilishi kerak, bu ma’lumotlar asta-sekin, 3-4 kundan boshlab buyrak displaziyasi darjasini va buyraklar funksional imkoniyatlarini baholashga imkon beradi. Doimiy ravishda peshob baterial ekuvini olish lozim. Peshob oqimi meyorida bo‘ladi, lekin qov usti sohasi(qovuqni) paypaslanganda, detruzorni javobiy qisqarishiga olib keladi va shu sababli qovuqni yaxshiroq bo‘shatilishiga imkon beradi. Har bir rentgenologik tekshiruv oldidan profilaktik antibiotiklar berish lozim (penistillinG yoki ampistillin), siydik naylarini kengayishi bo‘lsa, antibiotikoterapiyani tekshiruvdan so‘ng ham davom etish kerak. Tashhislash buyraklar va qovuqni ultrasonografiyadan boshlash kerak, bunda buyraklar differensiatsiyasi darajasini, buyrak jomi va siydik nayi dilatatsiyasi og‘irligi, qovuq holati va uning bo‘shatilishi haqida kerakli ma’lumot olish mumkin. PBSni tashxislashda miksion sistouretrografiya katta ahamiyatga ega, unda reflyuksni va ba’zan infravezikal obstruksiyani aniqlashga va urodinamika haqida tushuncha beradi. Download 1.91 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling