1. Qorin oldi devori tug‘ma nuqsonlari
Download 1.91 Mb.
|
5-mavzu
Siydik naylari. PBSda siydik trakti anomaliyalaridan uzunlashgan, kengaygan va ilon izi shaklli siydik naylari ko‘proq kuzatiladi. Boshqa a’zolar va sistemalardagi o‘zgarishlariga o‘xshab, siydik naylaridagi o‘zgarishlar har xil bo‘ladi. Gistologik tekshiruvlarda o‘zgargan siydik naylari devorida to‘g‘ri mushak tolalari hujayralari notekis tarqalganligi, fibrosit va kollagen bilan aralashganligi aniqlanadi. Ba’zi hollarda butun ureteral devor hujayrasiz gialin substanstiyadan tashkil topgan bo‘lib, bunda doirasimon va ko‘ndalang qavatlar farqlanishi bo‘lmaydi. Bunday o‘zgarishlar segmentar tarqaligan bo‘lib, klassik variantlarda siydik nayi pastki qismlari yuqori qismlariga nisbatan ko‘proq zararlanadi, yuqori qismlarda ancha ko‘p miqdorda silliq mushaklar ko‘rinadi.
Qoviq-siydik nayi reflyuksi aksariyat (taxminan 75 %) bemorlarda kuzatiladi, uning kelib chiqishini uretero-vezikal birlashma sohasidagi siydik naylari teshigini lateral joylashishi bilan bog‘laydilar. Siydik nayi teshigi, ko‘pincha ochiq bo‘ladi, ularning obstruksiyasi kam uchraydi. Klinik manzara. PBSda uretral dilyatatsiya darajasi buyraklar holati va kasallikning prognozi bilan o‘zaro bog‘lanmaydi. Lekin noobstruktiv megaureter siydik tizimini infeksiya rivojlanishi xavf holatiga qo‘yadi, bunga natijasiz peristaltika va siydik yurishmay qolishi sabab bo‘ladi. Bunday bemorlarga, ayniqsa, reflyuks bo‘lganda, ko‘tariluvchi infeksiya va pielonefrit xos bo‘ladi. Konservativ davo foyda bermagan holatlarda, siydik naylarida o‘tkaziladigan rekonstruktiv operatsiyalarning asosiy maqsadi – infeksiya profilaktikasi, reflyuksni bartaraf qilish va siydik nayini harakat aktivligini oshirish. Rentgenologik manzara (13.3-rasm). PBS (sindromning hamma komponentlari kompleksi) tashxisi, ko‘pincha rentgenologik, ekskretor urogrammalarda siydik nayining tipik ko‘rinishi, miksion sistoureterogrammada reflyuks (agar bo‘lsa) aniqlanganda qo‘yiladi. Siydik nayining distal qismini ko‘proq kengayishi, bu sindromga xos belgi hisoblanadi. Siydik nayining kalibri proksimal qismlarida tipik hollarda sezilarli o‘zgargan bo‘lmaydi. Har xil shakldagi juda va antiqa har xil darajada qiyshaygan qismlar ba’zan toraygan qismlar bilan ketma-ket joylashadi, bu siydik nayining haddan tashqari buralishi oqibatida kelib chiqadi, natijada yangi tug‘ilgan chaqaloqlarda siydik nayi butun uzunligida, ba’zan ilon izi shaklida va adashuvchi bo‘ladi. Elektron optik uskuna (EOP) ostida ko‘rilganda, siydik nayining peristaltikasini samarasizligi, peristaltik to‘lqin o‘tganda, uning devorlari yaqinlashmasligi aniqlanadi. O‘sish davri davomida siydik naylari bir oz to‘g‘rilanadi va ularning harakat (peristaltik) faolligi ancha samarali bo‘ladi. Download 1.91 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling