1. Quyidagilar: Oldingi tahrirga qarang
Download 1.4 Mb.
|
433 10.07.2020
kafolatlangan — joylashtirish vositasida nomer (joy) tashrif buyuruvchi kelishigacha ushlab turiladigan bron qilish turi bo‘lib, bunda tashrif buyuruvchi tomonidan bron o‘z vaqtida bekor qilinmagan, tashrif buyuruvchi belgilangan muddatdan kechikkan yoki kelmagan hollarda tashrif buyuruvchidan nomer (joy)ning bo‘sh turganligi uchun, biroq bir sutkadan ko‘p bo‘lmagan miqdordagi to‘lov summasi bajaruvchi tomonidan undiriladi.
Bunda tashrif buyuruvchi bir sutkadan ko‘p vaqtga kech qolganda kafolatlangan bron qilish bekor qilinadi; kafolatlanmagan — joylashtirish vositasida nomer (joy) bajaruvchi tomonidan ma’lum bir soatgacha bron qilinadi, belgilangan muddatda tashrif buyuruvchi kelmaganda kafolatlanmagan bron bekor qilinadi. Bron qilishning boshqa turlari joylashtirish vositasining ichki qoidalarida belgilanishi mumkin. 16. Tashrif buyuruvchi (buyurtmachi) tomonidan buyurtma qilingan nomer toifasi va uning narxi, bron qilish shartlari, joylashtirish vositasida yashash muddati to‘g‘risidagi, shuningdek, bajaruvchi tomonidan aniqlanadigan boshqa ma’lumotlar olingan vaqtdan boshlab bron haqiqiy hisoblanadi. 17. Tashrif buyuruvchi (buyurtmachi) nomerlar (joylar) bron qilish haqidagi buyurtmani o‘z ixtiyoriga ko‘ra bekor qilish huquqiga ega. Nomerlar (joylar) bronni rad etish tartibi va shakli joylashtirish vositasining ichki qoidalari bilan belgilanadi. 18. Agar buyurtmada ko‘rsatilgan sanada bo‘sh nomer (joy) mavjud bo‘lmasa bajaruvchi bron qilishni rad etish huquqiga ega. 19. Mehmonxona xizmatlari tashrif buyuruvchi tomonidan pasport yoki uning o‘rnini bosuvchi boshqa hujjat ko‘rsatganidan so‘ng taqdim etiladi. 20. Joylashtirish vositasida o‘n olti yoshga to‘lmagan fuqarolarni ro‘yxatdan o‘tkazish ular bilan birga bo‘lgan ota-onalari (qonuniy vakillari) yoki hamrohlik qilayotgan boshqa shaxslarning fuqarolik pasporti yoki shaxsini tasdiqlovchi boshqa hujjati, hamrohlik qilayotgan shaxslarning vakolatini tasdiqlovchi hujjat, shuningdek, ushbu voyaga yetmagan shaxslarning tug‘ilganlik haqidagi guvohnomasi yoki pasporti asosida amalga oshiriladi. 21. Tashrif buyuruvchilarni ro‘yxatdan o‘tkazish joylashtirish vositalarida yashovchilarni Internet butun jahon axborot tarmog‘i orqali hisobga olishning avtomatlashtirilgan maxsus elektron dasturi orqali amalga oshiriladi. 22. Bajaruvchi tashrif buyuruvchining talabiga ko‘ra u bilan quyidagilarni o‘z ichiga oluvchi shartnoma tuzishi lozim: a) bajaruvchining nomi; b) tashrif buyuruvchi to‘g‘risida ma’lumotlar; v) taqdim etilayotgan nomer (joy) to‘g‘risida ma’lumotlar; g) nomer (joy) narxi; d) joylashtirish vositasida bo‘lish muddati; e) boshqa zarur ma’lumotlar (tomonlar ixtiyoriga ko‘ra). Shartnoma elektron yoki yozma shaklda tuzilishi mumkin. 23. Bajaruvchi joylashtirish vositasiga tashrif buyuruvchilarga kecha-kunduz xizmat ko‘rsatilishini ta’minlaydi. 24. Tashrif buyuruvchining joylashtirish vositasiga kelishi va undan ketishi mahalliy vaqt bo‘yicha shu kundagi sutkaning 12:00 soatida belgilanadigan hisob-kitob soatini hisobga olgan holda amalga oshiriladi. Bajaruvchi mahalliy xususiyatlar va faoliyat turini hisobga olgan holda belgilangan hisob-kitob soatini o‘zgartirish huquqiga ega. Hisob-kitob soati va keyingi tashrif buyuruvchining nomerga (joyga) joylashtirish soati oralig‘idagi vaqt (nomer va/yoki joyni tayyorlash uchun) uch soatdan oshmasligi kerak. Kelish vaqti bajaruvchi tomonidan belgilanadi. 25. Nomer (joy) narxi, nomer (joy) narxiga kiradigan mehmonxona xizmatlari ro‘yxati, shuningdek, nomer (joy)ga to‘lovni amalga oshirish shakli va tartibi bajaruvchi tomonidan belgilanadi. Bajaruvchi yashash uchun sutkali va/yoki soatli to‘lovni belgilashi mumkin. 26. Bajaruvchi tashrif buyuruvchining roziligisiz nomer (joy) narxiga kirmaydigan boshqa qo‘shimcha to‘lov evaziga ko‘rsatiladigan mehmonxona xizmatlarini taqdim qilishi taqiqlanadi. 27. Bajaruvchi tashrif buyuruvchining so‘roviga ko‘ra quyidagi turdagi xizmatlarni bepul tarzda ko‘rsatishi lozim: a) tez yordam va boshqa maxsus xizmatlarni chaqirish; b) tibbiyot dori qutisidan foydalanish; v) tashrif buyuruvchining nomiga yuborilgan yozishmalarni yetkazib berish; g) ma’lum vaqtda uyg‘otish; d) qaynagan suv, ignalar, iplar, idish-tovoqlar va oshxona anjomlarining bir to‘plamini taqdim etish; e) bajaruvchining ixtiyoriga ko‘ra boshqa mehmonxona xizmatlari. 28. Tashrif buyuruvchilarga ko‘rsatilgan mehmonxona xizmatlari uchun to‘lov shartnomada belgilangan tartibda amalga oshiriladi. 29. Hisob-kitob soatidan keyin tashrif buyuruvchining ketishi kechikkan hollarda tashrif buyuruvchidan ko‘rsatilgan mehmonxona xizmati uchun to‘lov miqdori bajaruvchi tomonidan belgilanadi. 30. Tashrif buyuruvchi bajaruvchiga haqiqatan qilgan xarajatlarini to‘lash sharti bilan mehmonxona xizmatlaridan foydalanishni to‘xtatishi mumkin. 4-bob. Bajaruvchi va tashrif buyuruvchining javobgarligi 31. Bajaruvchi tashrif buyuruvchining saqlash uchun topshirilgan buyumlarining butligi uchun O‘zbekiston Respublikasi Fuqarolik kodeksining 899-moddasida belgilangan tartibda javobgar bo‘ladi. Bajaruvchi tomonidan tashrif buyuruvchiga buyumlarini saqlash uchun qabul qilinganligini tasdiqlovchi hujjat taqdim etilishi shart. Oldingi tahrirga qarang. 32. Bajaruvchi shartnoma bo‘yicha majburiyatlarning bajarilmaganligi yoki lozim darajada bajarilmaganligi uchun qonunchilik hujjatlarida belgilangan tartibda javobgar bo‘ladi. (32-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 4-apreldagi 153-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 05.04.2022-y., 09/22/153/0266-son) Oldingi tahrirga qarang. 33. Shartnoma talablari va/yoki shartlariga javob bermaydigan mehmonxona xizmatlarini taqdim etish natijasida tashrif buyuruvchining hayoti yoki sog‘lig‘iga yetkazilgan zarar qonunchilik hujjatlarida belgilangan tartibda bajaruvchi tomonidan qoplanishi shart. (33-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 4-apreldagi 153-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 05.04.2022-y., 09/22/153/0266-son) Oldingi tahrirga qarang. 34. Tashrif buyuruvchining aybi bilan joylashtirish vositasining mulki yo‘qolgan yoki unga ziyon yetkazilgan hollarda tashrif buyuruvchi qonunchilik hujjatlariga muvofiq javobgar bo‘ladi. (34-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 4-apreldagi 153-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 05.04.2022-y., 09/22/153/0266-son) 35. Agar shartnoma shartlari taraflarning biri tomonidan buzilgan taqdirda, ikkinchi taraf shartnomani bir tomonlama bekor qilish huquqiga ega. 5-bob. Yakunlovchi qoidalar Oldingi tahrirga qarang. 36. Ushbu Nizom talablariga rioya qilishni nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasi Turizmni rviojlantirish davlat qo‘mitasi, shuningdek, qonunchilik hujjatlariga muvofiq vakolatli boshqa tashkilotlar tomonidan amalga oshiriladi. (36-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 4-apreldagi 153-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 05.04.2022-y., 09/22/153/0266-son) Oldingi tahrirga qarang. 37. Mazkur Nizom talablari buzilishida aybdor bo‘lgan shaxslar qonunchilik hujjatlariga muvofiq javobgar bo‘ladi. (37-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 4-apreldagi 153-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 05.04.2022-y., 09/22/153/0266-son) Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 10-iyuldagi 433-son qaroriga 5-ILOVA O‘zbekiston Respublikasida xostellar faoliyatini tashkil etish tartibi to‘g‘risida NIZOM 1-bob. Umumiy qoidalar 1. Mazkur Nizom O‘zbekiston Respublikasida xostellar faoliyatini tashkil etish va xostel xizmatlarini taqdim etish tartibini belgilaydi. 2. Ushbu Nizomda quyidagi asosiy tushunchalar qo‘llaniladi: Oldingi tahrirga qarang. arizachi — mehmonxona xizmatlari va vaqtinchalik yashash xizmatlarini ko‘rsatish uchun yaroqli binoga ega bo‘lgan va uni Reyestrga kiritish uchun belgilangan tartibda ariza topshirgan yakka tartibdagi tadbirkor yoki yuridik shaxs; (2-bandning ikkinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 24-fevraldagi 100-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 25.02.2021-y., 09/21/100/0169-son) Oldingi tahrirga qarang. vakolatli davlat organi — O‘zbekiston Respublikasi Turizm va madaniy meros vazirligining hududiy bo‘linmalari; (2-bandning uchinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 20-maydagi 278-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 21.05.2022-y., 09/22/278/0439-son) Oldingi tahrirga qarang. Oilaviy mehmon uylari va xostellar yagona reyestri (keyingi o‘rinlarda — Reyestr) — yuritilishi O‘zbekiston Respublikasi Turizm va madaniy meros vazirligi tomonidan amalga oshiriladigan mehmon uylari va xostellar to‘g‘risidagi ma’lumotlarning axborot bazasi; (2-bandning to‘rtinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 20-maydagi 278-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 21.05.2022-y., 09/22/278/0439-son) xostel egasi — Reyestrga kiritilgan tadbirkorlik subyekti; xostel — asosan budjetli turizm uchun, turli sig‘imli nomer yoki xonalarga ega va sanuzellari nomer yoki xonalardan tashqarida bo‘lgan, shuningdek mehmonlar muloqoti uchun alohida joyga ega vaqtincha yashash uchun mo‘ljallangan joylashtirish vositasi . 3. Xostel egalari faqat ular Reyestrga kiritilgandan so‘ng mehmonxona xizmatlari va vaqtincha yashash bo‘yicha xizmatlar ko‘rsatish huquqiga ega bo‘ladi. 4. Xostellar faoliyatini tashkil etish tartibi ushbu Nizomga 1-ilovaga muvofiq sxema bo‘yicha amalga oshiriladi. 2-bob. Xostellarni ro‘yxatidan o‘tkazish tartibi 5. Xostellarni ro‘yxatdan o‘tkazish soddalashtirilgan holda, ariza asosida ularni Reyestrga kiritish va Reyestrdan tegishli ko‘chirma berish yo‘li bilan amalga oshiriladi. 6. Reyestrni yuritish vakolatli davlat organi tomonidan amalga oshiriladi. 7. Reyestrni yuritish quyidagilarni nazarda tutadi: xostelga individual reyestr raqamini bergan holda mazkur Nizomning 2-ilovasiga muvofiq xostellar to‘g‘risidagi ma’lumotlarni ma’lumotlar bazasiga kiritish; Oldingi tahrirga qarang. ma’lumotlar bazasini O‘zbekiston Respublikasi Turizm va madaniy meros vazirligi (keyingi o‘rinlarda — Vazirlik) rasmiy saytida onlayn rejimida yangilab borish. (7-bandning uchinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 20-maydagi 278-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 21.05.2022-y., 09/22/278/0439-son) Oldingi tahrirga qarang. 8. Reyestr elektron shaklda yuritiladi va Vazirlikning rasmiy veb-saytiga joylashtirilishi lozim. Vazirlik respublika miqyosida reyestrlarning yagona ma’lumotlar bazasi yuritilishi va Reyestr haqidagi dolzarb ma’lumotlarni “onlayn” rejimda shu jumladan undan chiqarib tashlangan ma’lumotlarning saqlanishini ta’minlaydi. (8-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 20-maydagi 278-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 21.05.2022-y., 09/22/278/0439-son) 9. Arizachi uni Reyestrga kiritish uchun vakolatli davlat organiga ushbu Nizomning 3-ilovasiga muvofiq shaklda ariza beradi. 10. Arizaga quyidagi hujjatlar ilova qilinadi: vakolatiga xavfsizlikka rioya etishni nazorat qilish va normativ hujjatning belgilangan talablariga xostelning muvofiqligini tasdiqlash kiradigan, vakolatlangan nazorat organlarining (yong‘in xavfsizligi va sanitariya-gigiyena nazorati) xulosalari (ariza kelib tushgan kungacha bir yildan kech bo‘lmagan vaqtda tuzilgan) nusxalari. Yangidan tashkil etilgan xostellar uchun ulardan foydalanish kunidan boshlab bir yil davomida ko‘rsatib o‘tilgan hujjatlar o‘rniga davlat komissiyasining foydalanishga qabul qilish to‘g‘risidagi dalolatnomasi nusxasi ham taqdim etilishi mumkin; xususiy tadbirkor yoki yuridik shaxs sifatida davlat ro‘yxatidan o‘tganligi to‘g‘risidagi guvohnoma nusxasi; davlat ro‘yxatidan o‘tkazish to‘g‘risida ko‘chmas mulk obyektlariga bo‘lgan huquqlarning davlat reyestridan ko‘chirmasi, shuningdek shu turdagi mulk ijara shartnomasi. 11. Arizachidan mazkur Nizomning 10-bandida nazarda tutilmagan hujjatlar va ma’lumotlarni talab qilishga yo‘l qo‘yilmaydi. Oldingi tahrirga qarang. 12. Haqqoniy bo‘lmagan yoki noto‘g‘ri ma’lumotlar taqdim etgani uchun arizachi qonunchilik hujjatlariga muvofiq javobgar bo‘ladi. (12-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 4-apreldagi 153-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 05.04.2022-y., 09/22/153/0266-son) 13. Arizachi tomonidan ariza mazkur Nizomning 10-bandida nazarda tutilgan hujjatlar bilan birga vakolatli davlat organiga bevosita, pochta aloqasi vositalari yoki elektron shaklda, uni olganligi to‘g‘risidagi bildirish xati bilan Internet tarmog‘i orqali taqdim etiladi. 14. Vakolatli davlat organi hujjatlarni olgan kunidan boshlab ularni uch ish kuni davomida ko‘rib chiqadi, xostelni mazkur Nizom va standardlashtirish bo‘yicha normativ hujjatlarda nazarda tutilgan majburiy shart-sharoitlarga muvofiqligi bo‘yicha o‘rganib chiqadi. 15. O‘rganib chiqish natijalari yuzasidan vakolatli davlat organi ushbu Nizomning 4-ilovasiga muvofiq shaklda dalolatnoma rasmiylashtiradi. 16. Xostel mazkur Nizom va standardlashtirish bo‘yicha normativ hujjatlarda nazarda tutilgan majburiy shart-sharoitlarga muvofiq bo‘lmagan taqdirda, vakolatli davlat organi dalolatnoma rasmiylashtirilgan kundan boshlab bir ish kuni ichida arizachiga mehmon uyini Reyestrga kiritish rad etilganligi to‘g‘risida aniq nomuvofiqliklar va uning davomida arizachi rad etish sabablarini bartaraf qilish va qayta ko‘rib chiqish uchun hujjatlarni taqdim etish huquqiga ega bo‘lgan muddat (uch oygacha) ko‘rsatilgan holda yozma shaklda bildirish xati yuboradi. 17. Arizachi tomonidan xostelni Reyestrga kiritish rad etilishiga asos bo‘lgan sabablar bartaraf etilgan taqdirda, ikki ish kuni davomida ko‘rib chiqish natijalari bo‘yicha qo‘shimcha dalolatnoma rasmiylashtirilgan holda hujjatlarni qayta ko‘rib chiqish amalga oshiriladi. Qayta ko‘rib chiqishda vakolatli davlat organi tomonidan muqaddam arizachiga yozma bildirish xatida bayon etilmagan rad etish sabablari ko‘rsatilishiga yo‘l qo‘yilmaydi. 18. Arizachi tomonidan mehmon uyini Reyestrga kiritish rad etilganligi to‘g‘risidagi yozma bildirish xatida ko‘rsatilgan muddat o‘tib ketgandan keyin topshirilgan ariza yangidan topshirilgan hisoblanadi va vakolatli davlat organi tomonidan umumiy asoslarda ko‘rib chiqiladi. 19. Xostel mazkur Nizom va standardlashtirish bo‘yicha normativ hujjatlarda nazarda tutilgan majburiy shart-sharoitlarga muvofiq bo‘lgan taqdirda, vakolatli davlat organi bir ish kuni mobaynida mehmon uyiga individual reyestr raqami bergan holda, xostelni Reyestrga kiritadi va arizachiga mazkur Nizomning 5-ilovasiga muvofiq shakldagi Oilaviy mehmon uylari va xostellar yagona reyestridan ko‘chirma beradi. 20. Reyestrga kiritish to‘g‘risidagi arizani ko‘rib chiqish va ko‘chirma berish uchun to‘lov undirilmaydi. 21. Reyestrga avval kiritilgan ma’lumotlar o‘zgargan taqdirda, xostel egalari bunday o‘zgarish yuzaga kelgan vaqtdan boshlab uch ish kuni mobaynida, tasdiqlovchi ma’lumotlarni ilova qilgan holda, vakolatli davlat organiga ma’lum qilishlari shart. Mazkur bandda nazarda tutilgan ma’lumotlar xostel egalari tomonidan vakolatli davlat organiga bevosita, pochta aloqasi vositalari yoki elektron shaklda uni olganligi to‘g‘risidagi bildirish xati bilan taqdim etiladi. Elektron shaklda taqdim etilgan ma’lumotlar arizachining elektron raqamli imzosi bilan tasdiqlanadi. 22. Reyestrdan ko‘chirmani qayta rasmiylashtirish va berish vakolatli davlat organ tomonidan hujjatlarni qayta rasmiylashtirish to‘g‘risidagi ariza va unga ilova qilingan hujjatlarni olgan kunidan boshlab bir ish kuni mobaynida amalga oshiriladi. 23. Xostelni Reyestrdan chiqarish quyidagi holatlarda amalga oshiriladi: xostel egasi tomonidan Reyestrdan ixtiyoriy ravishda chiqarish to‘g‘risida yozma yoki elektron shaklda bildirishnoma berilsa; xostel egasining faoliyati belgilangan tartibda tugatilsa; vakolatli davlat organi tomonidan o‘rganish (sirli o‘rganish) va xostelda yashayotgan shaxslarni anketalashtirish davomida mazkur Nizom va standardlashtirish bo‘yicha normativ hujjatlar talablarining surunkali ravishda buzilishi aniqlansa. O‘rganish vaqtida aniqlangan buzilishlar xostel egasi tomonidan bartaraf etilgandan so‘ng u Reyestrga kiritish to‘g‘risida takroran ariza topshirishi mumkin. 24. Ikki ish kuni davomida ko‘rib chiqish natijalari bo‘yicha qo‘shimcha dalolatnoma rasmiylashtirilgan holda hujjatlarni qayta ko‘rib chiqish amalga oshiriladi. Qayta ko‘rib chiqishda vakolatli davlat organi tomonidan muqaddam arizachiga yozma bildirish xatida bayon etilmagan rad etish sabablari ko‘rsatilishiga yo‘l qo‘yilmaydi. 25. Ko‘chirma yo‘qolgan yoki shikastlangan taqdirda, xostel egasining yozma murojaatiga ko‘ra uning dublikati beriladi. 26. Reyestrdan ko‘chirma yo‘qolgan yoki shikastlangan taqdirda, vakolatli davlat organi arizani olgan kundan boshlab bir ish kuni mobaynida ko‘chirma dublikatini berishi (yuborishi) shart. 27. Ko‘chirmani qayta rasmiylashtirish va uning dublikatini berish haqidagi arizani ko‘rib chiqish uchun to‘lov undirilmaydi. 3-bob. Xostellar tomonidan belgilangan talablarga rioya etilishini o‘rganish 28. Vakolatli davlat organi xostellar faoliyati va ular tomonidan mazkur Nizom va standardlashtirish bo‘yicha normativ hujjatlarda ko‘zda tutilgan talablar bajarilishini o‘rganish: xostellar tomonidan mazkur Nizom talablari (shu jumladan standardlashtirish bo‘yicha normativ hujjatlarda ko‘zda tutilgan majburiy talablar) muvofiq bo‘lmagan holatlarini aniqlash va ularning oldini olish; xostel egalari va xodimlarining ko‘rsatilayotgan xizmatlarning sifati va xavfsizligiga ta’sir qilishi mumkin bo‘lgan insofsiz ahloqi va nohaq harakatlarini aniqlash va ularning oldini olish; Reyestrga kiritilgan ma’lumotlarning haqqoniyligini ta’minlash maqsadida amalga oshiradi. 29. O‘rganish: joylashtirish vositalari va xizmatlarning belgilangan talablarga muvofiqligini o‘rganish bo‘yicha tizimli monitoring o‘tkazish; xostellarga tashrif buyuruvchilarni (turistlarni) vakolatli davlat organi tomonidan tasdiqlangan shaklda anketalashtirish yo‘li bilan amalga oshiriladi. 30. O‘rganish (o‘rganish) natijalariga ko‘ra hisobot tuziladi va mazkur Nizom (shu jumladan standardlashtirish bo‘yicha normativ hujjatlarda nazarda tutilgan majburiy talablar) talablari buzilganligi to‘g‘risida xostel egasiga ko‘rsatma yuboriladi. 4-bob. Xostel egasi va vakolatli davlat organining huquq va majburiyatlari Oldingi tahrirga qarang. 31. Xostel egasi quyidagi huquqlarga ega: turar joy binosini o‘z ixtiyoriga ko‘ra O‘zbekiston Respublikasining turar-joy to‘g‘risidagi qonunchilik hujjatlari va mazkur Nizomda belgilangan me’yorlar doirasida tasarruf etish; turizm sohasining subyektlariga berilgan imtiyozlardan qonunchilik hujjatlarida belgilangan tartibda foydalanish. Xostel egasi qonunchilik hujjatlariga muvofiq boshqa huquqlarga ham ega bo‘lishi mumkin. (31-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 4-apreldagi 153-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 05.04.2022-y., 09/22/153/0266-son) 32. Vakolatli davlat organi xostellar faoliyati ustidan monitoringni amalga oshirish, ular tomonidan mazkur Nizom talablariga qat’iy rioya etilishini ta’minlash maqsadida: Oldingi tahrirga qarang. xostellar faoliyati sohasidagi qonunchilik hujjatlarini takomillashtirish yuzasidan takliflar ishlab chiqish; (32-bandning ikkinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 4-apreldagi 153-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 05.04.2022-y., 09/22/153/0266-son) mazkur Nizomda nazarda tutilgan talablarga muvofiq bo‘lmagan holatlar aniqlangan taqdirda xostel manziliga aniqlangan kamchiliklar va ularni bartaraf etish yuzasidan aniq muddatlar ko‘rsatilgan holda bajarilishi majburiy bo‘lgan ogohlantirish yuborish huquqiga ega. Oldingi tahrirga qarang. Vakolatli davlat organi qonunchilik hujjatlariga muvofiq boshqa huquqlarga ham ega bo‘lishi mumkin. (32-bandning to‘rtinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 4-apreldagi 153-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 05.04.2022-y., 09/22/153/0266-son) 33. Xostellar egalari: Oldingi tahrirga qarang. mazkur Nizom va boshqa qonunchilik hujjatlarida belgilangan talablarga mos mehmonxona xizmatlari va vaqtincha yashash xizmatlarini ko‘rsatishi; (33-bandning ikkinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 4-apreldagi 153-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 05.04.2022-y., 09/22/153/0266-son) Oldingi tahrirga qarang. faoliyatini qat’iy ravishda mazkur Nizom, standartlashtirish bo‘yicha normativ hujjatlar va turizm sohasidagi boshqa qonunchilik hujjatlari talablariga muvofiq amalga oshirishi; (33-bandning uchinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 4-apreldagi 153-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 05.04.2022-y., 09/22/153/0266-son) sanitariya qoidalari, me’yorlari va gigiyena normativlari, shuningdek, epidemiyaga qarshi va yong‘in xavfsizligi qoidalariga qat’iy rioya etilishini ta’minlashi; vakolatli davlat organi ko‘rsatmalarida belgilangan chora-tadbirlarga rioya etilishini ta’minlashi; Reyestrga kiritilgan ma’lumotlar o‘zgarganligi, shuningdek, o‘z faoliyatini tugatganligi to‘g‘risida uch ish kuni mobaynida vakolatli davlat organini yozma yoki elektron shaklda xabardor qilishlari shart. Oldingi tahrirga qarang. Xostel egalari qonunchilik hujjatlariga muvofiq boshqa majburiyatlarga ham ega bo‘lishi mumkin. (33-bandning yettinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 4-apreldagi 153-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 05.04.2022-y., 09/22/153/0266-son) 34. Vakolatli davlat organi: mehmonxona xizmatlari va vaqtinchalik yashash bo‘yicha xizmatlar ko‘rsatish tartibi bilan tanishtirish uchun, shuningdek, rejali asosda xodimlarining joylashtirish vositalari bilimi va malakasini oshirish imkonini beruvchi profilaktika va tushuntirish ishlari, master-klasslar, treninglar va boshqa tadbirlarni tashkillashtirishi; xostellarning samarali faoliyat ko‘rsatishini tashkillashtirish va ta’minlashda har tomonlama yordam ko‘rsatishi; manfaatdor davlat organlari bilan hamkorlikda xostel egalarini favqulodda vaziyatlardagi harakatlar tartibi bilan tanishtirishi; xostel egalarini turizm sohasidagi me’yoriy-huquqiy hujjatlar va normativ hujjatlardagi o‘zgartirish va qo‘shimchalar to‘g‘risida xabardor qilib borish; zamonaviy axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini xostellar bilan o‘zaro munosabatlar sohasiga keng joriy etish borishi lozim. Oldingi tahrirga qarang. Vakolatli davlat organi qonunchilik hujjatlariga muvofiq boshqa majburiyatlarga ham ega bo‘lishi mumkin. (34-bandning yettinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 4-apreldagi 153-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 05.04.2022-y., 09/22/153/0266-son) 5-bob. Yakunlovchi qoidalar Oldingi tahrirga qarang. 35. Xostellar faoliyati ustidan nazoratni amalga oshirish qonunchilik hujjatlarida belgilangan tartibda amalga oshiriladi. (35-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 4-apreldagi 153-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 05.04.2022-y., 09/22/153/0266-son) 36. Arizachi vakolatli davlat organiga taqdim etilgan ma’lumotlar ishonchliligi, aniqligi va to‘g‘riligi uchun javobgardirlar. Oldingi tahrirga qarang. 37. Mazkur Nizom talablari buzilishida aybdor bo‘lgan shaxslar qonunchilik hujjatlariga muvofiq javobgar bo‘ladi. (37-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 4-apreldagi 153-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 05.04.2022-y., 09/22/153/0266-son) O‘zbekiston Respublikasida xostellar faoliyatini tashkil etish tartibi to‘g‘risidagi nizomga 1-ILOVA O‘zbekiston Respublikasida xostellar faoliyatini tashkil etish Oldingi tahrirga qarang.
Download 1.4 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling