1. Quyidagilar: Oldingi tahrirga qarang
Nomi To‘lov miqdori (BHMda)
Download 1.4 Mb.
|
433 10.07.2020
- Bu sahifa navigatsiya:
- Mehmonxona xizmatlari
- Tog‘ chang‘isi trassasi xizmatlari
Izohlar: 1. Sertifikatlashtirish bilan bog‘liq ishlarni o‘tkazishda to‘lanadigan to‘lov miqdorini hisoblash uchun sertifikatlashtirish shartnomasi rasmiylashtirilgan kunda belgilangan BHM (Bazaviy hisoblash miqdori) qo‘llanadi. 2. Sertifikatlashtirish bo‘yicha ishlar (xizmatlar) narxi yuqorida ko‘rsatib o‘tilgan sertifikatlashtirish bo‘yicha ishlarni bajarish uchun to‘lov miqdorini ushbu Nizomning 5b-ilovasida ko‘rsatilgan tegishli koeffitsiyentga ko‘paytirish orqali aniqlanadi. 3. Inspeksiya nazoratini o‘tkazishda to‘lanadigan to‘lov miqdorini hisoblash uchun inspeksiya nazoratiga to‘lov to‘langan kunda belgilangan BHM (Bazaviy hisoblash miqdori) qo‘llanadi. (5-ilova O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 2021-yil 28-oktabrdagi 661-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 29.10.2021-y., 09/21/661/0999-son) Turistik xizmatlarni sertifikatlashtirish va turistik industriya obyektlarini tasniflash tartibi to‘g‘risidagi nizomga 5a-ILOVA Sertifikat va muvofiqlik belgisini qo‘llash uchun TO‘LOV MIQDORLARI Oldingi tahrirga qarang.
Izohlar: 1. To‘lanadigan to‘lov miqdorini hisoblash uchun bitim rasmiylashtirilgan kunda belgilangan BHM (Bazaviy hisoblash miqdori) qo‘llanadi. 2. Rahbarlik funksiyalari va buxgalterlik hisobi funksiyalarini amalga oshiruvchi shaxslarning hamda reja bo‘limi (shtat jadvalida bo‘lganda) boshlig‘ining imzolari qo‘yilgan arizachining yozma deklaratsiyasi sertifikatlashtirilgan xizmatlar ko‘rsatishdan uch yilda tushgan daromadning prognoz qilingan hajmining tasdig‘i hisoblanadi. 3. Sertifikat va muvofiqlik belgisini qo‘llash uchun to‘lov miqdori yuqorida ko‘rsatib o‘tilgan to‘lovni ushbu Nizomning 5b-ilovasida ko‘rsatilgan tegishli koeffitsiyentga ko‘paytirish yo‘li orqali aniqlanadi. (5a-ilova O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 24-fevraldagi 100-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 25.02.2021-y., 09/21/100/0169-son) Turistik xizmatlarni sertifikatlashtirish va turistik industriya obyektlarini tasniflash tartibi to‘g‘risidagi nizomga 5b-ILOVA Respublikaning hududlarida sertifikat va muvofiqlik belgisini qo‘llash uchun to‘lovlarga doir KOEFFITSIYENTLAR
Turistik xizmatlarni sertifikatlashtirish va turistik industriya obyektlarini tasniflash tartibi to‘g‘risidagi nizomga 6-ILOVA Sertifikatlashtirish obyektining nomuvofiqligi to‘g‘risida DALOLATNOMA Turistik xizmatlarni sertifikatlashtirish va turistik industriya obyektlarini tasniflash tartibi to‘g‘risidagi nizomga 7-ILOVA Joylashtirish vositasini tasniflash BAYoNNOMASI Turistik xizmatlarni sertifikatlashtirish va turistik industriya obyektlarini tasniflash tartibi to‘g‘risidagi nizomga 8-ILOVA Tog‘ chang‘isi trassalarini tasniflash BAYoNNOMASI Turistik xizmatlarni sertifikatlashtirish va turistik industriya obyektlarini tasniflash tartibi to‘g‘risidagi nizomga 9-ILOVA Plyajlarini tasniflash BAYoNNOMASI Turistik xizmatlarni sertifikatlashtirish va turistik industriya obyektlarini tasniflash tartibi to‘g‘risidagi nizomga 10-ILOVA Sertifikatlashtirish obyektini baholash BAYoNNOMASI Turistik xizmatlarni sertifikatlashtirish va turistik industriya obyektlarini tasniflash tartibi to‘g‘risidagi nizomga 11-ILOVA Turistik xizmatlarni sertifikatlashtirish va turistik industriya obyektlarini tasniflash tartibi to‘g‘risidagi nizomga 12-ILOVA “Yashirin baholash” SO‘ROVNOMASI Turistik xizmatlarni sertifikatlashtirish va turistik industriya obyektlarini tasniflash tartibi to‘g‘risidagi nizomga 13-ILOVA Turistik xizmatlarni sertifikatlashtirish va turistik industriya obyektlarini tasniflash tartibi to‘g‘risidagi nizomga 14-ILOVA Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 10-iyuldagi 433-son qaroriga 3-ILOVA Turoperator va turagentlik xizmatlarini ko‘rsatish tartibi to‘g‘risida NIZOM 1-bob. Umumiy qoidalar 1. Ushbu nizom turopepator va turagent xizmatlarini taqdim etish tartibini belgilaydi. 2. Ushbu Nizomda quyidagi asosiy tushunchalar qo‘llaniladi: Oldingi tahrirga qarang. vakolatli davlat organi — O‘zbekiston Respublikasi Turizm va madaniy meros vazirligi; (2-bandning ikkinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 20-maydagi 278-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 21.05.2022-y., 09/22/278/0439-son) turagentlik faoliyati — turistik mahsulotni targ‘ib etish va realizatsiya qilish yuzasidan yuridik yoki jismoniy shaxs tomonidan amalga oshiriladigan tadbirkorlik faoliyati; turist — vaqtincha bo‘lish mamlakatidagi (joyidagi) manbalardan daromad olish bilan bog‘liq bo‘lgan faoliyat bilan shug‘ullanmagan holda vaqtincha bo‘lish mamlakatiga (joyiga) yigirma to‘rt soatdan ketma-ket o‘n ikki oygacha bo‘lgan davrga boruvchi yoki vaqtincha bo‘lish mamlakatida (joyida) kamida bir kecha tunab qoluvchi jismoniy shaxs; turistik vaucher — turistning tur tarkibiga kiruvchi hizmatlarga bo‘lgan huquqini belgilovchi va ularning va ularning haqi to‘langanligi faktini tasdiqlovchi hujjat; turistik mahsulot buyurtmachisi — turist, ekskursant yoki turist yoxud ekskursant nomidan turistik mahsulotga buyurtma beruvchi boshqa shaxs; turistik mahsulot — turistik bozor konyunkturasidan kelib chiqqan holda yoxud turistning yoki ekskursantning buyurtmasiga ko‘ra turoperator tomonidan shakllantiriladigan, turistning va ekskursantning ehtiyojlarini qanoatlantirish uchun zarur bo‘lgan turistik xizmatlar majmui; turistik xizmatlar — joylashtirish, ovqatlantirish transport ekskursiya va maslahat hizmati ko‘rsatish buyicha hizmatlar shuningdek turist va ekskursantning ehtiyojlarini qanoatlantirishga qaratilgan hizmatlar; turoperatorlik faoliyati — turistik mahsulotni shakllantirish, targ‘ib etish va realizatsiya qilish yuzasidan yuridik shaxs tomonidan amalga oshiriladigan tadbirkorlik faoliyati; ekskurant — vaqtincha bo‘lish mamlakatida (joyida) tunab qolmasdan yigirma to‘rt soatdan oshmaydigan davrda sayohat qiluvchi jismoniy shaxs. Oldingi tahrirga qarang. 3. Turistik xizmatlarning tarkibi (miqdori, hajmi) turlari va qiymati agar qonunchilik hujjatlarida boshqa talablar nazarda tutilgan bo‘lmasa, turistik xizmatlarni ko‘rsatish shartnomasida belgilanadi. (3-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 4-apreldagi 153-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 05.04.2022-y., 09/22/153/0266-son) 4. Turoperatorlar va turagentlar turistik faoliyatini vakolatli davlat organi tomonidan beriladigan litsenziya asosida amalga oshiradi. Oldingi tahrirga qarang. (4-bandning ikkinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 25-fevraldagi 88-sonli qaroriga asosan 2022-yil 1-martdan o‘z kuchini yo‘qotadi — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 26.02.2022-y., 09/22/88/0165-son) 2-bob. Turoperator va turagent xizmatlariga qo‘yiladigan talablar 5. Turoperator va (yoki) turagent xizmatlari mijoz bilan xizmat ko‘rsatish to‘g‘risida shartnoma tuzilgandan keyin ko‘rsatiladi. 6. Turoperatorlar va (yoki) turagentlarning xizmat ko‘ratish tartibi turoperator va (yoki) turagent tomonidan buyurtmachiga ma’qul shaklda yetkaziladi. 7. Turoperator va (yoki) turagent uning firma nomi, joylashgan joyi (pochta manzili) va ish tartibi to‘g‘risidagi ma’lumotlarni turistlar (ekskursantlar)ga yetkazilishini ta’minlaydi. Ushbu ma’lumotlarni ijrochi turistlar (ekskursantlar) tanishishi uchun qulay bo‘lgan shaklda yetkazadi. 8. Turoperator va turagent ish faoliyatini vaqtincha to‘xtatgan taqdirda turistga (ekskursantga) faoliyatini vaqtincha to‘xtatish maddati haqida ma’lumot berishi shart. Bunda turoperator yoki turagent tuzilgan shartnomaga muvofiq turistga (ekskursantga) turistik xizmatlarni ko‘rsatishi shart. 9. Turoperator va (yoki) turagent turistning (ekskursantning) birinchi talabi buyicha mulohazalar va takliflar (shikoyat) daftarini taqdim etishi shart. 10. Turoperator turistlarga (ekskursantlarga) turistik mahsulot jumlasiga kiruvchi turistik hizmatlar majmui yoki ularning bir qismini mutaqil yoki alohida turistik hizmatlar turlarini ko‘rsatuvchi shaxslarni jalb etgan holda ko‘rsatilishini ta’minlaydi. 11. Turoperator turga kiruvchi xizmatlarga bo‘lgan huquqni alohida turistik hizmatlar ko‘rsatuvchi shaxslar bilan yoki turga kiruvchi xizmatlarning barcha turlari ko‘rsatilishini ta’minlovchi turistlarni (ekskursantlarni) qabul qiluvchi turoperator bilan tuzilgan shartnomalar asosida oladi. 12. Turistik mahsulotni shakllantirish chog‘ida turoperator atrof tabiiy muhitga, muhofaza etiladigan tabiiy hududlar va madaniy meros obyektlariga ehtiyotkorlik bilan munosabatda bo‘lish ta’minlanishini nazarda tutishi shart. 13. Turistik mahsulotni targ‘ib etish chog‘ida turoperator va turagent turistik mahsulot to‘g‘risidagi axborotning ishonchliligi uchun javobgar bo‘ladi. 14. Turagent turistik mahsulotni targ‘ib etishni turoperator bilan tuzilgan shartnoma asosida amalga oshiradi. 15. Turistik mahsulotni shakllantirish uchun turoperatorga beriladigan buyurtmanoma dastlabki shartnoma xususiyatiga ega bo‘lgan bitim tarzida rasmiylashtiriladi. 16. Turoperator va turagent o‘z faoliyatini faqat litsenziyada ko‘rsatilgan yunalishda amalga oshiradi 17. Turoperatorlar o‘z xizmatlarini faqat qonun hujjatlarga muvofiq fuqarolik javobgarligini sug‘urta qilish bo‘yicha sug‘urta polisini olgandan keyin amalga oshirishi shart. 3-bob. Turoperator va turagent xizmatlaridan foydalanish shartlari 18. Turoperator va (yoki) turagent buyurtmachiga turistik mahsulot to‘g‘risida zarur va ishonchli ma’lumotlarni o‘z vaqtida taqdim etishni ta’minlaydi. 19. Turistik mahulot haqidagi ma’lumotlarda quyidagilar ko‘rsatilishi kerak: turni amalga oshirish uchun rioya qilish zarur bo‘lgan tibbiy rasmiyatchiliklar, shu jumladan turistning (ekskursiyachining) turda ishtirok etishiga mone’lik qilishi mumkin bo‘lgan ma’lum kasalliklar, xususan ularning jismoniy holati va yoshiga xos xususiyatlar; bojxona, chegara va boshqa qoidalar (sayohat qilish uchun zarur bo‘lgan hajmda); kirish va chiqish hujjatlarini rasmiylashtirish uchun asosiy talablar (vaqtincha bo‘lish mamlakati (joyi) ga kirish va chiqish vizasi); turistning (ekskursiyachining) vaqtincha bo‘lish mamlakatida (joyda) favqulodda holatlarda uning hayoti va sog‘lig‘i xavfsizligiga tahdid soluvchi boshqa holatlar, shuningdek, turistning (ekskursiyachining) mol-mulkiga zarar yetkazish xavfi bo‘lgan hollarda murojaat qilishi mumkin bo‘lgan vaqtincha bo‘lish mamlakati (joyi) da joylashgan mahalliy davlat hokimiyati organlarining, O‘zbekiston Respublikasining xorijdagi diplomatik va konsullik muassasalarining joylashgan joyi (pochta manzili) va aloqa telefonlari; turizm mahsulotining xususiyatiga qarab, agar u muhim bo‘lsa, turizm mahsulotiga kiritilgan ba’zi xizmatlarni taqdim etadigan uchinchi tomonga; mahalliy aholining urf-odatlari, diniy marosimlar, ziyoratgohlar, tabiat, tarixiy, madaniy yodgorliklar va alohida muhofaza qilinadigan turistik obyektlar, atrof-muhitning holati (sayohat qilish uchun zarur bo‘lgan hajmda); vaqtincha yashash mamlakati (joyi) ning milliy va diniy xususiyatlari; boshqa sayohat xususiyatlari haqida. 20. Turizm mahsulotini sotish turizm operatori va (yoki) turizm agenti va buyurtmachi o‘rtasida tuzilgan shartnoma asosida amalga oshiriladi. Turoperator va (yoki) turagent o‘rtasidagi shartnomada quyidagilar nazarda tutilishi lozim: turizm mahsulotini turizm agenti tomonidan sotish shartlari; turagentning turizm operatori nomidan yoki o‘z nomidan turizm mahsulotini sotish huquqi va majburiyatlari; turagent tomonidan subagent shartnomasini tuzish imkoniyatini (imkonsizligini) ta’minlovchi shartlar; buyurtmachi turizm mahsulotini taqdim etish shartnomasini bajarish bo‘yicha ularga shikoyatnoma taqdim etgan taqdirda, turizm operatori va turizm agentining o‘zaro munosabatlari tartibi; turoperator va (yoki) turagentning javobgarligi, shuningdek, turizm mahsuloti buyurtmachisi oldidagi har bir tomonning turizm mahsuloti to‘g‘risida ma’lumot taqdim etmaganligi yoki noto‘g‘ri ma’lumot taqdim etganligi, turizm xizmatlarini taqdim etish shartnomasi bo‘yicha majburiyatlarni bajarmaganligi yoki lozim darajada bajarmaganligi uchun javobgarligi. 21. Turoperator va (yoki) turagent va turizm mahsuloti buyurtmachisi o‘rtasidagi shartnoma quyidagilarni o‘z ichiga olgan bo‘lishi lozim: turoperator va (yoki) turagentning nomi, uning joylashgan joyi (pochta manzili), faoliyat yo‘nalishi va litsenziya raqami; turizm mahsulotini sotish uchun zarur bo‘lgan hajmdagi turizm mahsulotini buyurtmachisi to‘g‘risida ma’lumot; turizm mahsulotining narxi va uni to‘lash tartibi; turoperator va (yoki) turagent va turizm mahsuloti buyurtmachisining huquqlari va majburiyatlari; shartnomani o‘zgartirish va bekor qilish shartlari va tartibi; turoperator va (yoki) turagent va turizm mahsuloti buyurtmachisining javobgarligi va nizolarni hal qilish tartibi. 22. Turoperator va (yoki) turagent va turizm mahsuloti buyurtmachisi shartnomada turizm mahsulotini iste’mol qilish shartlari, shu jumladan sayohat dasturi, yo‘nalish va sayohat shartlari, harakatlanish, turar joy va ovqatlanish to‘g‘risidagi ma’lumotlar, turistlar va ekskursiyachilar uchun vaqtincha bo‘lish mamlakatidagi (joyi) transport xizmatlari to‘g‘risida kelishib olishlari mumkin, ekskursiya yetakchisi, gid (gid-tarjimon), yo‘riqchi-yo‘l boshlovchining bo‘lishi, shuningdek, qo‘shimcha xizmatlar mavjudligi. 23. Turoperator va (yoki) turagent va turizm mahsulotini buyurtmachisi o‘rtasidagi shartnoma boshqa shartlarni ham o‘z ichiga olishi mumkin. 24. Turoperator va (yoki) turagent va buyurtmachi o‘rtasida turizm mahsulotini sotish to‘g‘risida bitim tomonlar o‘rtasida yozma va / yoki elektron shaklda ushbu shartnomaning barcha muhim shartlari bo‘yicha kelishuvga erishilgan bo‘lsa, tuzilgan hisoblanadi. 25. Turoperator va (yoki) turagent buyurtmachining roziligisiz shartnomada ko‘rsatilmagan qo‘shimcha haq evaziga qo‘shimcha xizmatlarni taqdim etishga haqli emas. Savdo shartlari va turizm mahsulotining narxi shartnomaning ajralmas qismi bo‘lgan turistik yo‘llanmada (vaucher) ko‘rsatilgan. 26. Turoperator va (yoki) turagent iste’molchiga sifati belgilangan talablarga va tuzilgan shartnomaga muvofiq turizm mahsulotini yetkazib beradi. Oldingi tahrirga qarang. 27. Agar vaqtincha yashash mamlakati (joyi) to‘g‘risidagi qonunchilik hujjatlari uning hududida vaqtincha joylashgan shaxslarga tibbiy yordamni to‘lash kafolatlariga qo‘yiladigan talablarni belgilab qo‘ygan bo‘lsa, turoperator yoki turagent bunday kafolatlarning sug‘urta polisini taqdim etishini ta’minlashi shart. Turist (ekskursiyachi) iltimosiga binoan u boshqa xavf-xatarlar (shu jumladan, ularning hayoti va sog‘lig‘i uchun katta xavf tug‘diradigan yo‘nalishlardan o‘tishi bilan bog‘liq bo‘lgan) bo‘yicha sug‘urta xizmatlarini ko‘rsatishda yordam beradi. (27-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 4-apreldagi 153-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 05.04.2022-y., 09/22/153/0266-son) 28. Turoperator va (yoki) turagent tur boshlanishidan kamida 24 soat oldin buyurtmachiga asl shartnomani, turistik chiptani, buyurtmachining turizm mahsulotiga kiritilgan xizmatlarga bo‘lgan huquqini tasdiqlovchi hujjatlarni (vaucher, chipta va boshqalar), shuningdek buyurtmachiga turni amalga oshirish uchun zarur bo‘lgan boshqa hujjatlarni taqdim etishi shart. Ushbu hujjatlarni eng kech muddatlarda buyurtmachiga topshirish faqat buyurtmachining roziligi bilan amalga oshiriladi. 29. Shartnomaning tomonlaridan har biri ushbu shartnomani tuzishda tomonlar kelib chiqqan holatlar o‘zgarishi sababli uni o‘zgartirishni yoki bekor qilishni talab qilishga haqlidir. 30. Vazirlar Mahkamasi favqulodda vaziyatlar yuzaga kelganda va (yoki) tahdidi paydo bo‘lganda, respublikaning butun hududida yoki uning bir qismida yuqori ogohlantirish rejimi yoki favqulodda holat joriy etilgan taqdirda yoxud xorijiy davlat tomonidan mamlakatga turistlarning hayoti va sog‘lig‘iga tahdid soladigan holatlar yuzaga kelganda yoki vaqtincha kirishni cheklashga oid qaror qabul qilingan taqdirda buyurtmachining turizm mahsulot uchun to‘lagan pul summalarini belgilangan muddatda qaytarish bo‘yicha turoperatorning majburiyatlarini to‘xtatib turish to‘g‘risida qaror qabul qilishga haqli. Bunda turoperator belgilangan muddatda buyurtmachini teng ekvivalentdagi turizm mahsuloti bilan ta’minlash majburiyatini o‘z zimmasiga oladi. Vazirlar Mahkamasi buyurtmachining turizm mahsuloti uchun to‘lagan pul summalarini belgilangan muddatda qaytarish bo‘yicha turoperatorning majburiyatlarini to‘xtatib turish to‘g‘risida qaror qabul qilgan taqdirda turoperator bir tomonlama tartibda buyurtmachi bilan tuzilgan turizm mahsulotini sotish to‘g‘risidagi bitimga o‘zgartirish kiritish huquqiga ega. Bunda turoperator Vazirlar Mahkamasi tomonidan belgilangan muddatda va teng ekvivalentdagi turizm mahsulotini amalga oshirishni qat’iy ta’minlashini tasdiqlovchi majburiyatnomani buyurtmachiga taqdim etadi. Majburiyatnoma muddati davomida turoperator quyidagi shartlar asosida buyurtmachiga turizm mahsulotini taqdim etishi shart: turistik mahsulotning iste’mol xususiyatlari (tashrif dasturi, yo‘nalishi va sayohat shartlari, yashash sharoiti (joylashtirish vositasi joylashgan joy, mehmonxona toifasi) va ovqatlanish, xizmatlar. vaqtincha bo‘lib turgan mamlakatda (joyda) turistni tashish xizmatlari, shuningdek qo‘shimcha xizmatlar) o‘sha paytdagi turizm mahsulotini sotish shartnomasida tuzilgan teng shartlar asosida bo‘lishi lozim. Agarda xizmat ko‘rsatish vaqtida turizm mahsulotining umumiy narxi turoperator yoki turagentning buyurtmachi bilan tuzilgan o‘sha paytdagi turizm mahsulotini sotish shartnomasida ko‘rsatilganidan yuqori bo‘lsa, turoperator buyurtmachidan turizm mahsulotining umumiy narxiga qo‘shimcha haq talab qilishga haqli emas. Agar turizm mahsuloti buyurtmachisi turoperator tomonidan taqdim etilgan majburiyatnoma muddati tugaguniga qadar turizm mahsulotidan foydalanmasa, turizm mahsulotini sotish to‘g‘risidagi shartnoma bekor qilinadi va turoperator turizm mahsuloti uchun buyurtmachi tomonidan to‘langan pulni majburiyatnoma muddati tugagan kundan boshlab 10 ish kunidan kechiktirmay qaytarishi shart. 4-bob. Turoperatorlar va turagentlarning huquq va majburiyatlari 31. Turoperatorlar va turagentlar o‘z vakolatlari doirasida quyidagi huquqlarga ega: turning davomiyligi va yo‘nalishini, xizmat ko‘rsatish shartlarini, transport xizmatining turini, turist (ekskursant)ning roziligi va iltimosiga binoan turist (ekskursant)ning xavfsizligini ta’minlash va ularning mulkini himoya qilish choralarini o‘zgartirish; turist va ekskursantning roziligi bilan turning belgilangan narxini, agar ular bu haqda tur boshlanishidan yigirma kun oldin xabardor qilinsa, oshiriladi; taklif etiluvchi turistik xizmatlarni taqdim etishning iloji bo‘lmagan favqulodda holatlar mavjud bo‘lsa shartnomani bekor qilishga, shuningdek, guruh yaratish uchun zarur bo‘lgan turistlar (ekskursantlar)ning miqdori ta’minlanmaganligi holatlarida turistlar (ekskursantlar)ga turizm xizmatlari ko‘rsatish shartnomasini bekor qilinishi haqida tur boshlanishidan yigirma kun oldin xabar berilishi kerak; turistlar, ekskursantlar yoki turizm sohasi subyektlari tomonidan yetkazilgan zarar va nomoddiy zararni qoplashni talab qilish. 32. Turoperator va turagentning majburiyatlari: Turistlarga (ekskursantlar) turizm xizmatlarini ko‘rsatish to‘g‘risidagi shartnomada nazarda tutilgan xizmatlar ko‘rsatilishini ta’minlash; turizm xizmatlarini taqdim etmagan yoki qisman taqdim etgan yoki yetarli darajada bo‘lmagan holda, turistlar (ekskursantlar)ga yetkazilgan zararlar va mulkiy bo‘lmagan zararni qoplash; turistlar va ekskursantlarga turni tashkil etish, ularning huquqlari va majburiyatlari to‘g‘risida to‘liq ma’lumot berish; turizm resurslarini saqlashga hissa qo‘shish; Oldingi tahrirga qarang. turistlar (ekskursantlar)ning vaqtincha bo‘lish mamlakati (joyi) to‘g‘risidagi qonunchilik hujjatlariga rioya etilishini nazorat qilish. (32-bandning oltinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 4-apreldagi 153-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 05.04.2022-y., 09/22/153/0266-son) 33. Buyurtmachi quyidagi huquqlarga ega: turizm xizmatlarini taqdim etish bo‘yicha shartnomada ko‘rsatilgan xizmatlarni olish; sayohat bilan bog‘liq to‘liq va ishonchli ma’lumotlarni, shu jumladan vaqtincha bo‘lish mamlakatiga (joyiga) kirish va bo‘lish qoidalari, mahalliy aholining urf-odatlari, diniy marosimlari, madaniy meros obyektlari, muhofaza qilinadigan tabiiy hududlar va turizm obyektlari, atrof-muhit holati to‘g‘risidagi ma’lumotlarni olish; shaxsiy xavfsizligi va o‘z huquqlari, rkinliklari va qonuniy manfaatlarini himoya qilish ta’minlanishi, shuningdek o‘z mol-mulkining but saqlanishini ta’minlash; shoshilinch tibbiy yordam olish; turistik xizmatlar ko‘rsatish shartnomasi bajarilmagan yoki lozim darajada bajarilmagan taqdirda moddiy zararning o‘rni qoplanishi, shuningdek ma’naviy ziyonning kompensatsiya qilinishi; agar turning umumiy qiymati oshishi shartnomada shartlashilgan qiymatidan ortib ketsa, turistik xizmatlar ko‘rsatishga doir shartnomani turoperatorlar va turagentlarga yetkazilgan moddiy zararning o‘rnini qoplamagan holda bekor qilish. 34. Buyurtmachi quyidagilarga majbur: turda ishtirok etish uchun o‘z sog‘lig‘i holatining va (yoki) yoshining xususiyatlariga bog‘liq cheklovlar (qarshi ko‘rsatmalar) to‘g‘risidagi, o‘z doimiy yashash joyidan tashqariga chiqishi hamda vaqtincha bo‘lish mamlakatiga (joyiga) kirishi uchun cheklovlar haqidagi ma’lumotlarni turoperatorning va (yoki) turagentning talabiga ko‘ra taqdim etishi; Oldingi tahrirga qarang. turistik xizmatlar ko‘rsatish shartnomasi shartlariga va vaqtincha bo‘lish mamlakatining (joyining) qonunchilik hujjatlariga rioya etishi, uning siyosiy hamda ijtimoiy tuzilishini, mahalliy aholining an’analarini, urf-odatlarini, diniy e’tiqodini hurmat qilishi; (34-bandning uchinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 4-apreldagi 153-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 05.04.2022-y., 09/22/153/0266-son) vaqtincha bo‘lish mamlakatidagi (joyidagi) atrof tabiiy muhitga, muhofaza etiladigan tabiiy hududlar va madaniy meros obyektlariga zarar yetkazmasligi; vaqtincha bo‘lish mamlakatidagi (joyidagi) bojxona va chegara nazorati, shaxsiy xavfsizlik qoidalariga rioya etishi shart. 5-bob. Yakunlovchi qoidalar Oldingi tahrirga qarang. 35. Mazkur Nizom talablariga rioya etilishi ustidan nazorat O‘zbekiston Respublikasi Turizmni rivojlantirish davlat qo‘mitasi va boshqa vakolatli tashkilotlar tomonidan qonunchilik hujjatlarida belgilangan tartibda amalga oshiriladi. (35-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 4-apreldagi 153-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 05.04.2022-y., 09/22/153/0266-son) Oldingi tahrirga qarang. 36. Mazkur Nizom talablari buzilishida aybdor bo‘lgan shaxslar qonunchilik hujjatlariga muvofiq javobgar bo‘ladi. (36-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 4-apreldagi 153-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 05.04.2022-y., 09/22/153/0266-son) Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 10-iyuldagi 433-son qaroriga 4-ILOVA O‘zbekiston Respublikasi hududida joylashtirish bo‘yicha xizmatlarni ko‘rsatish tartibi to‘g‘risida NIZOM 1-bob. Umumiy qoidalar 1. Ushbu Nizom O‘zbekiston Respublikasi hududida joylashtirish bo‘yicha xizmatlarni ko‘rsatish tartibini belgilaydi. 2. Ushbu Nizomda quyidagi asosiy tushunchalar qo‘llaniladi: Download 1.4 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling