1. Quyidagilar: Oldingi tahrirga qarang
Bosqichlar Subyektlar
Download 1.4 Mb.
|
433 10.07.2020
- Bu sahifa navigatsiya:
- Ariza (Muvofiqlik deklaratsiyasi)
* Vakolatli davlat organi mehmon uylari va xostellarni Yagona reyestrga kiritishni rad etish tugrisida qapop qabul qilgan holatlarda arizachi 3 va 4-bosqichlardan o‘tadi. (1-ilova O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 20-maydagi 278-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 21.05.2022-y., 09/22/278/0439-son) O‘zbekiston Respublikasida xostellar faoliyatini tashkil etish tartibi to‘g‘risidagi nizomga 2-ILOVA Oilaviy mehmon uylari va xostellar yagona reyestriga kiritiladigan MA’LUMOTLAR 1. Tadbirkorlik subyekti (arizachi)ning nomi 2. Xostelning pochta manzili (joylashgan joyi). 3. Soliq to‘lovchining identifikatsiya raqami. 4. Joylashtirish vositalari to‘g‘risida ma’lumot ( telefon raqami, elektron pochta manzili). 5. Individual reyestr raqami va xostelning reyestrga kiritilgan sanasi. 6. O‘rinlar miqdori (joy) 7. Xostelni Reyestrdan chiqarish sanasi O‘zbekiston Respublikasida xostellar faoliyatini tashkil etish tartibi to‘g‘risidagi nizomga 3-ILOVA Oldingi tahrirga qarang.
(3-ilova O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 20-maydagi 278-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 21.05.2022-y., 09/22/278/0439-son) O‘zbekiston Respublikasida xostellar faoliyatini tashkil etish tartibi to‘g‘risidagi nizomga 4-ILOVA O‘zbekiston Respublikasida xostellar faoliyatini tashkil etish tartibi to‘g‘risidagi nizomga 5-ILOVA O‘zbekiston Respublikasi Turizmni rivojlantirish davlat qo‘mitasi hududiy bo‘linmasining nomi Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 10-iyuldagi 433-son qaroriga 6-ILOVA Xorijiy mamlakatlardan O‘zbekiston Respublikasiga charter reyslarining tashkil qilish xarajatlarini kompensatsiya qilish uchun mablag‘lar ajratish tartibi to‘g‘risida NIZOM 1-bob. Umumiy qoidalar 1. Ushbu Nizom xorijiy mamlakatlardan O‘zbekiston Respublikasiga charter reyslarining tashkil qilish xarajatlarini kompensatsiya qilish uchun mablag‘lar ajratish tartibini belgilaydi. 2. Ushbu Nizomda quyidagi tushunchalar qo‘llaniladi: yo‘lovchi manifesti — charter reyslar orqali tashilgan yo‘lovchilarning to‘liq ro‘yxati bo‘lgan va chegara qo‘shinlariga taqdim qilinadigan ma’lumot; Oldingi tahrirga qarang. kompensatsiya — tadbirkorlik subyektlarining xorijiy mamlakatlardan O‘zbekistonga charter reyslarini tashkil qilish bo‘yicha xarajatlarini qoplash uchun O‘zbekiston Respublikasi Davlat budjeti va O‘zbekiston Respublikasi Turizm va madaniy meros vazirligi (keyingi o‘rinlarda — Vazirlik) budjetdan tashqari Turizmni qo‘llab-quvvatlash jamg‘armasi mablag‘lari hisobidan teng ulushlarda ajratiladigan mablag‘lar; (2-bandning uchinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 20-maydagi 278-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 21.05.2022-y., 09/22/278/0439-son) qo‘shma charter reyslar — bir va undan ortiq tadbirkorlik subyektlarining yo‘lovchilari ishtirok etuvchi charter reyslar; mustaqil charter reyslar — faqat bitta tadbirkorlik subyektining yo‘lovchilari ishtirok etuvchi charter reyslar; tadbirkorlik subyekti — havo orqali yo‘lovchi tashish faoliyati bilan shug‘ullanadigan tashkilot, shuningdek, belgilangan tartibda turoperator sifatida ro‘yxatdan o‘tgan yuridik shaxs; charter reyslar — parvozlar jadvali bo‘yicha reyslardan alohida va tashqarida amalga oshiriladigan reyslar. 3. Kompensatsiya ushbu Nizomda belgilangan tartibda mustaqil ravishda yoki birgalikda O‘zbekiston Respublikasiga turistlarni jalb etuvchi tadbirkorlik subyektlariga quyidagi hollarda beriladi: a) chet el fuqarolari yoki fuqaroligi bo‘lmagan shaxslar (keyingi o‘rinlarda — yo‘lovchilar) uchun ikki tomonlama (O‘zbekistonga va undan) charter reysini tashkil etganda; b) bitta charter reysi bilan kelgan xorijiy yo‘lovchilarning O‘zbekistondagi joylashtirish vositalarida kamida besh kecha tunab qolganda; v) xorijiy yo‘lovchilarning qolish davomiyligini aniqlash uchun O‘zbekiston xalqaro aeroportlariga ular to‘g‘risida to‘liq ma’lumot (F.I.Sh., fuqaroligi) taqdim etganda. Tadbirkorlik subyektlari xarajatlarini kompensatsiya qilish uchun mablag‘lar ajratish ushbu Nizomning 1-ilovasiga muvofiq sxema bo‘yicha amalga oshiriladi. Oldingi tahrirga qarang. 4. Tadbirkorlik subyektlarining charter reyslari amalga oshiriladigan respublikaning xalqaro aeroportlari har chorakda (keyingi oyning 10-sanasiga qadar) Vazirlikka charter reysining sanasi va uchib kelib qo‘ngan vaqti ko‘rsatilgan ma’lumotlarni va yo‘lovchi manifestini ularga kompensatsiyani ta’minlash maqsadida taqdim etadi. (4-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 20-maydagi 278-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 21.05.2022-y., 09/22/278/0439-son) 2-bob. Arizani ko‘rib chiqish va kompensatsiya ajratish tartibi 5. Ushbu Nizomning 3-bandida ko‘rsatilgan shartlarga rioya etgan holda charter reyslariga turistlarni jalb qilgan va olib kelgan tadbirkorlik subyektlariga har bir yo‘lovchi uchun: har yili 20-fevral soat 00:00 dan — 19-noyabr soat 23:59 ga qadar 20 AQSh dollari; har yili 20-noyabr soat 00:00 dan — 19-fevral soat 23:59 ga qadar 50 AQSh dollari miqdorida kompensatsiya ajratiladi. Oldingi tahrirga qarang. Ushbu bandning ikkinchi va uchinchi xatboshisida belgilangan vaqt tadbirkorlik subyektlari va respublikaning xalqaro aeroportlari tomonidan Vazirlikka taqdim etiladigan ma’lumotlarda ko‘rsatilgan uchib kelib qo‘nish sanasi va vaqti asosida hisoblanadi. (5-bandning to‘rtinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 20-maydagi 278-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 21.05.2022-y., 09/22/278/0439-son) 6. Bir nechta tadbirkorlik subyektlarining yo‘lovchilarini tashishda kompensatsiya bitta tadbirkorlik subyekti tomonidan olib kelingan yo‘lovchilar sonining samolyotdagi umumiy yo‘lovchilar soniga nisbati asosida hisoblanadi. 7. Bitta tadbirkorlik subyekti tomonidan berilgan charter reyslarga buyurtmalar (bitta tadbirkorlik subyektining yo‘lovchilarini bitta charter reys orqali tashish) ustuvor ravishda ko‘rib chiqiladi. Oldingi tahrirga qarang. 8. Kompensatsiya olish uchun tadbirkorlik subyekti Vazirlikka ushbu Nizomga 2-ilovaga muvofiq shaklda ariza bilan murojaat qiladi. (8-bandning birinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 20-maydagi 278-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 21.05.2022-y., 09/22/278/0439-son) Arizaga quyidagilar ilova qilinadi: a) yo‘lovchi manifestining nusxasi; b) ushbu Nizomga 3-ilovaga muvofiq shakl bo‘yicha axborot varaqasi. Oldingi tahrirga qarang. 9. Qo‘shma charter reyslariga oid tadbirkorlik subyektlarining hujjatlar to‘plamlari Vazirlikka alohida topshirilishi kerak. (9-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 20-maydagi 278-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 21.05.2022-y., 09/22/278/0439-son) 10. Kompensatsiya har chorak yakunlariga ko‘ra, mazkur yakunlangan chorakda (chorakdan keyingi oyning 20-sanasiga qadar) ariza bergan tadbirkorlik subyektlariga ajratiladi. 11. Qo‘mita chorak davomida kelib tushgan arizalarni chorakdan keyingi oyining 10-sanasiga qadar ushbu Nizom talablariga muvofiqligini o‘rganish asosida kompensatsiya ajratish yoki rad etish to‘g‘risida qaror qabul qiladi hamda qabul qilingan qaror nusxasini qaror qabul qilingan kundan boshlab bir kun ichida ariza beruvchiga yuboradi. Kompensatsiya ajratish to‘g‘risidagi qarorda kompensatsiya miqdori, tadbirkorlik subyekti nomi, joylashgan joyi (pochta manzili), kompensatsiya oluvchi yuridik shaxsning nomi, STIR, tijorat bankidagi hisobvarag‘ining rekvizitlari ko‘rsatiladi. Oldingi tahrirga qarang. Qarorning nusxasi qabul qilingan kundan boshlab bir ish kuni ichida Vazirlik tomonidan O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligiga yuboriladi. (11-bandning uchinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 20-maydagi 278-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 21.05.2022-y., 09/22/278/0439-son) Oldingi tahrirga qarang. 12. Taqdim etilgan hujjatlarni qo‘shimcha o‘rganish zarurati tug‘ilsa, Vazirlik arizachini yozma yoki elektron shaklda xabardor qiladi va arizani ko‘rib chiqishni qo‘shimcha o‘n kunga uzaytirish huquqiga ega. (12-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 20-maydagi 278-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 21.05.2022-y., 09/22/278/0439-son) 13. Kompensatsiya ajratish rad etilganda, kompensatsiya ajratishni rad etish uchun asos bo‘lgan sabablar aniq ko‘rsatilgan holda qaror qabul qilingan kundan e’tiboran bir ish kuni ichida arizachiga yuboriladi. Oldingi tahrirga qarang. Arizachi qarorni olgandan so‘ng keyingi chorakda ushbu kamchiliklarni bartaraf etadi hamda Vazirlikka ularni bartaraf etish uchun tasdiqlovchi hujjatlarni ilova qilgan holda ariza bilan murojaat qilishi mumkin. (13-bandning ikkinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 20-maydagi 278-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 21.05.2022-y., 09/22/278/0439-son) 14. Kompensatsiya quyidagi asoslar bo‘yicha rad etilishi mumkin: ushbu Nizomning 8-bandida ko‘rsatilgan hujjatlar va ma’lumotlar to‘liq taqdim etilmaganda; tadbirkorlik subyekti ushbu Nizomning 3-bandida nazarda tutilgan talablarga javob bermasa. Ushbu bandda ko‘rsatilmagan boshqa asoslarga qo‘ra kompensatsiya ajratishni rad etish ta’qiqlanadi. Oldingi tahrirga qarang. 15. Kompensatsiya ajratish to‘g‘risida qayta berilgan ariza Vazirlik tomonidan keyingi chorak yakunlariga ko‘ra ko‘rib chiqiladi. (15-bandning birinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 20-maydagi 278-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 21.05.2022-y., 09/22/278/0439-son) Bunda ilgari aniqlanmagan asoslarga ko‘ra kompensatsiya ajratishni rad etishga yo‘l qo‘yilmaydi. Oldingi tahrirga qarang. 16. Tadbirkorlik subyektlariga kompensatsiyalarni to‘lash uchun Vazirlik O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligiga xo‘jalik yurituvchi subyektlar to‘g‘risidagi ma’lumotlar, ajratilgan mablag‘larning hisob-kitoblari to‘g‘risida ariza yuboradi. (16-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 20-maydagi 278-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 21.05.2022-y., 09/22/278/0439-son) Oldingi tahrirga qarang. 17. O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi uch ish kuni ichida Vazirlik arizasini ko‘rib chiqadi va tegishli mablag‘ni Vazirlikning shaxsiy g‘azna hisobvarag‘iga o‘tkazadi. (17-bandning birinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 20-maydagi 278-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 21.05.2022-y., 09/22/278/0439-son) Oldingi tahrirga qarang. Bunda O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi belgilangan tartibda tadbirkorlik subyektlariga kompensatsiya ajratish uchun Vazirlikka G‘aznachilikda alohida shaxsiy hisobvaraq (keyingi o‘rinlarda — shaxsiy hisobvaraq) ochadi. (17-bandning ikkinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 20-maydagi 278-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 21.05.2022-y., 09/22/278/0439-son) Ushbu davr mobaynida Qo‘mita qabul qilingan qaror asosida Qo‘mita huzuridagi Turizmni qo‘llab-quvvatlash jamg‘armasi mablag‘lari hisobidan kompensatsiya miqdorining yarmini shaxsiy hisobvaraqqa o‘tkazadi. Oldingi tahrirga qarang. 18. Pul mablag‘lari shaxsiy hisobvaraqqa tushganidan so‘ng, Vazirlik besh ish kuni ichida ularni xizmat ko‘rsatuvchi tijorat banklari orqali tadbirkorlik subyektlarining shaxsiy hisobvarag‘iga o‘tkazadi. (18-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 20-maydagi 278-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 21.05.2022-y., 09/22/278/0439-son) 19. Kompensatsiya to‘lovlari milliy valyutada, kompensatsiya to‘lash to‘g‘risida qaror qabul qilingan kundagi O‘zbekiston Respublikasi Markaziy bankining rasmiy kursi bo‘yicha amalga oshiriladi. 3. Yakunlovchi qoidalar Oldingi tahrirga qarang. 20. Vazirlik kompensatsiya ajratishni tashkil etish, muvofiqlashtirish va monitoring qilish, O‘zbekiston Respublikasi Davlat budjeti va Vazirlik huzuridagi Turizmni qo‘llab-quvvatlash jamg‘armasi hisobidan ajratilgan mablag‘larning tadbirkorlik subyektlariga yetkazilishi yuzasidan javobgar hisoblanadi. (20-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 20-maydagi 278-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 21.05.2022-y., 09/22/278/0439-son) Oldingi tahrirga qarang. 21. Vazirlik O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi bilan birgalikda kompensatsiya to‘lovlari ustidan tizimli nazoratni ta’minlash, tadbirkorlik subyektlariga kompensatsiya to‘lovining mezonlarini belgilash, shuningdek, kompensatsiya ajratishda yuzaga keladigan nizolar va favqulodda holatlar (fors-major) sabablarini ko‘rib chiqish hamda hal qilish vakolatiga ega. (21-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 20-maydagi 278-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 21.05.2022-y., 09/22/278/0439-son) Oldingi tahrirga qarang. 22. O‘zbekiston Respublikasi Davlat budjetidan mablag‘lar ajratilishi va tadbirkorlik subyektlariga yetkazilishi ustidan nazorat O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi huzuridagi Davlat moliyaviy nazorati inspeksiyasi tomonidan amalga oshiriladi. (22-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 5-avgustdagi 431-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 06.08.2022-y., 09/22/431/0716-son) Oldingi tahrirga qarang. 23. Mazkur Nizom talablari buzilishida aybdor bo‘lgan shaxslar qonunchilik hujjatlariga muvofiq javobgar bo‘ladi. (23-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 4-apreldagi 153-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 05.04.2022-y., 09/22/153/0266-son) Xorijiy mamlakatlardan O‘zbekiston Respublikasiga charter reyslarining tashkil qilish xarajatlarini kompensatsiya qilish uchun mablag‘lar ajratish tartibi to‘g‘risidagi nizomga 1-ILOVA Xorijiy mamlakatlardan O‘zbekiston Respublikasiga charter reyslarining tashkil qilish xarajatlarini kompensatsiya qilish uchun mablag‘lar ajratish SXEMASI Oldingi tahrirga qarang.
Download 1.4 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling