1. Quyidagilar: Oldingi tahrirga qarang


sertifikatlashtirish obyektlari


Download 1.4 Mb.
bet3/64
Sana18.06.2023
Hajmi1.4 Mb.
#1579676
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   64
Bog'liq
433 10.07.2020

sertifikatlashtirish obyektlari — turoperator, joylashtirish vositalari, tog‘ chang‘isi trassalari va plyaj xizmatlari bo‘yicha turizm faoliyatini amalga oshirish;
sertifikatlashtirish — sertifikatlashtirish obyektining normativ hujjatlar talablariga muvofiqligini tasdiqlash bo‘yicha faoliyat;
tog‘ chang‘isi trassalari xizmatlari — tog‘ chang‘isi, snoubord va boshqalarda uchish uchun mo‘ljallangan, loyiha hujjatlariga muvofiq belgilangan chegaralar va komponentlarga ega bo‘lgan, tog‘ yonbag‘rida xavfsiz va qulay turishni ta’minlaydigan inshootda ko‘rsatiladigan xizmatlar majmui;
turoperator xizmatlari — turistik mahsulotni targ‘ib qilish va realizatsiya qilish bo‘yicha xizmatlar (tashish, joylashtirish, ovqatlanish, axborotga oid xizmatlar ko‘rsatish bo‘yicha xizmatlar majmui (shu jumladan gid (ekskursiya yetakchisi), gid-tarjimon va (yoki) yo‘riqchi-yo‘l boshlovchining xizmatlari) va shartnoma bo‘yicha ko‘rsatiladigan boshqa turistik xizmatlar).
Oldingi tahrirga qarang.
3. Joylashtirish vositasi, tog‘ chang‘isi trassalari va plyaj xizmatlari bo‘yicha turizm faoliyatini amalga oshirish faqat belgilangan tartibda tegishli sertifikatlar olingandan keyin va ularning amal qilish muddati davomida ko‘rsatish mumkin.
Sertifikatning amal qilish muddati, berilgan sertifikatning amal qilish muddati davrida 3-marta (har 1,5 yilda) inspeksiya nazoratini o‘tkazgan holda besh yildan iborat bo‘ladi.
Turoperator xizmatlari, umumiy ovqatlanish tashkilotlari (restoranlar) xizmatlari va turistlarga transport xizmatini ko‘rsatish xizmatlari uchun ixtiyoriylik asosida berilgan sertifikatning amal qilish muddati, berilgan sertifikatning amal qilish muddati davrida 1-marta (har 2,5 yilda) inspeksiya nazoratini o‘tkazgan holda besh yildan iborat bo‘ladi.
Sertifikatning asl nusxasi bevosita sertifikatlashtirish obyektida turadi va u uchinchi shaxslarga berilmaydi.
Amaldagi sertifikatsiz joylashtirish vositalari, tog‘ chang‘isi trassalari va plyaj xizmatlari bo‘yicha turizm faoliyatini amalga oshirish qonunchilikda belgilangan tartibda javobgarlikka sabab bo‘ladi.
(3-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 24-fevraldagi 100-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 25.02.2021-y., 09/21/100/0169-son)
Oldingi tahrirga qarang.
4. Turoperator, joylashtirish vositalari, tog‘ chang‘isi trassalari va plyajlar xizmatlarini sertifikatlashtirish, ularga toifa berish, shuningdek, sertifikatlashtirilgan xizmatlarining standartlashtirish bo‘yicha normativ hujjatlar (keyingi o‘rinlarda — normativ hujjat) talablariga muvofiqligining inspeksiya nazoratini o‘tkazish, O‘zbekiston Respublikasining Turizm va madaniy meros vazirligi huzuridagi belgilangan tartibda akkreditatsiya qilingan “Turizm xizmatlarini sertifikatlash markazi” DUK (keyingi o‘rinlarda — Markaz) tomonidan amalga oshiriladi.
(4-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 20-maydagi 278-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 21.05.2022-y., 09/22/278/0439-son)
5. Turistik xizmatlarning standartlashtirish bo‘yicha normativ hujjatlar talablariga muvofiqligini tasdiqlash uchun sertifikatlashtirish ushbu Nizomning 1-ilovasiga muvofiq sxema bo‘yicha amalga oshiriladi.
Oldingi tahrirga qarang.
6. Oilaviy mehmon uylari, xostellar, o‘tovli va chodirli oromgohlar xizmatlarini sertifikatlashtirish soddalashtirilgan holda, oilaviy mehmon uylari, xostellar, o‘tovli va chodirli oromgohlarni o‘rganish dalolatnomasi asosida ularni Oilaviy mehmon uylari va xostellar yagona reyestriga kiritish yo‘li bilan amalga oshiriladi.
(6-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 26-iyuldagi 407-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 27.07.2022-y., 09/22/407/0679-son)
2-bob. Sertifikatlashtirish tartibi
1-§. Sertifikatlashtirish uchun ariza berish
7. Sertifikatlashtirish uchun ariza beruvchi ushbu Nizomning 2-ilovasiga muvofiq Markazga elektron shaklda Markazning rasmiy veb-sayti orqali ariza va unga ilova qilingan hujjat va ma’lumotlarni yuboradi.
8. Turoperator xizmatlarini sertifikatlashtirish uchun arizaga ariza beruvchining imzosi bilan tasdiqlangan quyidagilar ilova qilinishi kerak:
normativ hujjatlar talablariga binoan turizm sohasida ma’lumotga va/yoki malaka sertifikatlariga ega bo‘lgan ariza beruvchining xodimlari to‘g‘risida ushbu Nizomning 3-ilovasiga muvofiq shakldagi ma’lumotlar;
Oldingi tahrirga qarang.
(8-bandning uchinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 17-noyabrdagi 722-sonli qaroriga asosan chiqarilgan — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 18.11.2020-y., 09/20/722/1611-son)
Oldingi tahrirga qarang.
ushbu Nizomning 4-ilovasiga muvofiq shaklda ariza beruvchi tomonidan turoperator xizmatini tashkillashtirish uchun tuzilgan shartnomalar (transport va ekskursiya xizmatiga, joylashtirish, gid-tarjimonlar xizmatiga, ovqatlanish, ko‘ngilochar va dam olish, turagentlik xizmatlariga hamda turistlarni qabul qiluvchi davlatlardagi xorijiy hamkorlar bilan tuzilgan shartnomalar va boshqalar) ro‘yxati.
(8-bandning uchinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 17-noyabrdagi 722-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 18.11.2020-y., 09/20/722/1611-son)
9. Joylashtirish vositalari xizmatlarini sertifikatlashtirish uchun arizaga ariza beruvchining imzosi bilan tasdiqlangan quyidagilar ilova qilinishi kerak:
normativ hujjatlar talablariga binoan turizm sohasida ma’lumotga va/yoki malaka sertifikatlariga ega bo‘lgan ariza beruvchining xodimlari to‘g‘risida ushbu Nizomning 3-ilovasiga muvofiq shakldagi ma’lumotlar;
vakolatiga xavfsizlikka rioya etishni nazorat qilish va normativ hujjatning belgilangan talablariga joylashtirish vositasining muvofiqligini tasdiqlash kiradigan, vakolatlangan nazorat organlarining (yong‘in va sanitariya-gigiyena xavfsizligi va lift jihozlaridan xavfsiz foydalanish) xulosa (ariza kelib tushgan kungacha bir yildan kech bo‘lmagan vaqtda tuzilgan) nusxalari. Yangidan tashkil etilgan joylashtirish vositalari uchun ulardan foydalanish kunidan boshlab bir yil davomida ko‘rsatib o‘tilgan hujjatlar o‘rniga davlat komissiyasining foydalanishga qabul qilish to‘g‘risidagi dalolatnomasi nusxasi ham taqdim etilishi mumkin;
ko‘chmas mulkka doir huquqni belgilaydigan hujjatlar, shu jumladan bunday mulkning ijara shartnomasi;
mehmonlar xavfsizligi va xizmat ko‘rsatish (dezinfeksiya, yong‘in signalizatsiyasi tizimi va liftlarga texnik xizmat ko‘rsatish to‘g‘risida) sifatini ta’minlash bo‘yicha tegishli xizmatlar bilan shartnomalar nusxalari.
10. Tog‘ chang‘isi trassalari xizmatlarini sertifikatlashtirish uchun arizaga ariza beruvchining imzosi bilan tasdiqlangan quyidagilar ilova qilinishi kerak:
normativ hujjatlar talablariga binoan qutqaruv xizmatlarini attestatlash organida attestatsiyadan o‘tgan ariza beruvchining xodimlari, qutqaruv bo‘linmalari va qutqaruvchilari to‘g‘risida ushbu Nizomning 3a-ilovasiga muvofiq shakldagi ma’lumotlar;
vakolatiga xavfsizlikka rioya etishni nazorat qilish va normativ hujjatning belgilangan talablariga tog‘ chang‘isi trassalarining muvofiqligini tasdiqlash kiradigan, vakolatlangan nazorat organlarining (yong‘in va sanitariya-gigiyena xavfsizligi, ekologik talablarga muvofiqligi va ekologik ekspertiza obyektini realizatsiya qilish mumkinligi yoki mumkin emasligini to‘g‘risida davlat ekologik ekspertizasi, tog‘ ko‘chkilari xavfi bo‘yicha va osma kanat yo‘lini xavfsiz ekspluatatsiya qilish) xulosa (ariza kelib tushgan kungacha bir yildan kech bo‘lmagan vaqtda tuzilgan) nusxalari. Yangidan tashkil etilgan tog‘ chang‘isi trassalari uchun ulardan foydalanish kunidan boshlab bir yil davomida ko‘rsatib o‘tilgan hujjatlar o‘rniga davlat komissiyasining foydalanishga qabul qilish to‘g‘risidagi dalolatnomasi nusxasi ham taqdim etilishi mumkin;
ko‘chmas mulkka doir huquqni belgilaydigan hujjatlar, shu jumladan bunday mulkning ijara shartnomasi;
trassa nomi ko‘rsatib o‘tilgan holda tog‘ chang‘isi trassasining 1:5000 masshtabdagi sxemasi (xaritasi, rejasi);
tog‘ chang‘isi majmuasi hududidagi obyektlarning joylashish reja-xaritasi.
11. Plyaj xizmatlarini sertifikatlashtirish uchun arizaga ariza beruvchining imzosi bilan tasdiqlangan quyidagilar ilova qilinishi lozim:
normativ hujjatlar talablariga binoan qutqaruv xizmatlarini attestatlash organida attestatsiyadan o‘tgan ariza beruvchining xodimlari, qutqaruv bo‘linmalari va qutqaruvchilari to‘g‘risida ushbu Nizomning 3a-ilovasiga muvofiq shakldagi ma’lumotlar;
vakolatiga xavfsizlikka rioya etishni nazorat qilish va normativ hujjatning belgilangan talablariga plyajlarning muvofiqligini tasdiqlash kiradigan, vakolatlangan nazorat organlarining (yong‘in va sanitariya-gigiyena xavfsizligi, suv sifati bo‘yicha laboratoriya nazorati va plyaj akvatoriyasi tubini g‘avvoslar tomonidan tekshirish natijalari bo‘yicha) xulosa (ariza kelib tushgan kungacha bir yildan kech bo‘lmagan vaqtda tuzilgan) nusxalari. Yangidan tashkil etilgan plyajlar uchun ulardan foydalanish kunidan boshlab bir yil davomida ko‘rsatib o‘tilgan hujjatlar o‘rniga davlat komissiyasining foydalanishga qabul qilish to‘g‘risidagi dalolatnomasi nusxasi ham taqdim etilishi mumkin;
ko‘chmas mulkka doir huquqni belgilaydigan hujjatlar, shu jumladan bunday mulkning ijara shartnomasi;
plyaj hududidagi obyektlarning joylashish reja — xaritasi.
12. Ariza beruvchining xohishiga ko‘ra ariza beruvchining ko‘rsatilayotgan xizmatlarning normativ hujjatlar talablariga muvofiqligini tasdiqlovchi qo‘shimcha hujjatlar arizaga ilova qilinishi mumkin.
2-§. Sertifikatlashtirish to‘g‘risida qaror qabul qilish
Oldingi tahrirga qarang.
13. Markaz ariza kelib tushgan kundan boshlab bir ish kuni davomida arizani ko‘rib chiqadi va sertifikatlashtirishni amalga oshirish to‘g‘risida yoki sertifikatlashtirishni rad etish to‘g‘risida qaror qabul qiladi.
(13-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 17-noyabrdagi 722-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 18.11.2020-y., 09/20/722/1611-son)
14. Sertifikatlashtirishni rad etish to‘g‘risidagi qaror quyidagi holatlarda qabul qilinadi:
arizada to‘liq bo‘lmagan hajmdagi ma’lumotlarni ko‘rsatish;
ushbu Nizomning 8, 9, 10 yoki 11-bandlarida ko‘rsatib o‘tilgan hujjatlar va ma’lumotlarning to‘liq bo‘lmagan hajmda taqdim qilinishi;
agarda taqdim etilgan ariza, hujjatlar va ma’lumotlar sifatining sertifikatlashtirish maqsadlari uchun zarur bo‘lgan axborotni to‘liq darajada aniqlashga imkon bermasligi.
Sertifikatlashtirishni ushbu bandda ko‘rsatib o‘tilmagan boshqa asoslar bo‘yicha rad etish mumkin emas.
Oldingi tahrirga qarang.
15. Markaz qaror qabul qilgandan keyin bir ish kuni mobaynida ariza beruvchiga quyidagilarni yuboradi:
(15-bandning birinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 17-noyabrdagi 722-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 18.11.2020-y., 09/20/722/1611-son)
sertifikatlashtirishni o‘tkazish to‘g‘risida — sertifikatlashtirishni o‘tkazish to‘g‘risidagi qaror va Markazning bank hisob rekvizitlari, sertifikatlashtirishga to‘lanadigan haq miqdori va muddati ko‘rsatib o‘tilgan sertifikatlashtirish to‘g‘risidagi shartnoma. Sertifikatlashtirish bo‘yicha ishlar (xizmatlar) narxi ushbu Nizomning 5-ilovasiga binoan hisoblanadi;
sertifikatlashtirishni rad etish to‘g‘risida — rad etishning muayyan asoslangan sabablari ko‘rsatilgan holda qaror.
16. Ariza beruvchi qarorni olgandan keyin o‘ttiz kun mobaynida Markaz bilan sertifikatlashtirish to‘g‘risida shartnoma imzolashi va Markazning bank hisob raqamiga pul mablag‘larini o‘tkazish yo‘li bilan sertifikatlashtirish to‘g‘risidagi shartnoma bo‘yicha haq to‘lashi shart.
17. Ushbu Nizomning 16-bandida ko‘rsatib o‘tilgan shartlar buzilgan taqdirda Markazning sertifikatlashtirishni o‘tkazish to‘g‘risidagi qarori bekor qilinadi, bu to‘g‘rida ariza beruvchi ikki ish kuni mobaynida xabardor qilinadi.
3-§. Sertifikatlashtirish
Oldingi tahrirga qarang.
18. Ushbu Nizomning 16-bandida ko‘rsatib o‘tilgan shartlar ariza beruvchi tomonidan bajarilgandan keyin bir ish kuni davomida Markaz rahbarining buyrug‘i bilan komissiya tarkibi va sertifikatlashtirish maqsadi, obyektlari, hajmi va uning bo‘yicha ishlar mazmunini aniqlaydigan sertifikatlashtirish dasturi tasdiqlanadi.
(18-bandning birinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 17-noyabrdagi 722-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 18.11.2020-y., 09/20/722/1611-son)
Komissiya ishini rejalashtirish va muvofiqlashtirishni Markazning sifat bo‘yicha ekspert-auditorlari orasidan tayinlanadigan uning raisi amalga oshiradi.
19. Komissiya tomonidan sertifikatlashtirish obyektining normativ hujjatlar talablariga muvofiqligini baholash:
turoperator xizmatlari uchun — turoperator xizmatlari ko‘rsatiladigan joyda o‘tkaziladi;
joylashtirish vositalari, tog‘ chang‘isi trassalari va plyaj xizmatlari uchun — joylashtirish vositalari, tog‘ chang‘isi trassalari va plyajning joylashgan joyida o‘tkaziladi.
Oldingi tahrirga qarang.
Komissiya Markaz rahbariyatining buyrug‘i tasdiqlangan kundan boshlab besh ish kuni davomida baholashni o‘tkazishni boshlashi kerak. Baholash muddati joylashtirish vositalari, tog‘ chang‘isi trassalari va plyajlarda ikki ish kunidan, turoperatorlar xizmatlarida bir ish kunidan oshmasligi lozim.
(19-bandning to‘rtinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 17-noyabrdagi 722-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 18.11.2020-y., 09/20/722/1611-son)
20. Baholashni o‘tkazish uchun ariza beruvchi komissiyaga normativ hujjatlar talablariga binoan zarur hujjatlarni taqdim etishi va uning ishlashi uchun zarur sharoitlar yaratishi lozim.
Bunda ariza beruvchidan, taqdim qilinayotgan xizmatlarni sertifikatlashtirishga tegishli bo‘lmagan hujjatlarni berishni va ularni baholashni amalga oshirishni talab qilish mumkin emas.
21. Baholash vaqtida normativ hujjatlar talablariga sertifikatlashtirish obyektining aniq muvofiqligi, shu jumladan quyidagilar tekshiriladi:
a) xodimlarning malakasi, ularning o‘z lavozim yo‘riqnomalarini bilishlari va unga rioya qilishlari;
b) sertifikatlashtirish obyektining holati va jihozlanganligi;
v) ariza beruvchining xavfsizlikni ta’minlash tizimi talablariga rioya qilishi va ko‘rsatilayotgan xizmatlar sifati.
22. Joylashtirish vositalari xizmatlari uchun quyidagilar majburiy shartlar hisoblanadi:
mehmonxonalarning nomerlarni onlayn band qilish halqaro servislarga ulanishini;
Internet tarmog‘iga, shu jumladan kamida 4 mb/s tezlikdagi wi-fi simsiz tarmog‘i orqali kirishni ta’minlash.
Oldingi tahrirga qarang.
23. Sertifikatlashtirish obyektining normativ hujjatlar talablariga nomuvofiqligi aniqlanganda ushbu Nizomning 6-ilovasiga muvofiq shakl bo‘yicha nomuvofiqlik to‘g‘risida dalolatnoma tuziladi.
(23-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 17-noyabrdagi 722-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 18.11.2020-y., 09/20/722/1611-son)
24. Joylashtirish vositalari xizmatlarini baholash o‘tkazilayotganda quyidagilar majburiy shartlar hisoblanadi:
10 tagacha nomyerga ega bo‘lgan joylashtirish vositalarining nomerlarini to‘liq tekshirish;
10 tadan ko‘p nomyerga ega bo‘lgan joylashtirish vositalarining nomerlarini tanlab tekshirish (15 % dan 30 % gacha);
joylashtirish vositalarining boshqa xonalari va jihozlarini to‘liq tekshirish.
Nomerlarni tanlash komissiya raisi tomonidan amalga oshiriladi va joylashtirish vositasining haqiqiy holatining aniqligini ta’minlashi kerak.
Agar ariza beruvchining ikki yoki undan ortiq joylashtirish vositalari mavjud bo‘lsa har bir joylashtirish vositasi bo‘yicha alohida sertifikatlashtirish o‘tkaziladi.
25. Agar ariza beruvchi o‘zining turistik industriya obyektlariga toifa berilishiga da’vogar bo‘lsa, bu to‘g‘rida arizada ko‘rsatib o‘tilishi kerak, turistik industriya obyektlarini baholash vaqtida komissiya ushbu obyektni tasniflash tizimiga binoan uning tegishli toifaga muvofiqligini aniqlaydi.
26. Mehmonxonalar toifalari yulduz (yulduzlar) ko‘rinishidagi belgi bilan belgilanadi va beshta toifa bo‘yicha tasniflanadi. Eng yuqori toifa bu besh yulduz, eng past — bitta yulduz.
Tog‘ chang‘isi trassalari to‘rtta toifa bo‘yicha tasniflanadi:
yashil rang — o‘rganuvchilar uchun;
ko‘k rang — murakkablikning quyi darajasi;
qizil rang — murakkablikning o‘rta darajasi;
qora rang — murakkablikning yuqori darajasi.
Plyajlar uchta toifa bo‘yicha tasniflanadi:
ko‘k bayroq — I toifadagi plyaj uchun;
yashil bayroq — II toifadagi plyaj uchun;
sariq bayroq — III toifadagi plyaj uchun.
Baholash davomida ushbu Nizomning 7, 8 va 9-ilovalariga muvofiq shakl bo‘yicha tasniflash bayonnomasi yoki ushbu Nizomning 10-ilovasiga muvofiq shakl bo‘yicha turoperator xizmati va joylashtirish vositasini baholash bayonnomasi tuziladi.
27. Ish natijalariga ko‘ra komissiya ushbu Nizomning 11-ilovasiga muvofiq shakl bo‘yicha, qaror qabul qilish uchun asos bo‘lib xizmat qiluvchi sertifikatlashtirish obyektini baholash dalolatnomasini ikki nusxada tuzadi.
Sertifikatlashtirish obyektini baholash dalolatnomasida sertifikatlashtirish maqsadlari uchun ahamiyatga ega bo‘lgan boshqa axborot qo‘shimcha tarzda aks ettirilishi mumkin.
28. Sertifikatlashtirish obyektini baholash dalolatnomasiga sertifikatlashtirish obyektini baholash bayonnomasi, joylashtirish vositalari, tog‘ chang‘isi trassalari va plyaj xizmatlari uchun — tasniflash bayonnomasi, nomuvofiqliklar aniqlangan holatlarda — nomuvofiqlik to‘g‘risida bayonnomalar hamda sertifikatlashtirishning barcha bosqichlarida komissiya tomonidan shakllantirilgan boshqa hujjatlar ilova qilinadi. Sertifikatlashtirish obyektini baholash dalolatnomasi va bayonnomalarning ikkinchi nusxasi ariza beruvchiga imzo qo‘ydirib beriladi.
4-§. Sertifikatlashtirish natijalari bo‘yicha qarorlar qabul qilish
Oldingi tahrirga qarang.
29. Komissiya raisi sertifikatlashtirish obyektini baholash dalolatnomasi tuzilgan kundan boshlab bir ish kuni davomida ushbu dalolatnomani Markazga taqdim etadi.
(29-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 17-noyabrdagi 722-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 18.11.2020-y., 09/20/722/1611-son)
Oldingi tahrirga qarang.
30. Sertifikatlashtirish obyektini baholash dalolatnomasi taqdim etilgan kundan boshlab bir ish kuni davomida Markaz quyidagi qarorlardan birini qabul qiladi:
(30-bandning birinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 17-noyabrdagi 722-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 18.11.2020-y., 09/20/722/1611-son)
sertifikat berish to‘g‘risida (joylashtirish vositalari xizmatlariga nisbatan sertifikat berish to‘g‘risidagi qarorda ularning tasniflash tizimiga binoan tegishli toifani berish to‘g‘risida ko‘rsatib o‘tilishi mumkin);
sertifikat berishni rad etish to‘g‘risida — agar aniqlangan nomuvofiqliklar baholash vaqtida ariza beruvchi tomonidan bartaraf etilmagan bo‘lsa.
Qaror sertifikatlashtirishda ishtirok etmagan sifat bo‘yicha ekspert-auditor tomonidan tayyorlanadi va Markaz rahbari tomonidan tasdiqlanadi.
31. Sertifikat egasi va Markaz o‘rtasida tuzilgan bitimga asosan muvofiqlik belgisidan foydalaniladi va u sertifikatning amal qilish muddati davomida sertifikatlashtirish obyektida Markaz tomonidan inspeksiya nazorati o‘tkazilishi orqali tasdiqlanishi lozim.
32. Qaror qabul qilingan kundan boshlab bir kun muddatda ushbu qaror ariza beruvchiga yuboriladi.
Sertifikat berish to‘g‘risidagi qarorda ariza beruvchiga Markaz bilan bitimni imzolash shartlari va muddatlari hamda sertifikat va muvofiqlik belgisini qo‘llashga to‘lov to‘lash uchun Markazning bank hisobi rekvizitlari ko‘rsatib o‘tiladi.
Sertifikat va muvofiqlik belgisini qo‘llash uchun to‘lov miqdorini ushbu Nizomning 5a-ilovasiga muvofiq ariza beruvchining o‘zi mustaqil hisoblaydi.
33. Sertifikat berish to‘g‘risidagi qaror olingan kundan boshlab o‘ttiz kun davomida ariza beruvchi Markaz bilan bitimni imzolashi, Markazning bank hisob raqamiga pul mablag‘larini o‘tkazish yo‘li bilan sertifikat va muvofiqlik belgisini qo‘llashga to‘lovni to‘lashi hamda ushbu hisobini Markazga taqdim etishi kerak.
34. Ushbu Nizomning 33-bandida ko‘rsatib o‘tilgan shartlardan biri buzilgan holatlarda Markazning sertifikat berish to‘g‘risidagi qarori bekor qilinadi, bu to‘g‘rida ariza beruvchiga bildirish xati yuboriladi. Bunda sertifikatlashtirish to‘g‘risida shartnoma bo‘yicha to‘langan to‘lov ariza beruvchiga qaytarib berilmaydi.
35. Sertifikat berishni rad etish uchun asos bo‘lgan muayyan sabablar ko‘rsatib o‘tilgan, sertifikat berishni rad qilish to‘g‘risidagi qaror ariza beruvchiga yuboriladi. Ariza beruvchi qarorni olgan kundan boshlab o‘ttiz kun davomida ko‘rsatib o‘tilgan sabablarni bartaraf etadi va ularning bartaraf etilganini tasdiqlovchi zarur hujjatlarni taqdim qiladi.
Oldingi tahrirga qarang.
36. Sertifikat berishni rad etish uchun asos bo‘lgan sabablar ariza beruvchi tomonidan o‘z vaqtida bartaraf etilgan holatlarda, nomuvofiqliklarning bartaraf etilganini tasdiqlovchi barcha hujjatlar bilan ularni bartaraf etish to‘g‘risidagi tegishli ariza ariza beruvchidan olingan kundan boshlab ikki ish kunidan oshmaydigan muddatda bepul ravishda, faqat nomuvofiqliklar bartaraf etilganligini tasdiqlash uchun o‘tkaziladigan sertifikatlashtirish bosqichi amalga oshiriladi.
(36-bandning birinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 17-noyabrdagi 722-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 18.11.2020-y., 09/20/722/1611-son)
Bunda komissiya taqdim etilgan hujjatlar asosida avval tuzilgan dalolatnomaga qo‘shimcha ravishda sertifikatlashtirish obyektini baholash dalolatnomasini tuzadi.
Sertifikatlashtirish obyektini baholashning qo‘shimcha dalolatnomasida sertifikat berishni rad etish uchun asos bo‘lgan sabablar ariza beruvchi tomonidan bartaraf etilganligi to‘g‘risida axborot ko‘rsatiladi.
37. Markaz komissiyaning qo‘shimcha dalolatnomasi olgan kundan boshlab ikki ish kunidan oshmaydigan muddatda ushbu Nizomning 30-bandiga muvofiq qaror qabul qiladi. Qaror qabul qilingan kundan boshlab bir ish kuni davomida ushbu qaror ariza beruvchiga yuboriladi.
Bunda yangi asoslar bo‘yicha sertifikat berishning rad etilishi mumkin emas.
38. Sertifikat berishni rad etish to‘g‘risidagi qarorda ko‘rsatib o‘tilgan muddat tugagandan keyin taqdim qilingan sertifikatlashtirish talablarini bajarish to‘g‘risidagi ariza yangidan berilgan deb hisoblanadi.
5-§. Sertifikat berish
Oldingi tahrirga qarang.
39. Ariza beruvchi ushbu Nizomning 33-bandida ko‘rsatib o‘tilgan shartlarni bajargan kunning o‘zida Markaz ushbu Nizomning 13 va 14-ilovalariga binoan shaklda sertifikat rasmiylashtiradi va uni Sertifikatlashtirish milliy tizimining Davlat reyestrida ro‘yxatdan o‘tkazadi.
(39-bandning birinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 17-noyabrdagi 722-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 18.11.2020-y., 09/20/722/1611-son)
Rasmiylashtirilgan sertifikat QR-kod sanoqli tizimidan foydalangan holda elektron shaklda ariza beruvchiga yuboriladi.
40. Ariza beruvchining ixtiyoriga ko‘ra sertifikat maxsus blankda rasmiylashtirilishi va ariza beruvchining tegishli tarzda vakolatlangan vakiliga imzolab berilishi mumkin.
Sertifikat blankasi qat’iy hisobda turadigan hujjat hisoblanadi, hisobga olish raqami va himoyalanganlik darajasiga ega bo‘ladi, blankalar Markazga blankalarni zarur miqdorda beradigan O‘zbekiston Respublikasi Turizmni rivojlantirish davlat qo‘mitasi buyurtmasiga binoan “Davlat belgisi” davlat unitar korxonasi tomonidan tayyorlanadi.
41. Amaldagi sertifikat uning egasiga muvofiqlik belgisini qo‘llash huquqini, joylashtirish vositalari, tog‘ chang‘isi trassalari va plyaj xizmatlariga nisbatan esa tasniflash tizimiga muvofiq berilgan toifani qo‘llashga huquq beradi. Turoperator, joylashtirish vositalari, tog‘ chang‘isi trassalari va plyaj xizmatlari ko‘rsatish vaqtida amaldagi sertifikat egalari muvofiqlik belgisidan sertifikatning amal qilish muddati davomida o‘zlarining reklama va axborot materiallarida foydalanishlari mumkin.
Ariza beruvchining ixtiyoriga ko‘ra joylashtirish vositalari, tog‘ chang‘isi trassalari va plyaj xizmatlarini ko‘rsatish uchun sertifikatda tasniflash tizimi bo‘yicha ularning toifasi ko‘rsatiladi yoki ko‘rsatib o‘tilmaydi.
Joylashtirish vositalari, tog‘ chang‘isi trassalari va plyajlarga nisbatan har bir joylashtirish vositasi, tog‘ chang‘isi trassasi va plyajga alohida sertifikat beriladi.
Turoperator xizmatlariga nisbatan xizmat ko‘rsatiladigan har bir joyga alohida sertifikat beriladi.
42. Sertifikatlashtirilishi lozim bo‘lgan faoliyatni keyinchalik amalga oshirish uchun sertifikatning amal qilish muddati tugaguncha uch oydan kech bo‘lmagan vaqtda sertifikat egasi ushbu Nizomning 2-ilovasiga muvofiq shaklda qayta sertifikatlashtirishni o‘tkazish to‘g‘risidagi ariza bilan Markazga murojaat qilishi kerak.
43. Sertifikat egasi:
normativ hujjatlarga va ushbu Nizom talablariga, bitim shartlariga rioya qilishi;
xizmatlarga doir sertifikatni qo‘llash va ilova hujjatlarini muvofiqlik belgisi bilan belgilash qoidalariga va normativ hujjatlar talablariga binoan joylashtirish vositalari, tog‘ chang‘isi trassalari va plyajlarga berilgan toifani ishlatish qoidalariga rioya qilishi;
barcha manfaatdor shaxslarga sertifikat bilan bemalol tanishish imkoniyatini ta’minlashi;
ushbu Nizomning 2, 3 va 4-ilovalariga muvofiq shakllarda taqdim qilingan ma’lumotlarning o‘zgarishi va menejmenti tizimidagi, ko‘rsatilayotgan xizmatlar ro‘yxatidagi o‘zgarishlar to‘g‘risida Markazga bir oy davomida axborot berishi;
o‘z sertifikatini qo‘llash huquqini uchinchi shaxslarga bermasligi;
faoliyatni to‘xtatish, qaytadan tashkil etish yoki joylashgan joyini yoki xizmat ko‘rsatish joyini o‘zgartirish to‘g‘risida qaror qabul qilingan kundan boshlab o‘ttiz kun davomida sertifikatning asl nusxasini ilova qilgan holda Markazga yozma xabar berishi;
sertifikat egasini tugatish, uning faoliyatini to‘xtatish, uning qaytadan tashkil etilishi yoki qayta sertifikatlashtirishdan bosh tortish vaqtida sertifikatning amal qilish muddati tugaguncha o‘zining xizmat ko‘rsatishini to‘xtatishini ta’minlashi kerak, ushbu Nizom 80-bandining “b” kichik bandiga muvofiq sertifikatni qayta rasmiylashtirish to‘g‘risida ariza berish bilan bog‘liq o‘zgartirishlar bundan mustasno.
6-§. Ko‘rsatilayotgan turistik xizmatlar ro‘yxatini kengaytirish va qisqartirish bo‘yicha sertifikatlashtirish
44. Ko‘rsatilayotgan turistik xizmatlar ro‘yxatini kengaytirish bo‘yicha (qisqartirish) sertifikatlashtirish, ushbu Nizomning 7 — 24 hamda 27 — 30-bandlarida nazarda tutilgan tartibda amalga oshiriladi.
45. Sertifikatlashtirish obyektining ko‘rsatilayotgan turistik xizmatlar ro‘yxatini qisqartirish Markaz qarori bilan quyidagilarga asosan amalga oshiriladi:
turistik xizmatlar ro‘yxatinini qisqartirish to‘g‘risida sertifikatlashtirish obyektining arizasi;
sertifikatlashtirish obyekti faoliyatining inspeksiya nazorati natijalari.
46. Turistik xizmatlar ro‘yxatini kengaytirish yoki qisqartirish vaqtida Markaz sertifikatlashtirish obyektining sertifikatini qayta rasmiylashtiradi. Bunda sertifikatning amal qilish muddati avval berilgan sertifikatning amal qilish muddatiga muvofiq bo‘ladi.
47. Turistik xizmatlar ro‘yxatini kengaytirish bo‘yicha sertifikatlashtirish ishlarining (xizmatlar) narxi ushbu Nizomning 5-ilovasiga binoan to‘lovlar miqdorini e’tiborga olgan holda faqat kengaytirilayotgan xizmatlar uchun hisoblanadi.
Turistik xizmatlar ro‘yxatini kengaytirish va qisqartirish bo‘yicha sertifikat va muvofiqlik belgisini qo‘llash uchun to‘lov miqdorini ushbu Nizomning 5a-ilovasiga muvofiq kengaytirilayotgan xizmatlar uchun ariza beruvchining o‘zi mustaqil hisoblaydi.
Turistik xizmatlarni qisqartirish uchun to‘lov undirilmaydi.
3-bob. Sertifikatlashtirish obyektining inspeksiya nazorati
48. Davriy inspeksiya nazorati normativ hujjatlar talablariga sertifikatlashtirish obyektining muvofiqligini tasdiqlash maqsadida o‘tkaziladi.
Inspeksiya nazoratini o‘tkazish muddati turoperator xizmatlari uchun besh ish kunidan hamda joylashtirish vositasi, tog‘ chang‘isi trassalari va plyajlar uchun o‘n ish kunidan oshmasligi kerak.
49. Markaz inspeksiya nazoratini o‘tkazish davrini belgilaydi va O‘zbekiston Respublikasi Turizmni rivojlantirish davlat qo‘mitasi veb-saytida Inspeksiya nazoratini o‘tkazish rejasini joylashtiradi.
50. Inspeksiya nazoratini o‘tkazish uchun Markaz rahbarining buyrug‘i bilan komissiya tarkibi, inspeksiya nazoratini o‘tkazish muddati va dasturi tasdiqlanadi.
Markazning sifat bo‘yicha ekspert-auditorlari orasidan komissiya raisi tayinlanadi.
51. Markaz inspeksiya nazorati o‘tkaziladigan oy boshlanguncha o‘n ish kunidan kech bo‘lmagan vaqtda sertifikat egasiga bu to‘g‘rida ma’lum qiladi va ushbu Nizomning 5-ilovasiga binoan, to‘lov miqdorlarini e’tiborga olgan holda hisoblanadigan inspeksiya nazoratini o‘tkazish narxi to‘g‘risida xabar beradi.
Sertifikat egasi tasdiqlangan rejaga binoan inspeksiya nazorati o‘tkazilishi lozim bo‘lgan oyning o‘n beshinchi sanasigacha inspeksiya nazoratini o‘tkazish to‘lovi to‘langanligini tasdiqlovchi hujjatni Markazga taqdim qilishi lozim.
52. Inspeksiya nazoratini o‘tkazishga o‘z vaqtida to‘lov to‘lanmaganda yoki inspeksiya nazoratini o‘tkazish rad etilganda Markaz sertifikatning amal qilishini to‘xtatib turish to‘g‘risida qaror qabul qiladi.
53. Sertifikatning amal qilishini to‘xtatib turish to‘g‘risidagi qarorda inspeksiya nazoratini o‘tkazishga to‘lov to‘lash uchun sertifikat egasiga o‘ttiz kunlik muddat berilishi ko‘rsatib o‘tiladi.
Belgilangan muddat davomida sertifikat egasi tomonidan inspeksiya nazoratini o‘tkazishga to‘lov to‘langanidan so‘ng Markaz o‘n ish kuni davomida inspeksiya nazoratini o‘tkazishi kerak.
54. Inspeksiya nazorati ushbu Nizomning 19 — 29 bandlarida belgilangan tartibda o‘tkaziladi.
Bunda komissiya sertifikatining asl nusxasini mavjudligini va ushbu Nizomning 8 — 11 bandlarida belgilangan hujjatlarning dolzarbligini tekshiradi.
Inspeksiya nazorati natijalari bo‘yicha Markazning qarori chiqarilgungacha sertifikat egasi o‘z faoliyatini amalga oshirish huquqiga ega.
Oldingi tahrirga qarang.
55. Rejadagi inspeksiya nazorati bitimga asosan sertifikatning amal qilishi davrida uch marta o‘tkaziladi.
Sertifikatlashtirishdan keyin:
birinchi rejadagi inspeksiya nazorati sertifikat berilgandan keyin kamida olti oy o‘tgandan so‘ng o‘tkaziladi;
keyingi rejadagi inspeksiya nazoratlari avvalgi inspeksiya nazorati o‘tkazilgandan keyin kamida o‘n sakkiz oy o‘tgandan so‘ng o‘tkaziladi.
(55-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 24-fevraldagi 100-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 25.02.2021-y., 09/21/100/0169-son)
56. Sertifikatlashtirish obyekti faoliyatining rejadan tashqari inspeksiya nazorati ushbu Nizomning 43-bandi talablari buzilganligi to‘g‘risidagi ma’lumotlar va sertifikatlashtirish obyektlari tomonidan ko‘rsatiladigan xizmatlar sifati yuzasidan iste’molchilarning yozma shikoyat murojaati Markazga tushgan taqdirda o‘tkaziladi.
57. Iste’molchilarning yozma murojaati asosida amalga oshiriladigan rejadan tashqari inspeksiya nazorati murojaat yoki shikoyatda ko‘rsatib o‘tilgan nomuvofiqliklarni baholashga yo‘naltirilgan bo‘lishi kerak.
58. Inspeksiya nazoratining dalolatnomasi taqdim etilgan kundan boshlab besh ish kuni davomida Markaz quyidagi qarorlardan birini qabul qiladi:
a) inspeksiya nazoratining natijalari ijobiy bo‘lganda — sertifikatning amal qilishini tasdiqlash to‘g‘risida. Joylashtirish vositalari, tog‘ chang‘isi trassalari va plyaj xizmatlariga nisbatan qarorda tasniflash tizimiga binoan amaldagi toifasini tasdiqlash yoki o‘zgarishi to‘g‘risida ko‘rsatib o‘tilishi mumkin;
b) inspeksiya nazoratining natijalari salbiy bo‘lganda — sertifikatning amal qilishini to‘xtatib turish to‘g‘risida. Joylashtirish vositalari, tog‘ chang‘isi trassalari va plyaj xizmatlariga nisbatan qarorda ularning amaldagi toifasini qo‘llashga vaqtinchalik taqiq ko‘rsatib o‘tiladi.
Qaror inspeksiya nazoratida ishtirok etmagan sifat bo‘yicha ekspert-auditor tomonidan tayyorlanadi va Markaz rahbari tomonidan tasdiqlanadi.
Inspeksiya nazorati natijalariga ko‘ra joylashtirish vositalarining turi va (yoki) xili o‘zgartirilishi mumkin va bu haqda qarorda ko‘rsatiladi.
59. Inspeksiya nazorati natijalari bo‘yicha qabul qilingan qaror uning qabul qilingan kunidan boshlab ikki ish kuni davomida sertifikat egasiga yuboriladi.
60. Sertifikatning amal qilishini to‘xtatib turish to‘g‘risidagi qarorda aniqlangan nomuvofiqliklarni bartaraf etish uchun sertifikat egasiga o‘ttiz kunlik muddat berilishi ko‘rsatib o‘tiladi.
Belgilangan muddat davomida sertifikat egasi aniqlangan nomuvofiqliklarni bartaraf etishi va bu to‘g‘rida Markazga ularning bartaraf etilganligini tasdiqlovchi barcha hujjatlar bilan ariza taqdim qilishi mumkin.
61. Sertifikat egasidan sertifikatning amal qilishini to‘xtatib turish uchun asos bo‘lgan nomuvofiqliklarning bartaraf etilganligi to‘g‘risida tegishli ariza barcha tasdiqlovchi hujjatlar bilan o‘z vaqtida Markazga kelib tushgan holatlarda komissiya taqdim etilgan hujjatlar asosida avval tuzilgan dalolatnomaga sertifikat obyekti inspeksiya nazoratining qo‘shimcha dalolatnomasini uch kun muddatda tuzadi.
Bunda inspeksiya nazoratining qo‘shimcha dalolatnomasini tuzish uchun to‘lov undirilmaydi.
Sertifikatning amal qilishini to‘xtatib turish uchun asos bo‘lgan sabablar sertifikat egasi tomonidan bartaraf etilganligi to‘g‘risidagi axborot inspeksiya nazoratining qo‘shimcha dalolatnomasida ko‘rsatiladi.
62. Komissiyaning qo‘shimcha dalolatnomasi olingan kundan boshlab uch ish kunidan oshmaydigan muddatda Markaz quyidagilar to‘g‘risida qaror qabul qiladi:
a) inspeksiya nazoratining natijalari ijobiy bo‘lganda — sertifikatning amal qilishini tasdiqlash to‘g‘risida. Joylashtirish vositalari, tog‘ chang‘isi trassalari va plyaj xizmatlariga nisbatan qarorda tasniflash tizimiga binoan amaldagi toifasini tasdiqlash yoki o‘zgarishi to‘g‘risida ko‘rsatib o‘tilishi mumkin;
b) inspeksiya nazoratining natijalari salbiy bo‘lganda — sertifikatning amal qilishini tugatish to‘g‘risida.
Bunda inspeksiya nazoratining dalolatnomasida ilgari ko‘rsatib o‘tilmagan yangi nomuvofiqliklar bo‘yicha sertifikat amal qilishini tugatish to‘g‘risida qaror qabul qilinishi mumkin emas.
63. To‘xtatib turish to‘g‘risida qarorda ko‘rsatib o‘tilgan muddat tugagach Markazga kelib tushgan sertifikatning amal qilishini to‘xtatib turish uchun asos bo‘lgan nomuvofiqliklarning bartaraf etilganligi to‘g‘risidagi ariza ko‘rib chiqish uchun qabul qilinmaydi.
64. Quyidagi holatlarda ham sertifikatning amal qilishi tugatiladi:
a) sertifikatning amal qilish muddati tugaganda;
b) sertifikatning amal qilishini tugatish to‘g‘risida sertifikat egasining arizasi bo‘yicha;
v) sertifikat egasidan faoliyatni tugatish yoki to‘xtatish to‘g‘risidagi ariza bo‘yicha — faoliyatni tugatish yoki to‘xtatish kunidan boshlab;
g) sertifikat egasini tugatish yoki uning faoliyatini to‘xtatish to‘g‘risida nazorat yoki ro‘yxatga olish organlaridan olingan axborot bo‘yicha — sertifikat egasi tomonidan tegishli qaror qabul qilingan kundan boshlab;
d) sertifikat egasi qayta tashkil etilganda — qayta tashkil etish kunidan boshlab, agar sertifikat egasi bunday qaror qabul qilingan kundan boshlab o‘ttiz kun davomida sertifikatni qayta rasmiylashtirish to‘g‘risida ariza bilan Markazga murojaat qilgan taqdirda, mazkur qayta o‘zgartirishlar bundan mustasno;
e) sertifikat egasining joylashgan joyi yoki sertifikatda ko‘rsatib o‘tilgan xizmatlarni ko‘rsatish joyi o‘zgarganda, agar sertifikat egasi tegishli qaror qabul qilish kunidan boshlab o‘ttiz kun davomida Markazga sertifikatni qayta rasmiylashtirish to‘g‘risida ariza bilan murojaat qilgan bo‘lsa, mazkur holat bundan mustasno;
j) joylashtirish vositalari tomonidan, shu jumladan xalqaro bronlashtirish maydonlarida muvofiqlik belgisidan (yulduzlar) noqonuniy foydalanganlik holati aniqlanganda;
z) ushbu Nizomning 52-bandi va 58-bandining “b” kichik bandiga muvofiq sertifikatning amal qilishini to‘xtatib turish uchun asos bo‘lgan sabablar bartaraf etilmagan holatlarda — Markaz tomonidan tegishli qaror qabul qilingan kundan boshlab;
Oldingi tahrirga qarang.
i) inspeksiya nazorati davrida, shu jumladan yashirin baholashning natijalari asosida Markaz tomonidan berilgan ko‘rsatma va tavsiyalarda texnik jihatdan tartibga solish sohasidagi normativ hujjatlarda belgilangan talablarning 30 foizidan ortig‘i bajarilmanganligi holatlari aniqlanganda.
(64-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 24-fevraldagi 100-sonli qaroriga asosan “i” kichik band bilan to‘ldirilgan — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 25.02.2021-y., 09/21/100/0169-son)
65. Ushbu Nizom 62-bandining “b” kichik bandi va 64-bandining “j” kichik bandiga muvofiq sertifikatining amal qilishi to‘xtatilgan tadbirkorlik subyekti Markazning tugatish to‘g‘risidagi qarori chiqqan kundan boshlab uch oy o‘tgach sertifikatlashtirish obyektining sertifikatlashtirilishi o‘tkazilishi to‘g‘risida ariza bilan Markazga murojaat qilish huquqiga ega.
66. Sertifikatning amal qilishi tugatilishito‘g‘risidagi qaror u qabul qilingan kundan boshlab uch ish kuni davomida sertifikat egasiga yuboriladi.
67. Rejali inspeksiya nazorati o‘tkazish bo‘yicha ishlarga haq to‘lash bitimda belgilangan tartibda amalga oshiriladi. Inspeksiya nazoratining narxi ushbu Nizomning 5-ilovasiga binoan to‘lovlar miqdorini e’tiborga olgan holda hisoblanadi.
68. Sertifikat quyidagi dalillar aniqlangan holatlarda sud qarori bo‘yicha bekor qilinishi mumkin:
a) sertifikat soxta hujjatlardan foydalanib olinganda;
b) Markazning sertifikat berish to‘g‘risidagi qarori noqonuniy deb topilganda.
Sertifikatni bekor qilish to‘g‘risida qaror qabul qilinganda sertifikat Sertifikatlashtirish milliy tizimining Davlat reyestrida ro‘yxatdan o‘tkazilgan kundan boshlab bekor qilingan hisoblanadi.
69. Tadbirkorlik subyektining sertifikati ushbu Nizom 68-bandining “a” kichik bandiga muvofiq bekor qilingan bo‘lsa, u bekor qilish to‘g‘risidagi qaror chiqarilgan kundan boshlab olti oy o‘tgach sertifikatlashtirish obyektining sertifikatlashtirilishini o‘tkazish to‘g‘risida ariza bilan Markazga murojaat qilish huquqiga ega.
Oldingi tahrirga qarang.
70. Sertifikatning amal qilishini to‘xtatib turish to‘g‘risidagi qaror kiritilgan kundan boshlab sertifikat egasi joylashtirish vositalari, tog‘ chang‘isi trassalari va plyaj xizmatlari ko‘rsatish uchun yangi shartnomalar tuzishni to‘xtatib turishi va Markaz tomonidan belgilangan muddatda nomuvofiqliklarni bartaraf etish choralarini ko‘rishi lozim.
(70-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 17-noyabrdagi 722-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 18.11.2020-y., 09/20/722/1611-son)
Oldingi tahrirga qarang.
71. Sertifikatning amal qilishini tugatish yoki bekor qilish to‘g‘risidagi qaror kelib tushgan kundan boshlab sertifikatining amal qilishi to‘xtatilgan yoki sertifikati bekor qilingan tadbirkorlik subyekti mavjud shartnomalar bo‘yicha joylashtirish vositalari, tog‘ chang‘isi trassalari va plyaj xizmatlari ko‘rsatishni va yangi shartnomalar tuzishni to‘xtatishi kerak.
(71-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 17-noyabrdagi 722-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 18.11.2020-y., 09/20/722/1611-son)
72. Sertifikat amal qilishining to‘xtatib turilishi va tugatilishi sertifikat, muvofiqlik belgisi va joylashtirish vositasi, tog‘ chang‘isi trassalari va plyajlarning toifasini qo‘llash huquqini to‘xtatib turadi yoki tugatadi.
Tadbirkorlik subyekti sertifikatining amal qilishi to‘xtatib turilgan, tugatilgan yoki sertifikati bekor qilingan bo‘lsa, u o‘zining sertifikatlashtirilgan xizmati (sertifikati) borligi to‘g‘risida ma’lum qilish huquqiga ega emas.
4-bob. Yashirin baholash
73. Turistik xizmatlarni ko‘rsatish jarayonini va undan turistlarning qoniqishini monitoring qilish maqsadida Markaz “sirli mehmon” tayinlashi mumkin va uning ishtirokida turistik xizmatlarni yashirin baholashni o‘tkazadi.
74. “Yashirin baholash” quyidagi holatlarda o‘tkaziladi:
a) turistlarni turistik xizmatlar obyektlari tomonidan ko‘rsatilayotgan xizmatlar sifatidan qoniqishi to‘g‘risidagi so‘rovnomalar natijalari bo‘yicha;
b) turistik xizmatlar ko‘rsatuvchi obyektlarda tashrif buyuruvchilarga xizmat ko‘rsatish sifatini monitoring qilish va/yoki boshqarishni baholash tizimi tomonidan aniqlanadigan tashrif buyuruvchilarning so‘rovnomalari natijalari reytingi past bo‘lganda;
v) turistik xizmat obyektining yashirin baholashni o‘tkazish to‘g‘risidagi arizasiga binoan.
Yashirin baholashni o‘tkazish muddati besh ish kunidan oshmasligi lozim.
75. Yashirin baholashni o‘tkazish bo‘yicha barcha xarajatlar, 74-bandning “v” kichik bandidan tashqari, Markaz tomonidan moliyalashtiriladi.
Ushbu Nizomning 74-bandi “v” kichik bandida ko‘rsatilgan hollarda yashirin baholash to‘lov kiritilganligini tasdiqlovchi hujjat asosida o‘tkaziladi. Bunda to‘lov miqdori yashirin baholash obyekti tomonidan to‘lovni amalga oshirish kunida sertifikatlashtirishni o‘tkazish uchun to‘lov summasining 30 foizi miqdorda belgilanadi.
Yuqoridagilardan tashqari ariza beruvchi xizmat ko‘rsatish bilan bog‘liq bo‘lgan bevosita ko‘rilgan haqiqiy qo‘shimcha xarajatlarni tasdiqlovchi hujjatlar asosida qoplaydi.
76. Yashirin baholashni o‘tkazish uchun Markaz rahbarining buyrug‘i bilan “sirli mehmon” tayinlanadi, baholash o‘tkazish muddati tasdiqlanadi.
“Sirli mehmon” sifatida Markaz xodimlari orasidan tayinlangan xodimlar yoki boshqa shaxslar jalb qilinishi mumkin.
Markaz xodimlari orasidan tayinlangan “sirli mehmon” ushbu sertifikatlashtirilgan obyektni muvofiqligini baholashda ishtirok etmagan bo‘lishi kerak.
77. Yashirin baholash sertifikat egasini xabardor qilmasdan, uning faoliyatiga aralashmasdan, bevosita turistik xizmatlar obyektining joylashgan joyida amalga oshiriladi.
Bunda “sirli mehmon” turistik xizmatlar obyekti xodimlarining tashqi ko‘rinishi va o‘zini tutishini, obyektining umumiy holati va zarur jihozlar bilan ta’minlanganligini hamda xizmat ko‘rsatish tezligi va sifatini baholaydi.
78. Yashirin baholash davomida ushbu Nizomning 12-ilovasiga muvofiq shakl bo‘yicha turistik xizmatlar obyektini yashirin baholash so‘rovnomasi (anketa) to‘ldiriladi.
79. Yashirin baholash natijalari bo‘yicha Markaz uch ish kuni mobaynida so‘rovnomani tahlil qiladi va turistik xizmatlar obyektiga tegishli tavsiyalar beradi hamda aniqlangan kamchiliklar yuzasidan chora-tadbirlar ko‘rish uchun yashirin baholash natijalari to‘g‘risida xabardor qiladi.
Yashirin baholash natijalari bo‘yicha Markaz tomonidan turistik xizmatlar obyektiga nisbatan biron-bir chora ko‘rilishiga yo‘l qo‘yilmaydi.
Yashirin baholash natijalaridan inspeksiya nazorati davomida foydalanilishi mumkin.
5-bob. Sertifikatni qayta rasmiylashtirish, uning dublikatini berish
80. Markaz tomonidan sertifikatni qayta rasmiylashtirish quyidagi holatlarda bitim asosida amalga oshiriladi:
a) sertifikatlashtirish arizasida ko‘rsatib o‘tilgan sertifikat egasining nomi, joylashgan joyi (pochta manzili) yoki xizmat ko‘rsatish joyi o‘zgargani to‘g‘risida ariza bilan sertifikat egasining murojaatida, lekin ushbu ariza haqiqiy o‘zgarishlar boshlanishidan keyin o‘ttiz kun davomida Markazga taqdim qilingan bo‘lishi shart;
b) sertifikat egasining uni qayta tashkil etish to‘g‘risidagi ariza bilan murojaatida, lekin ushbu ariza qaror qabul qilingan va qayta tashkil etilgandan keyin o‘ttiz kun davomida Markazga taqdim qilingan bo‘lishi shart;
v) inspeksiya nazorati natijalari bo‘yicha sertifikatlashtirish obyektlarining toifasini, turini va/yoki xilini o‘zgartirishda;
g) sertifikat egasi tomonidan turistik xizmatlar ro‘yxatining qisqarishida.
81. Ushbu Nizom 80-bandining “a”, “b” va “g” kichik bandlarida ko‘rsatib o‘tilgan holatlarda Markaz ariza kelib tushgan kundan boshlab uch ish kuni davomida sertifikat egasining arizasi asosida ushbu sertifikatni qayta rasmiylashtirish to‘g‘risida qaror qabul qiladi, ushbu arizaga quyidagilar ilova qilinishi kerak:
avval berilgan sertifikatning asl nusxasi;
qayta rasmiylashtirish zaruratini tasdiqlovchi hujjatlarning sertifikat egasining imzosi bilan tasdiqlangan nusxalari;
ushbu Nizomning 5-ilovasiga binoan miqdorda sertifikatni qayta rasmiylashtirish uchun to‘lov to‘langanligini tasdiqlovchi hujjat nusxasi.
82. Ushbu Nizom 80-bandining “v” va “g” kichik bandlarida ko‘rsatib o‘tilgan holatda qaror qabul qilgan kundan boshlab uch ish kuni davomida sertifikatni qayta rasmiylashtirish bepul amalga oshiriladi.
83. Qabul qilingan qaror uning qabul qilingan kunidan boshlab uch ish kunidan kech bo‘lmagan vaqtda sertifikat egasiga yuboriladi, shundan so‘ng Markaz qayta rasmiylashtirilgan sertifikatni uning egasiga beradi.
84. Qayta rasmiylashtirilgan sertifikatning amal qilish muddati avval uning egasiga berilgan sertifikatning amal qilish muddatiga muvofiq bo‘ladi.
85. Sertifikat egasining xohishiga ko‘ra Markaz u bilan qayta rasmiylashtirilgan sertifikatning amal qilish muddati yuzasidan yangi bitim tuzadi.
86. Yo‘qolgan yoki yaroqsiz holatga kelgan sertifikat o‘rniga Markaz sertifikat egasining tegishli arizasiga binoan, ariza olingan kundan boshlab besh kun davomida uning dublikatini beradi.
Ariza bilan ushbu Nizomning 5-ilovasiga binoan miqdorda sertifikat dublikatini berish uchun to‘lov to‘langanligini tasdiqlovchi hujjat birga taqdim etilgan shart bo‘yicha, bitim asosida sertifikatning dublikati beriladi.
6-bob. Yakunlovchi qoidalar
87. Sertifikat egalari va ariza beruvchilar tomonidan taqdim etilgan arizalar va ularga ilova qilingan hujjatlar va ma’lumotlarda ko‘rsatib o‘tilgan axborotlarning ishonchliligiga ularning o‘zlari javobgar bo‘ladilar.
88. Markaz belgilangan tartibda sertifikat berish to‘g‘risida va berishni rad qilish, sertifikat amal qilishini to‘xtatib turish, tugatish yoki sertifikatlarni bekor qilish to‘g‘risidagi qarorlar hisobini yuritadi.
89. Berilgan va qayta rasmiylashtirilgan sertifikatlar, amal qilish muddati to‘xtatilgan sertifikatlar, bekor qilingan sertifikatlar to‘g‘risidagi ma’lumot har oyda Sertifikatlashtirish milliy tizimining Davlat reyestrini yuritish uchun “O‘zstandart” agentligiga elektron shaklda taqdim etiladi.
Amal qilish muddati to‘xtatilgan sertifikatlar va bekor qilingan sertifikatlar to‘g‘risidagi axborot tegishli qaror qabul qilingan kundan boshlab uch ish kunidan ko‘p bo‘lmagan muddatda Markaz tomonidan davlat soliq xizmati organlariga va sertifikatlashtirish obyektining joylashgan joyi bo‘yicha ichki ishlar organiga yuboriladi hamda ushbu ma’lumot ommaviy axborot vositalarida e’lon qilinadi.
90. Ariza beruvchi yoki sertifikat egasi Markazning qaroridan rozi bo‘lmagan holatlarda apellatsiya bilan “O‘zstandart” agentligiga yoki sudga murojaat qilish huquqiga ega. “O‘zstandart” agentligining qarori yuzasidan qonunchilikda belgilangan tartibda sudga shikoyat qilinishi mumkin.
91. Markaz ariza beruvchining (sertifikat egasining) o‘z faoliyatini amalga oshirishi natijasida olingan o‘zi to‘g‘risidagi ma’lumotlarning maxfiyligini ta’minlaydi.
92. Markaz va ariza beruvchilar hamda sertifikat egalari o‘rtasida hujjat aylanishi (ariza, hujjatlar va ma’lumotlar, qarorlar, bildirish xatlari, ariza va shu kabilarni berish va yuborish) qog‘ozli manbada yoki elektron shaklda amalga oshiriladi. Ariza, hujjatlar va ma’lumotlar sifati sertifikatlashtirish maqsadlari uchun zarur bo‘lgan axborotni aniqlashga imkon berishi kerak. Markazga kelib tushgan hujjatlar va ma’lumotlar sertifikatlashtirish yoki inspeksiya nazorati jarayonida ularning asl nusxalari bilan solishtiriladi.
93. Amal qilishi tugatilganva bekor qilingan sertifikatlar Markaz tomonidan tegishli qaror qabul qilingan kundan boshlab bir yil o‘tgach belgilangan tartibda yo‘q qilinishi lozim, bu to‘g‘rida quyidagi asosiy ma’lumotlar aks ettiriladigan maxsus jurnalda qayd amalga oshiriladi:
a) qarorning raqami va sanasi;
b) sertifikat egasining nomi;
v) ko‘rsatiladigan xizmat nomi;
g) blankaning bosmaxona raqami va Sertifikatlashtirish milliy tizimining Davlat reyestri bo‘yicha raqami;
d) yo‘q qilish sanasi.
94. Sertifikatlashtirish va inspeksiya nazoratini o‘tkazish bilan bog‘liq bo‘lgan Markazning hujjatlari sertifikat berilgan kundan boshlab besh yil o‘tgach belgilangan tartibda yo‘q qilinishi lozim.
95. Ariza beruvchilar va sertifikat egalari Markazga vakolatlangan nazorat organlarining (yong‘in va sanitariya-gigiyena xavfsizligi va lift jihozlaridan xavfsiz foydalanish, ekologik talablarga muvofiqligi va ekologik ekspertiza obyektini realizatsiya qilish mumkinligi yoki mumkin emasligini to‘g‘risida davlat ekologik ekspertizasi, tog‘ ko‘chkilari xavfi bo‘yicha va osma kanat yo‘lini xavfsiz ekspluatatsiya qilish) xulosalarini taqdim etishlari mumkin, ularda sertifikatlashtirish obyektlarining normativ hujjatlar talablariga muvofiqligi yuzasidan ushbu organlar tomonidan o‘tkazilgan to‘liq bo‘lmagan tekshiruv aks ettirilgan bo‘ladi. Aniqlangan dalillar to‘g‘risida Markaz O‘zbekiston Respublikasi Turizmni rivojlantirish davlat qo‘mitasiga xabar beradi.
Aniqlangan kamchiliklarni bartaraf etish uchun O‘zbekiston Respublikasi Turizmni rivojlantirish davlat qo‘mitasi vakolatlangan nazorat organlari (yong‘in va sanitariya-gigiyena xavfsizligi, lift jihozlaridan xavfsiz foydalanish, ekologik talablarga muvofiqligi va ekologik ekspertiza obyektini realizatsiya qilish mumkinligi yoki mumkin emasligini to‘g‘risida davlat ekologik ekspertizasi, tog‘ ko‘chkilari xavfi bo‘yicha va osma kanat yo‘lini xavfsiz ekspluatatsiya qilish) bo‘lgan tegishli vazirlik va idoralarga taqdimnoma yuboradi.
Oldingi tahrirga qarang.
96. Mazkur Nizom talablari buzilishida aybdor bo‘lgan shaxslar qonunchilik hujjatlariga muvofiq javobgar bo‘ladi.
Sertifikatga ega bo‘lmasdan joylashtirish vositalari, tog‘ chang‘isi trassalari va plyaj xizmatlari ko‘rsatadigan, sertifikatlashtirish talablarini buzgan yoki soxta hujjatlardan foydalangan tadbirkorlik subyektlari rahbarlari qonunchilik hujjatlariga muvofiq javobgar bo‘ladi.
(96-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 4-apreldagi 153-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 05.04.2022-y., 09/22/153/0266-son)
Turistik xizmatlarni sertifikatlashtirish va turistik industriya obyektlarini tasniflash tartibi to‘g‘risidagi nizomga
1-ILOVA
Turistik xizmatlarni standartlashtirish bo‘yicha normativ hujjatlar talablariga muvofiqligini tasdiqlash uchun sertifikatlashtirish
SXEMASI
Oldingi tahrirga qarang.

Subyektlar

Chora-tadbirlar

Bajarish muddatlari

Ariza beruvchi

Ushbu Nizomda nazarda tutilgan hujjatlarni tayyorlaydi va pochta aloqa vositalari orqali yoki elektron shaklda “Turizm xizmatlarini sertifikatlashtirish markazi” DUKga (keyingi o‘rinlarda Markaz deb ataladi) sertifikatlashtirish uchun ariza beradi.

Ariza beruvchining xohishiga ko‘ra

Markaz

Arizani ko‘rib chiqadi va sertifikatlashtirishni o‘tkazish yoki sertifikatlashtirish o‘tkazishni rad etish to‘g‘risida qaror qabul qiladi.

1 ish kuni davomida

Markaz

Ariza beruvchiga sertifikatlashtirish o‘tkazish to‘g‘risida shartnomani ilova qilib sertifikatlashtirish o‘tkazish to‘g‘risida yoki rad etish sabablari k�rsatib o‘tilgan sertifikatlashtirish o‘tkazishni rad etish to‘g‘risidagi qarorni yuboradi

Qaror qabul qilingan kunning o‘zida

Ariza beruvchi

Markazning bank hisob raqamiga pul mablag‘larini o‘tkazish yo‘li bilan sertifikatlashtirish to‘g‘risidagi shartnoma bo‘yicha haq to‘lashni amalga oshiradi.

30 kun davomida

Markaz

Komissiya tarkibi va sertifikatlashtirish dasturini tasdiqlaydi

1 ish kuni davomida

Markaz

Komissiya Markaz rahbariyatining buyrug‘i tasdiqlangan kundan boshlab baholashni o‘tkazishni boshlaydi.

5 ish kuni davomida

Markaz

Komissiya sertifikatlashtirish obyektini normativ hujjatlar talablariga muvofiqligini baholaydi, baholash dalolatnomasini rasmiylashtiradi va baholash dalolatnomasini Markazga taqdim qiladi.

3 ish kunidan ko‘p emas, turoperator xizmati uchun — 2 ish kunidan ko‘p emas

Markaz

Sertifikat berish yoki sertifikat berishni rad etish to‘g‘risida qaror qabul qiladi.

1 ish kuni davomida

Ariza beruvchi

Sertifikat berish rad etilganda nomuvofiqliklarni bartaraf etadi. Nomuvofiqliklarni bartaraf etilganini tasdiqlovchi barcha hujjatlar bilan ularni bartaraf etish to‘g‘risidagi arizani taqdim etadi.

30 kun davomida

Markaz

Sertifikat berishni rad etish uchun asos bo‘lib xizmat qilgan sabablar ariza beruvchi tomonidan o‘z vaqtida bartaraf etilganda — qayta baholashni amalga oshiradi.

2 ish kunidan ko‘p emas

Markaz

Sertifikat berish yoki sertifikat berishni rad etish to‘g‘risida qaror qabul qiladi.

1 ish kuni davomida

Markaz

Ariza beruvchiga sertifikat berish (sertifikat va muvofiqlik belgisini qo‘llash huquqini berish to‘g‘risidagi bitimni ilova qilgan holda) yoki sertifikat berishni rad etish to‘g‘risidagi qarorni yuboradi.

Qaror qabul qilingan kunning o‘zida

Ariza beruvchi

Sertifikat berish to‘g‘risida qaror qabul qilinganda — sertifikat va muvofiqlik belgisini qo‘llash huquqini berish to‘g‘risida bitim tuzadi.

30 kun davomida

Markaz

Sertifikatlashtirish milliy tizimining Davlat reyestrida sertifikatni rasmiylashtiradi va ro‘yxatdan o‘tkazadi. Ariza beruvchi vakiliga sertifikatni beradi.

Ro‘yxatdan o‘tkazilgan kunning o‘zida

(1-ilova O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 17-noyabrdagi 722-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 18.11.2020-y., 09/20/722/1611-son)
Turistik xizmatlarni sertifikatlashtirish va turistik industriya obyektlarini tasniflash tartibi to‘g‘risidagi nizomga
2-ILOVA
“TURIZM XIZMATLARINI
SERTIFIKATLAShTIRISh MARKAZI”
DUK

Turistik xizmatlarni sertifikatlashtirish va turistik industriya obyektlarini tasniflash tartibi to‘g‘risidagi nizomga
3-ILOVA
Arizachining xodimlari to‘g‘risida
MA’LUMOTLAR

T/r

Familiya, ismi, otasining ismi

Lavozim

Ma’lumoti
(ta’lim muassasi nomi, ixtisosligi, diplom raqami va berilgan sanasi)

Turizm davlat qo‘mitasining malaka sertifikati raqami va berilgan sanasi

1.

2.

3.

4.

5.












____________________________________________________________________________


(arizachi rahbarining lavozimi, F.I.O.)

_________________________


(shaxsiy imzo)




20___ yil ___ __________
(sana)

Turistik xizmatlarni sertifikatlashtirish va turistik industriya obyektlarini tasniflash tartibi to‘g‘risidagi nizomga
3a-ILOVA
Arizachining xodimlari to‘g‘risida
MA’LUMOTLAR

T/r

Familiya, ismi, otasining ismi

Lavozim

Qutqaruv xizmatlari organida attestatsiyadan o‘tish dalolatnomasi raqami va berish sanasi

1.

2.

3.

4.









________________________________________________________________________________________________________________________


(arizachi rahbarining lavozimi, F.I.O.)

____________________________________________


(shaxsiy imzo)



20___ yil ___ __________


(sana)

Turistik xizmatlarni sertifikatlashtirish va turistik industriya obyektlarini tasniflash tartibi to‘g‘risidagi nizomga
4-ILOVA
Arizachi tomonidan tuzilgan shartnomalar
RO‘YXATI

T/r

Kontragent nomi

Kontragent ko‘rsatadigan xizmat turi

Shartnoma raqami va sanasi

Shartnomaning amal qilish muddati

Xizmat ko‘rsatish uchun asos bo‘luvchi litsenziyalar, ruxsatnomalar va sertifikatlar raqami, sanasi va amal qilish muddati

1.

2.

3.

4.

5.

6.









________________________________________________________________________________________________


(arizachi rahbarining lavozimi, F.I.O.)

______________________________________


(shaxsiy imzo)

20___ yil ___ __________


(sana)

Turistik xizmatlarni sertifikatlashtirish va turistik industriya obyektlarini tasniflash tartibi to‘g‘risidagi nizomga
5-ILOVA
Sertifikatlashtirishni o‘tkazish uchun
TO‘LOV MIQDORI
Oldingi tahrirga qarang.

T/r


Download 1.4 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   64




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling