1. Quyidagilar: Oldingi tahrirga qarang
Download 1.4 Mb.
|
433 10.07.2020
I toifa — ish tajribasiga ega bo‘lgan turoperator va turagentlar:
a) 3 yilgacha; b) 3 yildan (+ 1 kun) 10 yilgacha; v) 10 yildan ortiq. II toifa — joylashtirish vositalari; III toifa — transport xizmatlarini ko‘rsatuvchi tashkilotlar. II va III toifadagi turizm sohasining subyektlari mavjud bo‘lmagan hollarda ularning o‘rniga I toifadagi turizm sohasi subyektlari tanlanadi. Ko‘rgazmalar va (yoki) yarmarkalarda ishtirok etish uchun ajratilgan joylar soni quyidagi toifalarga bo‘linadi: turoperator va turagentlar uchun — 60 foiz; joylashtirish vositalari uchun — 20 foiz; transport xizmatlarini ko‘rsatuvchi tashkilotlar uchun — 20 foiz. Ko‘rgazmalar va (yoki) yarmarkalarda ishtirok etish uchun eng yaxshi turizm sohasining subyektini tanlash unga berilgan eng yuqori ball to‘plangan holda amalga oshiriladi. Joylashtirish vositlari va transport xizmatlarini ko‘rsatuvchi tashkilotlar tomonidan ko‘rgazma va (yoki) yarmarkada ishtirok etish uchun qiziqish bildirilmagan taqdirda, ular uchun ajratilgan o‘rinlar turoperator va turagentlar o‘rtasida taqsimlanadi. 13. Turizm sohasining subyektlari uchun ko‘rgazma va (yoki) yarmarkada qatnashish uchun tanlovda teng imkoniyatlar mavjud bo‘lganda, Komissiya raisi qaroriga binoan subyektga ustunlik beriladi. 14. Ariza ro‘yxatga olingan sanadan boshlab 20 kalendar kuni ichida Markaz turizm sohasining subyektini tekshirish hamda ushbu Nizomda ko‘zda tutilgan tadbirlarda qatnashish uchun tanlovdan o‘tkazish natijalari haqida xabardor qiladi. 15. Markaz ushbu Nizomda ko‘zda tutilgan tadbirlarda qatnashish uchun tanlov yakunlangan sanadan boshlab uch ish kuni ichida tanlov jarayonidan o‘tgan turizm sohasining subyektlari haqidagi axborotni uzbekistan.travel veb-saytida va Qo‘mitaning internet tarmog‘idagi rasmiy veb-saytida shu jumladan Markazning axborot resurslarida joylashtiradi, shuningdek, tanlovdan o‘tmagan turizm sohasining subyektlarini qabul qilingan qarorning sabablari haqida xabardor qiladi. 4-bob. Komissiyaning ish tartibi 16. Komissiya faoliyati qarorlar mas’uliyatlilik, oshkoralik va kollegiallik asosida muhokama qilish va qabul qilish orqali amalga oshiriladi. 17. Komissiya o‘z faoliyatida qonunchilik va ushbu Nizomga amal qiladi. 18. Komissiya a’zosini almashtirishga faqat Qo‘mita raisining qaroriga ko‘ra yo‘l qo‘yiladi. 19. Komissiya, agar uning majlisida komissiya a’zolarining kamida uchdan ikki qismi qatnashsa (kvorum), o‘z funksiyalarini amalga oshirishda qonuniy huquqqa ega bo‘ladi. Komissiya a’zolari komissiya majlisi o‘tkaziladigan joy, sana va vaqt haqida o‘z vaqtida xabardor qilinishi lozim. Komissiya a’zolari tomonidan sirtdan ovoz berish yoki so‘rov yo‘li bilan qaror qabul qilinishi mumkin. 20. Quyidagilar Komissiyaning asosiy funksiyalari hisoblanadi: a) turizm sohasi subyektlarining arizalarini (ma’lumotlarini, hujjatlarini) ko‘rib chiqish, baholash va taqqoslash; b) tanlovda qatnashishga ruxsat berish yoki o‘rnatilgan talablarga javob bermaydigan arizalarni rad etish to‘g‘risida qaror qabul qilish; v) majlis natijalari bo‘yicha bayonnomalarni to‘ldirish. 21. Komissiya a’zolari quyidagi huquqlarga ega: a) barcha taqdim etilgan hujjatlar va tanlov materiallari bilan tanishish; b) komissiya majlisida so‘zga chiqish va bayonnomalarning to‘g‘riligini tekshirish. 22. Komissiya a’zolari: a) qonunchilik va ushbu Nizom talablariga rioya qilish; b) komissiya majlislarida shaxsan ishtirok etish; v) turizm sohasi subyektlarining arizalarida va boshqa hujjatlarda mavjud bo‘lgan ma’lumotlarning sir saqlanishini ta’minlashlari shart. 23. Komissiyaga komissiya raisi rahbarlik qiladi. Komissiya raisi komissiya ishining tashkil etilishi uchun javobgardir. Komissiya raisi bo‘lmagan davrda uning majburiyatlarini komissiya raisining o‘rinbosari bajaradi. Komissiya majlisida rais quyidagilarni amalga oshiradi: a) komissiyaning ishiga umumiy rahbarlik qiladi; b) komissiya majlisini o‘tkazish vaqtini tasdiqlaydi; v) komissiya majlisi qonuniy huquqqa egaligini e’lon qiladi yoki komissiya a’zolarining zarur soni mavjud emasligi tufayli uni ko‘chirish to‘g‘risida qaror chiqaradi; g) komissiya majlisini ochadi va olib boradi, tanaffuslarni e’lon qiladi; d) kun tartibini e’lon qiladi; e) muhokama qilinayotgan masalalarni ko‘rib chiqish tartibini belgilaydi; j) so‘zga chiquvchilarga so‘z beradi; z) komissiya a’zolarining takliflarini va qabul qilinayotgan qarorlarning loyihalarini ovozga qo‘yadi, ovoz berishga yakun chiqaradi va qabul qilingan qarorlarni e’lon qiladi; k) zarurat tug‘ilganda, ishga ekspert jalb qilish masalasini komissiya muhokamasiga qo‘yadi; l) majlislar davomida tuziladigan bayonnomalarni imzolaydi; m) qonunchilik va ushbu Nizomga muvofiq ravishda boshqa ishlarni amalga oshiradi. 24. Komissiya turizm sohasi subyektlarining arizalarida taqdim qilingan ma’lumotlarga tayanib, shuningdek, olingan ma’lumotlardan kelib chiqib va ekspertlar jalb qilinsa, ularning fikrini e’tiborga olib, qaror qabul qiladi. 25. Komissiya qarori kvorum mavjud bo‘lganda, majlisda qatnashayotgan komissiya a’zolarining oddiy ko‘pchilik ovozi bilan qabul qilinadi. 26. Ovozlar teng bo‘lgan taqdirda, Komissiya raisi hal qiluvchi ovoz huquqiga ega. Komissiya qarori bayonnoma bilan rasmiylashtiriladi, bayonnoma majlisda ishtirok etayotgan barcha komissiya a’zolari tomonidan imzolanadi. 5-bob. Tanlov natijalari bo‘yicha shartnoma tuzish 27. Komissiya tanlov natijalari bo‘yicha turizm sohasining subyektiga xalqaro tadbirda ishtirok etish uchun ruxsat berish to‘g‘risida qaror qabul qiladi. 28. Komissiya bayonnomasi asosida Markaz tanlab olingan turizm sohasi subyekti bilan tegishli xalqaro turizm ko‘rgazmasi va (yoki) yarmarkasida Qo‘mita huzuridagi budjetdan tashqari Turizm sohasini qo‘llab-quvvatlash jamg‘armasi mablag‘lari hisobidan, uning arizasida va komissiya bayonnomasida ko‘rsatilgan shartlarda ishtirok etish to‘g‘risida shartnoma tuzadi. 29. Agar turizm sohasining subyekti o‘z arizasi va komissiya bayonnomasi shartlarida shartnoma tuzishdan bosh tortsa, unga nisbatan tanlov natijalari bekor qilinadi. 30. Ko‘rgazmada va (yoki) yarmarkada ishtirok etish to‘g‘risidagi shartnomada ko‘zda tutilgan shartga ko‘ra, tadbirda ishtirok etishdan asossiz ravishda voz kechilsa yoki bosh tortilsa, unda turizm sohasining subyekti Markazga Qo‘mita huzuridagi budjetdan tashqari Turizm sohasini qo‘llab-quvvatlash jamg‘armasi hisobidan uning tadbirda qatnashishi uchun sarflangan xarajatlarni qoplab beradi. 31. Komissiya tomonidan o‘z vakolatlari doirasida qabul qilinadigan qarorlar barcha tanlov ishtirokchilari uchun majburiydir. 6-bob. Yakunlovchi qoida Oldingi tahrirga qarang. 32. Mazkur Nizom talablari buzilishida aybdor bo‘lgan shaxslar qonunchilik hujjatlariga muvofiq javobgar bo‘ladi. (32-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 4-apreldagi 153-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 05.04.2022-y., 09/22/153/0266-son) Xalqaro turizm yarmarkalari va ko‘rgazmalarida yangi turdagi xizmat va mahsulotlar bilan ishtirok etishi uchun turizm sohasi subyektlarini tanlab olish tartibi to‘g‘risidagi nizomga 1-ILOVA Xalqaro turizm yarmarkalari va ko‘rgazmalarida yangi turdagi xizmat va mahsulotlar bilan ishtirok etishi uchun turizm sohasi subyektlarini tanlab olish SXEMASI
Download 1.4 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling