1. Quyidagilar: Oldingi tahrirga qarang
Subyektlar Tadbirlar
Download 1.4 Mb.
|
433 10.07.2020
- Bu sahifa navigatsiya:
- Tadbirkorlik subyekti
- Tadbikorlik subyekti
- Moliya vazirligi
- Markaz
(1-ilova O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 20-maydagi 278-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 21.05.2022-y., 09/22/278/0439-son) Xorijiy mamlakatlardan O‘zbekiston Respublikasiga charter reyslarining tashkil qilish xarajatlarini kompensatsiya qilish uchun mablag‘lar ajratish tartibi to‘g‘risidagi nizomga 2-ILOVA Xorijiy mamlakatlardan O‘zbekiston Respublikasiga charter reyslarining tashkil qilish xarajatlarini kompensatsiya qilish uchun mablag‘lar ajratish tartibi to‘g‘risidagi nizomga 3-ILOVA Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 10-iyuldagi 433-son qaroriga 7-ILOVA Xalqaro turizm yarmarkalari va ko‘rgazmalarida yangi turdagi xizmat va mahsulotlar bilan ishtirok etishi uchun turizm sohasi subyektlarini tanlab olish tartibi to‘g‘risida NIZOM 1-bob. Umumiy qoidalar 1. Ushbu Nizom O‘zbekiston Respublikasi Turizmni rivojlantirish Davlat qo‘mitasi huzuridagi budjetdan tashqari Turizm sohasini qo‘llab-quvvatlash jamg‘armasi mablag‘lari hisobidan xalqaro turizm yarmarkalari va ko‘rgazmalarida yangi turdagi xizmat va mahsulotlar bilan ishtirok etish uchun O‘zbekiston Respublikasi Turizmni rivojlantirish Davlat qo‘mitasi (keyingi o‘rinlarda — Qo‘mita) tomonidan tanlov o‘tkazish tartibini belgilaydi. 2. Ushbu Nizomda quyidagi tushunchalar qo‘llaniladi: Markaz — Qo‘mita huzuridagi “Milliy PR-markazi” davlat unitar korxonasi; turizm sohasining subyektlari — turistik xizmatlar majmuini yoki ularning bir qismini ko‘rsatish, qo‘shimcha turistik xizmatlarni (ishlarni) bajarish hamda turistlar va ekskursantlarga tovarlarni realizatsiya qilish bo‘yicha tadbirkorlik faoliyatini amalga oshiruvchi yuridik va jismoniy shaxslar. 3. Tanlov asosida tanlab olingan (keyingi o‘rinlarda — tanlov) turizm sohasining subyektlari xalqaro turistik ko‘rgazma va yarmarkalarda (keyingi o‘rinlarda — ko‘rgazma va (yoki) yarmarka) ko‘rgazma maydonlarini ijaraga olish, eksponatlar uchun inshootlar yaratish va o‘rnatish xarajatlarini qoplashdan ozod qilinadi. Xalqaro turizm yarmarkalari va ko‘rgazmalarida yangi turdagi xizmat va mahsulotlar bilan ishtirok etishi uchun turizm sohasi subyektlarini tanlab olish ushbu Nizomga 1-ilovadagi sxema bo‘yicha amalga oshiriladi. 4. Ushbu Nizomga 2-ilovada ko‘rsatilgan xalqaro turizm ko‘rgazmalari va yarmarkalarida turizm sohasining subyektlarining ishtirok etish bilan bog‘liq xarajatlari ushbu Nizomning 3-bandida belgilangan xarajatlarni Qo‘mita huzuridagi budjetdan tashqari Turizm sohasini qo‘llab-quvvatlash jamg‘armasi mablag‘lari hisobidan moliyalashtiriladi. 2-bob. Tanlovda ishtirok etish tartibi va shartlari 5. Xalqaro turizm yarmarkalari va (yoki) ko‘rgazmalarda xizmatlar va mahsulotlarning yangi turlari bilan ishtirok etish uchun turizm sohasining subyekti tadbirdan 90 kalendar kun oldin Markazga ushbu Nizomga 3-ilovaga muvofiq shakldagi arizani (keyingi o‘rinlarda — ariza) shaxsan o‘zi, pochta aloqa vositalari orqali yoki elektron shaklda topshiradi. 6. Arizaga quyidagilar ilova qilinishi kerak: a) tadbirkorlik subyekti sifatida davlat ro‘yxatidan o‘tganligi haqida guvohnoma nusxasi; b) turistik faoliyatni amalga oshirish uchun litsenziyalar nusxalari; v) turizm xizmatlariga qonunchilikda o‘rnatilgan tartibda olingan sertifikat nusxalari; g) ushbu Nizomga 4-ilovada ko‘rsatilgan ma’lumotlar mavjudligini tasdiqlovchi ma’lumot va hujjatlar. 7. Tanlovda qatnashish talablari va shartlari quyidagilardan iborat: a) O‘zbekiston Respublikasi qonunchiligiga muvofiq “kirish turizmi” yo‘nalishi bo‘yicha tadbirkorlik faoliyatini amalga oshirish; b) qayta tashkil etish, tugatish va bankrotlik jarayonida bo‘lmasligi; v) O‘zbekiston Respublikasining rezidentlari bo‘lishi; g) qo‘mita tomonidan ilgari o‘tkazilgan ko‘rgazmalarda ishtirok etish uchun Qo‘mitaga qarzdorligining yo‘qligi. 8. Markaz subyektlar tomonidan taqdim qilingan arizalarni kelib tushishiga muvofiq ravishda, markazning axborot resurslaridan foydalangan holda, elektron shakldagi daftarda qayd etadi. 9. Markaz turizm sohasining subyektlari tomonidan taqdim etilgan arizalarni kelib tushgan kundan boshlab 5 ish kuni davomida arizani ko‘rib chiqadi va tanlovda ishtirok etish yoki tanlovda ishtirok etishni rad etish to‘g‘risida qaror qabul qiladi. 10. Arizani rad qilishi uchun quyidagilar asos bo‘ladi: a) ushbu Nizomning 5-bandida ko‘zda tutilgan hujjatlarni taqdim qilmaslik (to‘liq bo‘lmagan hajmda taqdim qilish); b) taqdim etilgan arizalar va hujjatlarda ishonib bo‘lmaydigan ma’lumotlar mavjudligi; v) subyekt tomonidan ariza va hujjatlarni taqdim etish muddatlarining buzilishi; g) ushbu Nizomning 6-bandida ko‘rsatilgan talablarga rioya qilmaslik. Markaz qaror qabul qilgandan keyin ikki ish kuni mobaynida turizm sohasining subyektiga qabul qilingan qarorni yuboradi. 3-bob. Turizm sohasining subyektlarini tanlab olish tartibi 11. Ko‘rgazma va (yoki) yarmarkada ishtirok etuvchi turizm sohasining subyektlarini tanlab olish Qo‘mita raisining buyrug‘i bilan tasdiqlanadigan maxsus komissiya (keyingi o‘rinlarda — komissiya) tomonidan amalga oshiriladi. Komissiya tarkibiga Qo‘mita, Markaz va O‘zbekiston Xususiy turizm tashkilotlari uyushmasi rahbarlari (mutaxassislari) kiradi. Qo‘mitaning qarori bilan Komissiya raisi etib Qo‘mita rahbariyati tarkibiga kiruvchi mansabdor shaxs tayinlanishi mumkin. Markaz Komissiyaning ishchi organi hisoblanadi. Ko‘rgazma va (yoki) yarmarkada ishtirok etuvchiturizm sohasining subyektlarini tanlash ushbu Nizomga 2-ilovada keltirilgan ball tizimiga muvofiq amalga oshiriladi. 12. Ko‘rgazma va (yoki) yarmarkalarda ishtirok etish uchun turizm sohasining subyektlarini tanlash quyidagi toifalar bo‘yicha amalga oshiriladi: Download 1.4 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling