1. Quyidagilar: Oldingi tahrirga qarang


bajaruvchi — tashrif buyuruvchiga mehmonxona xizmatlarini taqdim qiluvchi tadbirkorlik subyekti; bron qilish


Download 1.4 Mb.
bet5/64
Sana18.06.2023
Hajmi1.4 Mb.
#1579676
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   64
Bog'liq
433 10.07.2020

bajaruvchi — tashrif buyuruvchiga mehmonxona xizmatlarini taqdim qiluvchi tadbirkorlik subyekti;
bron qilish — tashrif buyuruvchi (buyurtmachi) tomonidan joylashtirish vositasida nomerni (joyni) avvaldan buyurtma qilish;
buyurtmachi — mehmonxona xizmatlarini ko‘rsatish to‘g‘risidagi shartnomaga muvofiq mehmonxona xizmatlarini buyuruvchi yoki sotib oluvchi jismoniy yoki yuridik shaxs;
joylashtirish bo‘yicha xizmatlar (keyingi o‘rinlarda — mehmonxona xizmatlari) — joylashtirish vositasida vaqtinchalik yashash joyi berish bo‘yicha xizmatlar majmui;
joylashtirish vositalari — mehmonxonalar, turizm bazalari va majmualari, dam olish uylari va zonalari, pansionatlar, kempinglar, motellar, xostellar, oilaviy mehmon uylari, o‘tov va palatkali oromgohlar, sanatoriylar va mehmonxona xizmatlari — vaqtincha yashash xizmatlarini ko‘rsatadigan boshqa obyektlar, shuningdek tunash uchun qayta jihozlangan yer usti transporti;
nomer (joy) narxi — vaqtincha yashash va bajaruvchi tomonidan belgilangan vaqtincha yashash bilan bog‘liq boshqa mehmonxona xizmatlari qiymati;
ommaviy shartnoma (keyingi o‘rinlarda — shartnoma) — bajaruvchi tomonidan tuzilgan hamda mehmonxona xizmatlarini ko‘rsatish bo‘yicha uning vazifalarini belgilovchi shartnoma;
tashrif buyuruvchi — mehmonxona xizmatlarini buyurgan, sotib olgan va/yoki foydalanadigan jismoniy shaxs.
Oldingi tahrirga qarang.
3. Mehmonxona xizmatlariga, shu jumladan, ularning hajmi va sifatiga doir talablar, qonunchilik hujjatlarida boshqa talablar nazarda tutilmagan bo‘lsa, bajaruvchi va tashrif buyuruvchi (buyurtmachi)ning kelishuviga binoan belgilanadi.
(3-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 4-apreldagi 153-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 05.04.2022-y., 09/22/153/0266-son)
4. Nomer (joy) narxi bajaruvchi tomonidan mustaqil belgilanadi.
5. Mehmonxona xizmatlari doimiy yashash joyi, fuqarolik, jismoniy shaxslarning qarindoshlik va nikoh munosabatlari, shuningdek, shaxsiy hayot huquqini cheklovchi boshqa omillardan qat’i nazar ko‘rsatilishi lozim.
6. Bajaruvchi mazkur Nizom talablariga zid bo‘lmagan, joylashtirish vositasida mehmonxona xizmatlarini ko‘rsatish va ulardan foydalanishning ichki qoidalarini (keyingi o‘rinlarda — joylashtirish vositasining ichki qoidalari) belgilashi lozim.
Oldingi tahrirga qarang.
7. Joylashtirish vositasiga tashrif buyuruvchining kelish vaqtidan boshlab va uning ketishigacha bo‘lgan muddatda u band qilgan nomerga (joyga) turar-joy daxlsizligi to‘g‘risidagi qonunchilik hujjatlari normalari tatbiq etiladi.
(7-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 4-apreldagi 153-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 05.04.2022-y., 09/22/153/0266-son)
8. Mehmonxona xizmati ko‘rsatish tartibi bajaruvchi tomonidan tashrif buyuruvchiga (buyurtmachiga) eng ma’qul shaklda ma’lum qilinadi.
Oldingi tahrirga qarang.
9. Joylashtirish vositalari majburiy ravishda O‘zbekiston Respublikasi Turizm va madaniy meros vazirligi huzuridagi “Turizm xizmatlarini sertifikatlash markazi” DUK tomonidan sertifikatlashtiriladi.
(9-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 20-maydagi 278-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 21.05.2022-y., 09/22/278/0439-son)
10. Toifa berilgan joylashtirish vositasining mulkdori va (yoki) egasi uning mazkur toifaga muvofiq bo‘lishini ta’minlashi shart.
2-bob. Bajaruvchi va u tomonidan taqdim etiladigan mehmonxona xizmatlari to‘g‘risida ma’lumotlar
11. Bajaruvchi, tashrif buyuruvchilar tanishishi uchun qulay bo‘lgan joyda, shu jumladan, joylashtirish vositasining qabul qilish joyidagi ma’lumotlar taxtasiga va internet tarmog‘idagi rasmiy veb-saytiga (agar mavjud bo‘lsa) quyidagi ma’lumotlarni joylashtirishi lozim:
a) bajaruvchi to‘g‘risidagi ma’lumotlar, xususan, nomi, manzili, bog‘lanish uchun telefon raqami, elektron pochta manzili;
b) bajaruvchining yuqori turuvchi tashkiloti to‘g‘risidagi ma’lumotlar (agar mavjud bo‘lsa);
v) joylashtirish vositasining tegishli toifasi to‘g‘risidagi ma’lumotlar (agar mavjud bo‘lsa);
g) mehmonxona xizmatlari uchun muvofiqlik sertifikati nusxasi yoki oilaviy mehmon uylari va xostellar yagona reyestridan ko‘chirma;
d) nomerlar (joylar) narxi;
e) nomer (joy) narxiga kiradigan mehmonxona xizmatlari ro‘yxati;
j) mehmonxona xizmatlariga to‘lovni amalga oshirish shakli va tartibi to‘g‘risidagi ma’lumotlar;
z) alohida to‘lov evaziga, bajaruvchi tomonidan ko‘rsatiladigan boshqa mehmonxona xizmatlari ro‘yxati, narxi hamda ularni olish shartlari;
i) nomer (joy) bron qilish va bronni bekor qilish shakli, shartlari va tartibi to‘g‘risida ma’lumotlar;
k) imtiyoz olish huquqiga ega bo‘lgan shaxslar toifasi ro‘yxati, shuningdek, mehmonxona xizmatlarini ko‘rsatishda taqdim etiladigan imtiyozlar ro‘yxati (agar mavjud bo‘lsa);
l) joylashtirish vositasida uchinchi shaxslar tomonidan to‘lov evaziga ko‘rsatiladigan boshqa xizmatlar to‘g‘risida ma’lumotlar (agar mavjud bo‘lsa);
m) joylashtirish vositasiga kelish (ketish) vaqti to‘g‘risida ma’lumotlar;
n) joylashtirish vositasida mehmonxona xizmatlarini ko‘rsatish va ulardan foydalanish qoidalari to‘g‘risida ma’lumotlar.
12. Bajaruvchi joylashtirish vositasida bo‘lish qoidalari to‘g‘risida har bir nomerni axborot bilan ta’minlashi lozim.
13. Bajaruvchi va u ko‘rsatadigan mehmonxona xizmatlari to‘g‘risidagi ma’lumotlar tashrif buyuruvchilarga davlat tilida hamda qo‘shimcha ravishda ingliz va rus tillarida, shuningdek, bajaruvchining ixtiyoriga ko‘ra boshqa tillarda ma’lum qilinadi.
3-bob. Mehmonxona xizmatlarini taqdim etish tartibi va shartlari
14. Bajaruvchi nomerlar (joylar) bron qilishni har qanday shaklda, shu jumladan, shartnoma yoki buyurtma qabul qilish usulida (telefon yoki boshqa shaklda) amalga oshirish huquqiga ega.
15. Bajaruvchi tomonyoidan joylashtirish vositasida bron qilishning quyidagi turlari qo‘llaniladi:

Download 1.4 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   64




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling