36.suyaklarning uzluksiz birikishlari. Synchondros turlari. Uzluksiz ravishda qo’shilgan
suyaklar qimirlamaydi yoki harakati juda chegaralangan bo’ladi bularni bo’g’im deb bo’lmaydi.
Uzluksiz birikish 3 xil bo’ladi
1. suyaklarning o’zaro biriktiruvchi to’qima vositasida birikishi—Syndesmos.
2. Suyaklarning o’zaro tog’ay bn birikish—Synchondrosis.
3. Suyaklarning o’zaro suyak bn birikishi—Synostosis.
Synchondros tog’ay vositasida birikish ko’pincha chaqaloqlarda kichik yoshdagi suyaklarda
uchraydi. Bu vaqtda keyinchalik yaxlit bo’lib ketadigan ba’zi suyaklar masalan, peshona suyagi,
pastki jag’, ensa, chakka, ponasimon suyak, gavdadagi naysimon suyaklar bir necha
bo’laklardan iborat bo’ladi va tog’aylar vositasida birlashib turadi. Kattalarda saqlanib qolgan
bunday birlashmalar 2 xil tog’ay vosiyasida gialin (shishasimon) tog’ay (masalan qovurg’alar
bn to’sh suyagining birlashishi) va tolali (fibroz tola arlashgan) tog’ay orqali (masalan umurtqa
tanalari orasidagi birlashish) tutashgan bo’ladi. Shuni ham aytish kerakki, tog’aylar (ayniqsa
tolali) yumshoq bo’lgani tufayli, syndesmos birlashishga qaraganda birmuncha harakatchan
bo’ladi. Odatda haqiqiy bo’g’imlarning atrofi fibroz to’qimadan tuzilgan xalta bn o’ralgan
bo’lib, ichida sinivial suyuqlik bo’ladi. Lekin yarim bo’g’imlardagi bir biriga yaqin turgan
ikkita suyakning o’rtasini to’ldirgan tog’ay qismning ichida bo’shliq bo’ladi va unda ham
suyuqlik bo’ladi (masalan ikkiqov suyagining qo’shilgan joyi).
37. Diarthroslar bo’g’imlardagi harakat turlari. Suyarlar bo’g’im hosil qilib harakatli
Do'stlaringiz bilan baham: |