1§. Temir olishning domnadan tashqari usullari tasnifi. Ayrim ta'riflar


§. Temir rudali xom ashyoni bo‘laklash


Download 67.5 Kb.
bet13/15
Sana24.03.2023
Hajmi67.5 Kb.
#1290735
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   15
Bog'liq
umuka temir

26§. Temir rudali xom ashyoni bo‘laklash
Oxirgi ma'lumotlar bo‘yicha, Rossiya Federatsiyasining bo‘laklash fabrikalarida energoresurslar sarfi quyidagilardan iborat:
aglomerat ishlab chiqarishda:
umumiy yoqilg‘i-energetik xarajatlar 2,05-2,12 mln. kJ/t;
shu jumladan, elektroenergiya sarfi 41,6-42,9 kVt∙s/t. yoki 141-179 ming.kJ/t; texnologik yoqilg‘i sarfi 1,91-1,94 mln. kJ/t;
shartli yoqilg‘i sarfi 67,5 kg u.t./t;
okatishni ishlab chiqarishda:
umumiy yoqilg‘i-energetik xarajatlar 911-1056 ming. kJ/t;
shu jumladan, elektroenergiya sarfi 58,4-63,1 kVt∙s/t. yoki 210-227 ming.kJ/t;
shartli yoqilg‘i sarfi 33,7 kg u.t./t.
Temir rudali xom ashyoni bo‘laklashda temir talafoti 15 dan oshmaydi.
Yoqilg‘i-energetik xarajatlar singari, atrof-muhitga chiqindilar ham bo‘laklash fabrikasining texnologiyalari darajasiga va jihozlar holatiga bog‘liq. Rossiya va Ukrainaning aglomeratsiya fabrikalarida qattiq zarralar chiqindilari 1990-1993 yillarda 15-20 kg/t aglomeratni tashkil etgan. 1996 yilda “Severstal” AJ aglomeratsiya sexida chang chiqib ketishi 2 kg/t aglomeratni tashkil etgan. Xorij davlatlarining hozirgi aglomeratsiya fabrikalari ham shuncha qattiq zarralarni atmosferaga chiqaradilar. Bu Rossiya Federatsiyasining eskirgan aglomeratsiya sexlarini qayta qurish zarurligini tasdiqlaydi.
Aytilgan fikrlarga qaramasdan, aglomeratsiya fabrikalarida azot oksidlari chiqindilari uncha ko‘p emas va chamasi 0,6-1,6 kg/t tashkil etadi. Masalan, 1996 yilda “Severstal” AJ aglomeratsiyassexida 0,6 kg NОx/t aglomerat atmosferaga o‘tgan.
Uglerod monooksidi va oltingugurt oksidi chiqindilarini hisoblash mumkin. Uglerodning 40 kg/t aglomerat sarflanishida va SO+SO2 yig‘indisida SO ulushida, 0,15 teng bo‘lgan chiqadigan aglomeratsion gazlarda SO miqdori 40∙ 0,15∙ 28/12 = 14 kg aglomeratni tashkil etdi. Shubhasizki, aglogazda SOning kam miqdoriga erishish qiyin. Bu holatda atrof-muhit muhofazasini maxsus eskirmagan usullardan foydalanish bilan bog‘lash lozim. Amaliyotda SO ning atmosferaga chiqindilari yuqori. “Severstal” AJ aglomeratsiya sexida 30,3 kg SO atmosferaga chiqariladi.
Bo‘laklashdagi oltingugurt chiqindilari bu sohada hozirgacha qizdirib biriktirish jarayonida oltingugurtni eng ko‘p chiqarib yuborishga yo‘naltirilgan texnik uslub bilan bog‘liqdir. Shu sababli, masalan, 0,3 % S miqdorli temir rudali materialdan aglomerat olishda va uni 90 % chiqarib yuborish darajasida (ko‘pgina aglomeratsiya sexlarida ham shunday) atmosferaga 2,7 kg oltingugurt/t aglomerat chiqariladi. 1993 yilda RFda aglomerat olishda 0,5-5,0 kg oltingugurt/t aglomerat atmosferaga chiqarilgan (1996 yilda “Severstal” AJda -2,1 kg/t).
Okatish ishlab chiqarishda atmosferaga chiqindilar aglomeratsiyaga qaraganda ancha kam va 5,5 kg/t qattiq zarralar, 1-3 kg/t oltingugurt, 0,01-0,22 kg/t NOx, СO- qoldiqlarni tashkil etdi.

Download 67.5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   15




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling