1. Xalqaro savdo bitimlari bo’yicha tijorat kelishuvlari Xalqaro oldi-sotdi bitimlar va ularning turlari


XALQARO OLDI-SOTDI BITIMLAR VA ULARNING TURLARI


Download 76.51 Kb.
bet2/10
Sana16.06.2023
Hajmi76.51 Kb.
#1501683
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
Bog'liq
21. TURLI MAMLAKATLARDA SAVDO AMALIYOTINING TASHKIL ETILISHI VA MONOPOLIYALARGA BOʼLGAN MUNOSABATLAR

2. XALQARO OLDI-SOTDI BITIMLAR VA ULARNING TURLARI
Xalqaro savdoda oldi-sotdi bitimlari qatoriga eksport, import, reeksport va reimport bitimlarini kiritish mumkin. Eksport bitimlari bu chet ellik xaridorga tovarni sotuvchining mamlakatidan chet elga olib chiqib sotishdir.
Import bitimlari tovarni chet ellik sotuvchidan sotib olish va uni keyinchalik ichki bozorda sotish maqsadida chet eldan mamlakatga olib kirishni ifodalaydi. Xaridor mamlakatga kimoshdi savdosi, ko’rgazma va yarmarkalarga olib kiriluvchi tovarlar ham import bitimi ob’ekti bo’lishi mumkin. Import sifatida olib kiriluvchi tovar tayyor mahsulot bo’lishi yoki xaridor mamlakat ichida qayta ishlanishi kerak bo’lgan yarim tayyor mahsulot bo’lishi mumkin.
Reeksport bitimi tovarni chet ellik sotuvchidan sotib olib mamlakatga olib kirish, so’ngra bu tovarni (qayta ishlamasdan) boshqa chet ellik xaridorga sotishdir. Bu operatsiyalar transport xarajatlarini oshirmaslik va yetkazib berish muddatini qisqartirish maqsadida amalga oshiriladi.
Reimport bitimi chet eldan mamlakatda ishlab chiqarilgan, lekin kimoshdi savdolarida sotilmagan, chet ellik xaridor tomonidan sifatsiz deb topilgan, u yerda qayta ishlanmagan yoki xaridorning to’lov layoqatiga ega emasligi sababli qaytarib berilgan mahsulotlarni mamlakat hududiga qayta olib kirishni anglatadi. Chet eldan qaytarib olib kelinayotgan mahalliy tovarlar, masalan, ko’rgazmalarga vaqtinchalik olib chiqilgan tovarlar reimport tarkibiga kiritilmaydi.
Xalqaro savdoda oldi-sotdi bitimlari yetkazib berish (shartnoma ishtirokchilari tomonidan kelishilgan va shartnomada belgilangan vaqt davomida sotuvchi tovarni xaridorga yetkazib berishni o’z zimmasiga olgan) muddatiga ko’ra imperativ, diapozitiv, aniqlangan va aniqlanmagan turlarga taqsimlanadi.
Imperativ muddat tovarni yetkazib berish muddatini tomonlarning kelishuviga ko’ra o’zgartirish mumkin emasligini nazarda tutadi.
Dispozitiv muddatda kontragent hisoblanuvchi tomonlar mamlakat qonunchiligida tomonlarning kelishuviga asosan yetkazib berish muddatini o’zgartirish mumkinligi ko’zda tutiladi.
Aniqlangan muddatda tovarni yetkazib berish muddatining boshlanishi va tugallanishi, shuningdek, turli hodisalar vaqti aniq ko’rsatilishi ko’zda tutiladi.
Eksport-import tovar oldi-sotdisi bitimlari bo’yicha aniqlanmagan muddat koordinatalarni ko’rsatgan holda belgilanadi, masalan, «o’z vaqtida», «darhol»,
«kechikmasdan».

Download 76.51 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling