1. Xalqaro savdo bitimlari bo’yicha tijorat kelishuvlari Xalqaro oldi-sotdi bitimlar va ularning turlari


Download 76.51 Kb.
bet9/10
Sana16.06.2023
Hajmi76.51 Kb.
#1501683
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
Bog'liq
21. TURLI MAMLAKATLARDA SAVDO AMALIYOTINING TASHKIL ETILISHI VA MONOPOLIYALARGA BOʼLGAN MUNOSABATLAR

Gordon Brown sammit hususida


Londondagi sammitga qadar bir necha hafta oldin Britaniya Bosh vaziri Gordon Brown uch continent sari bir necha mamlakatlarga tashrif buyurgan. Tashriflar sababi Londonda oʻtkaziladigan sammitda oʻzining moʻljallagan maqsadlarini qolgan mamlakatlar tomonidan qoʻllab-quvvatlanishini koʻzlaganini Bosh vazirning oʻzi taʼkidlagan. Angliya Banki tomonidan boshqariladigan soliq-byudjet harakatlarini ragʻbatlantirish masalalarini Braun tashriflari vaqtida oʻzining koʻzlagan maqsadlarini ham birgalikda bayon etib oʻtgan. Fransiyaning Strasburg shahrida joylashgan Yevroparlament majlisida u rejalashtirgan harajatlar muhokama qilingan. Bosh vazir bulardan tashqari AQSh, Braziliya, Argentina va Chili mamlakatlariga safarlar uyushtirgan.[10] Braun proteksionizm haqida:



Keyingi haftada sammitda tushadigan habarladan biri bu albatta proteksionistik mamlakatlardan voz kechganimiz boʻladi va biz bu mamlakatlarni nazorat ostimizga olamiz. Erkin savdo amaliyotida qatnashish uchun zaruriy mamlakatlar ham bu sammitda ishtirok etishadi –deya hal qiluvchi soʻzini bayon etgan.[11]



London sammitiga qadar bir necha hafta oldin byudjetni ragʻbatlantirish savollar va fikrlar muhim joy egallab muhbirlar munozarasiga sabab boʻlgan. Sammitda Britan va Amerika hukumatlari iqtisodiy ragʻbatlantirish masalalarini oʻz foydasiga hal qilishgan. Bu vaqtning oʻzida Fransuz va Nemis hukumatlari odatdagi kabi bu qarorlar dastidan mamlakatlarning tashqi qarzlari koʻpayishiga olib kelishi va bu holat qolgan mamlakatlarga ahamiyatga molik mummolar olib kelishini taʼkidlab qarshi chiqishgan. 2009-yilning 26-martida Chehiya Bosh vaziri Mirek Topolanek iqtisodiy siyosatining kritikalari sababli AQSh Prezidenti Barack Obama bilan tortishib qolishgan.

G20 barcha vakillari Londondagi sammit ishtirok etish uchun 1-aprel kuni yetib kelishgan. Londondagi sammitga qilgan safaridan oldin Fransiya Prezidenti Nicolas Sarkozyining taklifiga koʻra Fransiya sammitdan chiqish kabi hodisalarda biron bir ahamiyatga molik muammo boʻlmasa bunday qilish kerak emas deya 1965-yildagi Charles de Gaulle qarori bilan mamlakatning NATOdan chiqishi va bu holatda mamlakat boʻshliqda qolganligini yana bir bor tanqid qilgan.[13] Londondagi matbuot anjumanida Obama va Braunlar birgalikda sammitga kiritiladigan yangi takliflar faqatgina koʻpayishini taʼkidlashgan.[14] Sarkozi va Merkel alohida uyushtirilgan matbuot anjumanida ikkalasi ham moliyaviy bozorlar nazoratini qattiq nazoratga olish va oʻz jamoasini kelajakda moliyaviy ragʻbatlantirish kabi masalalar borasida G20 sammiti kelishuvlar qabul qilishini izohlab oʻtishgan.[15] 1-aprelning oqshomida barcha G20 sammitida ishtirok etayotgan vakillar qirolicha Elizabeth II tomonidan Bukingem saroyida tashkil etilgan uchrashuvda ishtirok etishgan. Saroydagi uchrashuvdan soʻng vakillar Londonning Dauning koʻchasida joylashgan muhtasham bosh vazir qarorgohida uyushtirilgan tushlik dasturhon atrofida yigʻilishgan.[16] Sammit rasmiy ravishda 2-aprelning tongida Excel va Custom House markazlarida oʻz faoliyatini boshlagan.



Download 76.51 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling