1. Xalqaro savdo bitimlari bo’yicha tijorat kelishuvlari Xalqaro oldi-sotdi bitimlar va ularning turlari


Download 76.51 Kb.
bet4/10
Sana16.06.2023
Hajmi76.51 Kb.
#1501683
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
Bog'liq
21. TURLI MAMLAKATLARDA SAVDO AMALIYOTINING TASHKIL ETILISHI VA MONOPOLIYALARGA BOʼLGAN MUNOSABATLAR

4. KELISHUV TURLARI.
Kliring kelishuvlari Kliring kelishuvlari yetkazib berilayotgan tovar yoki ko’rsatilayotgan xizmat qiymatining tengligidan kelib chiquvchi javob tariqasidagi talab va majburiyatlarni o’zaro hisobga olish to’g’risidagi hukumatlararo kelishuvlardir.
Hisob-kitoblarda yuzaga keluvchi saldoni to’lash usullari bo’yicha kliring kelishuvlari uch turga bo’linadi:

  • erkin konversiyali kliring (yo’l qo’yish mumkin bo’lgan chegaradan oshgan saldo faqat tovar yetkazib berish yo’li bilan to’lanadi);

  • konversiyasiz kliring (yo’l qo’yish mumkin bo’lgan chegaradan oshgan saldo erkin konvertatsiyalanuvchi valyuta bilan to’lanadi);

  • cheklangan konversiyali kliring (yo’l qo’yish mumkin bo’lgan chegaradan oshgan saldo tomonlar kelishuvidagi summadan ortganda yoki ilgari belgilangan muddat davomida to’lanmagan hollarda erkin konvertatsiyalanuvchi valyuta bilan to’lanadi).

Kliring kelishuvlari texnik jihatdan ikki yoqlama hisob yoki yagona hisob tizimi bo’yicha amalga oshirilishi mumkin.

  1. Ikki yoqlama hisob tizimi to’lov kelishuvida ishtirok etuvchi mamlakatlarning markaziy banklarida kliring hisob-kitobini amalga oshirish uchun maxsus hisob-raqamlari ochilishini nazarda tutadi.

  2. Yagona hisob tizimi barcha hisob-kitoblarni amlaga oshirish uchun mamlakatlardan biridagi bankda (yoki bir nechta bankda) maxsus hisob raqami (yoki hisob raqamlari) ochilishini nazarda tutadi. Ikki yoqlama hisob tizimi ko’proq qo’llanadi. Kliring kelishuvlari eksportchi firmalar bilan barcha hisob kitoblarni faqat milliy vallyutada amalga oshirishga imkon beradi (eksportchi yetkazib berilgan tovar uchun to’lovni kliring hisob-kitoblarini bajaruvchi bankdan milliy valyutada oldai, importchi esa shu bankka kliring bo’yicha olingan tovarlar uchun to’lovni milliy valyutada to’laydi). Kliring kelishuvlarining asosiy kamchiligi kliring bo’yicha eksportdan olingan mablag’lar faqatgina tovar eksport qilingan mamlakat hududida tovar sotib olish mumkinligida namoyon bo’ladi.


Download 76.51 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling