Agentlik kelishuvlari Agentlik kelishuvi bu huquqiy yoki jismoniy shaxs (agent) bilan tuziluvchi shartnoma turi bo’lib, odatda yozma shaklda tuziladi. Xalqaro agentning o’ziga xos jihati shundaki, u o’z faoliyatini printsipal nomidan va uning hisobiga (printsipal deb nomlanuvchi bir tomonning savdo yoki tijorat agenti deb nomlanuvchi ikkinchi tomonga beruvchi topshirig’i) amalga oshiradi. Uning roli printsipal tomonidan yuklatilgan majburiyat doirasida oldi-sotdi bitimining amalga oshirilishiga ko’maklashishdan iborat.
Oddiy agentlik to’g’risidagi kelishuv printsipalga belgilangan hududda agentlik kelishuvi predmeti bo’lgan tovarlarni mustaqil ravishda yoki boshqa firmalarni jalb qilgan holda sotish yoki sotib olish huquqini beradi.
Agentning monopol huquqi to’g’risidagi kelishuv printsipalni belgilangan hududda agentlik kelishuvi predmeti bo’lgan tovarlarni mustaqil ravishda yoki boshqa firmalarni jalb qilgan holda sotish yoki sotib olish huquqidan mahrum qiladi.
Ustunlik huquqi (o’ng qo’l huquqi) to’g’risidagi kelishuv printsipal ziimasiga birinchi navbatda agentlik kelishuvi predmeti hisoblangan tovarni agentga taqdim etish majburiyatini yuklaydi, agent mazkur tovar partiyasi bilan ishlashni rad etgandan so’nggina printsipal bu tovarni belgilangan hududda mustaqil ravishda yoki boshqa firmalarni jalb qilgan holda sotish yoki sotib olish huquqiga ega bo’ladi. Shu bilan bir paytda xorijiy firma vakili hisoblangan agent eksportchi manfaatlari yo’lida quyidagi funktsiyalardan har birini bajarishi lozim bo’ladi:
Do'stlaringiz bilan baham: |