1. Xalqaro savdo bitimlari bo’yicha tijorat kelishuvlari Xalqaro oldi-sotdi bitimlar va ularning turlari
Download 76.51 Kb.
|
21. TURLI MAMLAKATLARDA SAVDO AMALIYOTINING TASHKIL ETILISHI VA MONOPOLIYALARGA BOʼLGAN MUNOSABATLAR
- Bu sahifa navigatsiya:
- Moliya vazirlari sammiti
Yevropa liderlari sammiti
Yevropa Ittifoqining 20 mamlakatlaridan faqat toʻrtta aʼzolari Birlashgan Qirollik, Olmoniya, Fransiya va Italiya hamda Yevropa iqtisodiyotida muhim rol oʻynaydigan ikki mamlakat Ispaniya va Niderlandlar 2009-yilning 22-fevralida Berlinda Londondagi sammitga tayyorgarlik va oʻz yoʻnalishlarini aniqlash sifatida sammitda qatnashishgan. Lekin bu ikki mamlakat Niderlandlar va Ispaniya G20 sammitida taklif qilinganlar orasida qatnashilishini oldindan ogohlantirishgan.[6] Bu Berlindagi uchrashuv Kansler Angela Merkel tomonidan taklif qilingan asoslar tufayli muhim ahamiyatga ega sammitga aylangan. Vakillar sammit davomida moliyaviy muassisalarning faoliyatini kengaytirish va bu holatlarda tashkil qilinadigan har bir moliyaviy muassisalar tartibdagi nazorat qoidalariga javob berishi kerakligi haqida kelishuv imzolangan. Bundan tashqari soliq toʻlovidan qochuvchilarga qarshi choralarni kuchaytirish ham nazarda tutilgan muammolar koʻrib chiqilgan.[7] Yevropa liderlari baʼzi bir muammolar girdobiga tortayotgan mamlakatlarga qarshi choralar va sanksiyalar qoʻllash kerakligi haqida kelishib olishgan. Sammit soʻngida mamlakatlar Xalqaro Valyuta Jamgʻarmasidagi faoliyatini mustahkamlash uchun ushbu tashkilotga moliyaviy vositalar yetkazishni ikki barobarga koʻpaytirish hususidagi kelishuvga erishilgan. Moliya vazirlari sammitiG20ga aʼzo mamlakatlar markaziy banklarining raislari va Moliya vazirlari uchrashuvi 2009-yilning 14-martida Horashamda Londondagi sammitga tayyorgarlik sifatida oliy maqomda uchrashuv boʻlib oʻtgan. Uchrashuv ishtirokchilari jahon iqtisodiyoti oʻsishini tiklash uchun mashgʻullik va talabotni ragʻbatlantirish harakatlarining yechimlari va bu ishga birgalikda yondashishni tavsiya qilganlar. Ishtirokshilar shu bilan birgalikda proteksionizmning barcha turlariga qarshi kurash va horijiy sarmoyalardan unumli foydalanish hamda savdo aloqalarini qoʻllash shular jumlasidandir. Bu uchrashuv kelajakda iqtisodiyotning ijobiy tomonida boʻlish maqsadida halqga imtiyozli kreditlar yetkazish va bank sistemasida rekapitalizatsiyalar oʻtkazish hamda ularning rejalarini isloh qilib ragʻbatlantirish masalalari koʻrib chiqilgan. Markaziy banklar vakillari oʻrtasida mamlakatning kurs siyosatini nazoratga olish va tushirish ishlarini qoʻllab quvvatlash haqida fikrlari almashilgan. Sammit davomida liderlar yangi paydo boʻlayotgan bozorlar va rivojlanayotgan mamlakatlar qiziqishlarini Xalqaro Valyuta Jamgʻarmasining faoliyat darajasini oshirish orqali qoʻllab quvvatlash masalalari hal qilingan. Moliyaviy tizim faoliyatini kengaytirish maqsadida ishtirokchilar bir necha takliflar kiritgan. Moliya muassisalarining barcha muhim javobgarliklarga mos faoliyat yuritishi hamda barcha hisob fondlarini roʻyxatdan oʻtkazish tartiblari va fond hisoblarini qabul qiladigan shaxslar tomonidan tegishli hujjatlar yoki maʼlumotlar mahsus organlarga yetkazilishi shular jumlasidandir.[9] Ishtirokchilar asosiy muammolardan biri boʻlgan masala yani, biznes shirkatlarida yangicha usulda imtiyozli kreditlar joriy etish va oʻsishni kuchaytirish maqsadida yangicha takliflar kiritishgan.[9] Kelajakda moliyaviy tashkilotlar faoliyatini kengaytirish orqali inqirozdan chiqish yoʻllari koʻrib chiqilgan.[9] Moliya vazirlari hamda Markaziy banklar raislari sammit davomida Xalqaro tashkilotlarning qimmatli qogʻozlar boʻyicha kodeksiga javob berishi muhim sanalgan kredit agentliklari faoliyatini boshqarish zaruriyati, transport vositalari harakatlarini nazoratga olish va kredit ishlab chiqarish bozorlarining taqiqlangan hududlardagi faoliyatini toʻhtatish kelishuvlari imzolangan. Download 76.51 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling