1. Xalqaro savdo bitimlari bo’yicha tijorat kelishuvlari Xalqaro oldi-sotdi bitimlar va ularning turlari


Download 76.51 Kb.
bet6/10
Sana16.06.2023
Hajmi76.51 Kb.
#1501683
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
Bog'liq
21. TURLI MAMLAKATLARDA SAVDO AMALIYOTINING TASHKIL ETILISHI VA MONOPOLIYALARGA BOʼLGAN MUNOSABATLAR

Lizing bitimlari. Xalqaro lizing bu turli mamlakatlar korxona va tashkilotlari tomonidan tuziluvchi ijara shartnomasidir. U lizing firmasi va ijarachi yoki lizing firmasi va ta’minlovchi (ijaraga beriluvchi mulk egasi) turli mamlakatlarda joylashganligi bilan tavsiflanadi. Xalqaro lizing eksport va import lizing turlariga taqsimlanadi.
Eksport lizing – bunda lizing firmasi asbob-uskuna, mashina va maydonlarni milliy firmadan sotib oladi so’ngra uni chet ellik ijarachiga beradi.
Import lizing – bunda lizing firmasi asbob-uskuna, mashina va maydonlarni chet ellik firmadan sotib oladi so’ngra uni o’z mamlakatidagi ijarachiga beradi.
Amalda xalqaro moliyaviy lizing va tezkor lizing kengroq tarqalgan.
Xalqaro tezkor lizing qisqa muddatli kelishuv bo’lib, lizing predmeti amortizatsiyasi bir nechta ketma-ketlikdagi iste’molchilarning to’lovlari hisobiga amalga oshirilishiga asoslanadi. Mazkur lizing shakli reyting deb ham ataladi hamda mashina va asbob-uskunalarni reyting jamiyati tomonidan ijarachining sotib olish huquisiz qisqa muddatli ijaraga berishini ifodalaydi. Bunda reyting jamiyati asbob-uskunalarni ta’mirlash bo’yicha barcha xarajatlarni to’laydi va buni lizingga nisbatan yuqoriroq ijara stavkalari hisobiga qoplaydi.
Xalqaro moliyaviy lizing xalqaro tezkor lizingdan farq qiladi. Unda ijaraga beruvchi (lizing kompaniyasi) aktivlarga kiritilgan kapital qo’yilmalarni yagona ijarachidan qoniqarli foyda olish hisobiga to’liq qoplanishiga harakat qiladi. Shu sababli lizing davri ushbu aktivning xizmat qilish muddatining asosiy qismini qoplaydi, ijarachi esa texnik xizmat ko’rsatish va ta’mirlashni o’z zimmasiga olladi.
5. TURLI MAMLAKATLARDA MONOPOLIYAGA MUNOSABAT VA CHEKLANGAN SAVDO AMALIYOTI
Eksport va import sohasiga tegishli hukumat qarorlari (cheklovlari) xalqaro savdoga jiddiy to’siq bo’lishi mumkin. Quyidagi qaror va cheklovlarni ajratib ko’rsatish mumkin:

  • valyutani tartibga solish bo’yicha qarorlar;

  • eksportni litsenziyalash;

  • importni litsenziyalash;

  • savdo embargosi, ya’ni ba’zi tovarlarni mamlakatdan eksport qilish taqiqlanishi mumkin; biroq ba’zi tovarlarni import qilishning taqiqlanishi (chunki bir xil mahsulot ishlab chiqaruvchi mahalliy va xorijiy kompaniyalar raqobatchi hisoblanadi) yoki ba’zi mamlakatlardan siyosiy sabablarga ko’ra tovarlar importining cheklanishi haqiqatga yaqinroq;

  • import kvotalari — bu holatda mamlakat ayrim mamlakatlardan keltiriluvchi ba’zi bir tovarlar miqdori har oy yoki yil davomida cheklab qo’yiladi;

  • mamlakat hududida sotilayotgan barcha tovarlar sifati, o’ziga xos xususiyatlari va xavfsizlik standartlariga oid qonun hujjatlari, sog’liqni saqlash va gigienaga (ayniqsa, oziq-ovqat mahsulotlariga) oid qonun hujjatlari standartlari; patentlar va savdo markalari, tovarlar o’rovi va unda keltirilgan ma’lumotlar hajmi (masalan, ba’zi bir konservalangan oziq-ovqat va ichimliklarda sog’liq uchun xavf to’g’risidagi ma’lumotlar); import qilinuvchi tovarlar uchun bojxona kliringida zarur bo’lgan hujjatlar (bojxona kliringida ushlanib qolish xalqaro savdoda qiyinchiliklar tug’dirishi mumkin) ga tegishli hukumat qarorlari.


Download 76.51 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling