1. Xalqaro savdo bitimlari bo’yicha tijorat kelishuvlari Xalqaro oldi-sotdi bitimlar va ularning turlari
Download 76.51 Kb.
|
21. TURLI MAMLAKATLARDA SAVDO AMALIYOTINING TASHKIL ETILISHI VA MONOPOLIYALARGA BOʼLGAN MUNOSABATLAR
3. TOVAR AYIRBOShLASh BITIMLARI
Tovar ayirboshlash operatsiyalari yoki xalqaro muqobil savdo (keutertreyd) savdo bitimlari yig’indisi bo’lib, ularni tuzishda mahsulot sotib olish turli sabablarga ko’ra eksport-import operatsiyalarida muvozanatga erishish maqsadida javob tariqasida tovar yetkazib berish bilan amalga oshiriladi. Tovar ayirboshlash operatsiyalarida sotuv hajmi odatda qiymat bo’yicha teng bo’lmaydi, mahsulot uchun hisob-kitob to’laligicha pul shaklida yoki saldo hajmida o’zaro tovar yetkazib berish shaklida amalga oshiriladi. Tovar ayirboshlash operatsiyalarining quyidagi shakllari mavjud: javob tariqasidagi muqobil xaridlar, barter bitimlar, kompensatsiya kelishuvlari, xalqaro savdoni asosan valyuta hisob-kitoblarisiz amalga oshirish imkonini beruvchi «ofset» va «svich» kliring bitimlari Javob tariqasidagi xaridlar bu javob tariqasidagi muqobil savdoning shakllaridan biri bo’lib, bunda retsipient mamlakat import qilinayotgan mahsulot, texnologiya yoki asbob-uskunalarga to’xtovsiz tovar yetkazib berish bilan hisob-kitob qiladi. Javob tariqasidagi xaridda eksport buyurtmasini olish sharti sifatida eksportchi ma’lum bir mamlakatda tovar yoki xizmatlarni sotib olish majburiyatini oladi. Ikki xil parallel, mustaqil shartnomalar mavjud: Asosiy (eksport) buyurtma. Uning haqi naqd pul ko’rinishida yoki kreditga to’lanadi. Asosiy buyurtmaning 10-100%ini tashkil etuvchi miqdorda tovar yoki xizmatlarni qarama-qarshi xarid qilishga buyurtma. Javob tariqasidagi xarid buyurtmasi muayyan tovarlar uchun shartnomada yoki maqsadlar deklaratsiyasida keltirilishi mumkin. Bunda tovarlar asosiy eksport buyurtmasidagi tovarlarga umuman bog’liq bo’lmasligi mumkin. Javob tariqasidagi xarid tashqi savdoda eng ko’p uchraydigan savdo shakli bo’lib, ayniqsa Sharqiy eropa mamlakatlari, Hindiston va Indoneziya kabi mamlakatlar bilan savdoda keng tarqalgan. Ofset bitimi xalqaro savdoda javob tariqasidagi operatsiyalarning bir turi bo’lib, tovar ayirboshlashni hamda turli xil xizmat va imtiyozlar o’rniga kapital kiritish imkoniyatini taqdim etishni nazarda tutadi. Kompensatsiya bitimlari oldi-sotdi shartnomasi bo’lib, teng qiymatli tovarlarni yetkazib berilishini ko’zda tutadi. Bu bitimlar asosan raqobatchilar zarur to’lov vositalariga ega bo’lmagan hollarda qo’llanadi. Bu vaziyatda ta’minlovchi o’z tovarlarini kontragentga bu tovarlardan ishlab chiqarishda foydalanib, to’lov sifatida ta’minlovchi ilgari yetkazib bergan yarim tayyor mahsulotlar, xom-ashyo, tovar yoki kreditlash xizmatlaridan foydalangan holda ishlab chiqarilgan mahsulotni yetkazib berish shartlarida yetkazib beradi. Tovar nomenklaturasi va ularning narxi bo’yicha kelishuvdan so’ng ikkala ro’yxat kompensatsiya kelishuviga ilova qilinadi va uning ajralmas qismi hisoblanadi. Mazkur kelishuvning o’ziga xosligi shundan iboratki, tomonlardan biri ro’yxatda belgilangan tovarlarni yetkazib bera olmagan hollarda u o’z mamlakatidagi bankda kontragent foydasiga uning yetkazib berilmagan tovar uchun pul mablag’larini olishi uchun hisob raqami ochishi mumkin. Bu pulni faqat shu mamlakat hududidagina sarflash mumkin. boshqacha qilib aytganda, kliring shaklidagi o’zaro hisob-kitoblar amalga oshiriladi. Barter savdosi valyutasiz, biroq pul qiymatida baholangan, bevosita shartnoma orqali rasmiylashtirilgan muvozanatlangan tovar ayirboshlashdir. Tovarni baholash teng kuchli ayirboshlash uchun sharoit yaratish, shuningdek, bojxona hisobi, sug’urta miqdorini aniqlash, shikoyatlarni baholash va jarima belgilash uchun amalga oshiriladi. Barter bitimida o’zaro shikoyatlar bo’yicha hisob-kitoblar (jarima, arzonlashtirish va hokazo) qo’shimcha tovar yetkazib berish yoki aksincha, tovar yetkazib berishni kamaytirish yo’li bilan amalga oshiriladi. Barter bitimidan foydalanishning asosiy sabablari erkin konvertatsiya qilinuvchi valyutaning yetishmasligi, uning barqaror emasligi, tavakkalchilik kabilar hisoblanadi. Xalqaro valyuta likvidligi muammosi keskinlashganda xalqaro savdoda barter bittimlarining soni ortadi. Bundan tashqari, zamonaviy xalqaro sharoitlarda barterdan narx va soliq bosimini kamaytirish, tijorat-xo’jalik aloqalari o’zilishining oldini olish uchun ham foydalaniladi. Barterning eng katta kamchiligi hamkorlar manfaatlarining mos tushishi zarurligidadir. Bitimlar qisqa muddatli xarakterga ega bo’ladi. Barterning yana bir salbiy jihati mamlakatga kirib keluvchi valyuta oqimining yo’qligidir. «Svich» yoki «svop» savdosi odatda ochiq dengizda hujjatlarni almashtirish va tovar jo’natilgan manzilni o’zgartirish yordamida amalga oshiriladi. «Svitch» bitimi juda murakkab bo’lib, unda turli bozorlardagi brokerlar, sotuvchi va xaridorlar bo’g’ini ishtirok etishi mumkin. Download 76.51 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling