104-guruh uchun jahon tarixidan yakuniy savollariga javoblar. Ilk va qadimgi podsholiklar davrida misr
Download 188.27 Kb.
|
JAHON TARIXIDAN YAKUNIY JAVOBLARI (H.X)
4) SO`NGGI PODSHOLIK DAVRIDA MISR. M.av. XI asr boshlarida Misrda Yangi podsholik davri barham topib, So'nggi podsholik davri boshiangan Bu davrni “Liviya-Sais davri” ham deyiladi. Yangi podsholik davrida Misr qo'shinida yollangan ajnabiy liviyalik askarlar xizmat qilishar edi. Yangi podsholik oxiridagi tarqoqlikdan ajnabiy liviyaliklar ustalik bilan foydalanganlar. Ular misrliklami harbiy xizmatdan chetlashtirib, davlat tashkilotlarining yuqori lavozimlarini egallab olgan. M. av. 945-yili liviyalik Sheshonk I shimolda hokimiyatni egallab olgan. U XXII sulolaga asos solib, Liviya sulolasi Misrda m. av. 945-yildan 722-yilgacha hukmronlik qilgan. Ular deltadagi Bubas- tis shahrini o'z davlatlarining poytaxti qilib tanlaganlar. Shuning uchun liviyaliklar asos solgan sulola "bubastislar sulolasi” deb ham ataladi. Sheshonk I va uning vorislari davrida xo'jalik va qurilish ishlari biroz jonlangan. U Falastin va Nubiya ustiga qo'shin tortib borgan. U yerlardan ko'plab harbiy asir, katta o'ljalar bilan Misrga qayt- gan. Bubastislar davrining oxiriga kelib Misr yana kuchsizlanadi. Sharqdan Ossur qo'shinlarining istilosi boshlanadi. Ossurlar bilan Suriya Falastin-Misming birlashgan qo'shinlari m. av. 853-yili Qar- qara shahri yaqinida to'qnashadi. Jangda Ossur qo'shinlari g'alabaqozonadi. Bu mag'lubiyatdan so'ng Misrning obro'si tushib ketadi. Shu davrda kelib chiqishi liviyalik Tanis hukmdori Petubastis m.av. 808-yilda o'zini Misr fir’avini deb e’lon qilib, 23- sulolaga asos soladi. Bu sulola davrida Misrdagi ahvol yanada vomonlashadi. M. av. VIII asrda hukmronlik qilgan 24-sulola vakillari, xususan Bakxoris davrida (m.av. 721-715) mamlakatni inqiroz botqog'idan qutqarish uchun ayrim islohotlar o'tkazilgan. Bu islohotlar ham Misrdagi ahvolni yaxshilay olmagan. Mamlakatda vaziyat yana yomonlashib, Misr qaytadan mayda hokimliklaiga - nomlarga bo'linib ketgan. Yangi podsholik davri yagona davlatning yemirilishi bilan Misr 3-o‘tish davri (mil.avv. 1075–656-yillar)ga kirdi. Bu davrda Misr rasman yagona podsho hokimiyati bo‘lsa-da, siyosiy tarqoqlik o‘zining yuqori cho‘qqisiga chiqdi. Nomlar o‘rtasida kuchli ziddiyatlar mavjud edi. Bu davrda Misrda chet ellik: Liviya, Efiopiya va osur sulolalari hukmronlik qildilar. Davrning boshlarida Quyi va O‘rta Misrda markazi Tanis shahri bo‘lgan (mil.avv. 1075–945-yillar) XXI sulola hukmronlik qildi. Janubiy Misr Xerixorning vorislari Amon-Ra ibodatxonasining oliy kohinlari boshqaruvi ostida edi. Bu vaqtda alohida nomlar kuchayib ketdi. XXI sulola va Amon-Ra ibodatxonasi oliy kohinlari nomlar ning merosiy nomarxlari separatizmiga qarshi tura olmadilar. Ichki kurashlar sababli parokandalikka yuz tutgan mamlakat tez orada chet elliklarga qaram bo‘la boshladi. Misrda bu davrda liviyaliklarning ta’siri kuchayib ketdi. Liviyaliklar deltaning g‘arbida va Nil daryosining shimoliga tutashgan joylarda hamda g‘arbiy vohalarda qadimdan yashab kelganlar. Ular «mashasha» yoki «ma» deb atalganlar. Bu qabilalar mustaqil, lekin madaniy jihatdan Misrga qaraganda ancha orqada edilar. Yangi podsholik fir’avnlari davrida Misr gullab-yashnaydi va misrliklar ning liviyaliklar bilan aloqalari yanada kuchaydi. Shu davrdan boshlab liviyaliklar Misr madaniyati bilan tanishib, Misrga ko‘plab kelib o‘rnashganlar. Fir’avnlar liviyaliklarni yollanma askar sifatida xizmatga qabul qilib, ularga asosan deltadan chek yerlarni ajratib berganlar. XX-XXI sulola vakillari davrida liviyaliklarning ko‘chib kelishi yanada jadallashgan. Liviya zodagonlaridan ba’zi birlari asta-sekinlik bilan oliy kohinlik lavozimlarini egallaydilar. Sais quyi Nil tar- mog'ining g'arbiy qismidajoylashgan shahar bo'lib, atrofi botqoq- liklar bilan qurshalgan edi. Asli Kichik Osiyolik Sais hukmdorlari- dan Psammetix I Lidiya, Yunoniston va Bobil bilan ittifoq tuzib mamlakatdan efiopiyaliklarni va ossuriyaliklarni surib chiqargan. Shundan so'ng janubiy Misrda ham o'z hokimiyatini mustahkam- lab, m.av. 655-yilda mamlakatni birlashtirish nihoyasiga yet- kazilgan. U 26-sulolaga asos solib, bu sulola m. av. 664-yildan 525-yilgacha Misrda hukmronlik qilgan. Psammetix 1 mamlakat obodonchiligi va xo'jaligini rivojlantirish ishiga homiylik qilgan. Psammetix I ning o'g'li va taxt vorisi Nexo II (m.av. 610-595) Misrni kuchli davlatga aylantirish uchun harakat qilgan. U Falastin va Suriya janubida Misr ta'sirini qayta tiklamoqchi bo'lib, Frot daryosigacha borgan. Ammo Frot daryosi sohiliga chiqqan. Nexo II qo'shinlari bobilliklarning qarshiligiga duch kelgan. Karxemish yonidagi jangda uning qo'shinlari bobilliklardan yengiladi. Nexo II davrida Misrda obodonchilik va xo'jalikni rivojlantirishga kat- la e’tibor berilgan. Xuddi shu davrda Qizil dengiz bilan O'rtayer dcngizini birlashtiradigan 84 km uzunlikdagi kanal qazilgan. Kanal qurilishida asirlar, qullar va oddiy aholi ishlagan. Qurilish vaqtida 120 mingdan ortiq odam og'ir mehnat natijasida o'lib ketgan. Nexo II buyrug'i bilan Finikiya dengizchilari m.av. 600-597-yillarda Af- rika atrofini aylanib chiqqanlar. M. av. 569-yiIi mamlakatda g'ala- yonlar boshlangach Misr taxtini sarkarda!ardan bo'lgan Yaxmos II egallagan. U m. av. 570—525-yi 11 arda Misrda podsholik qilgan. U Misr davlatini mustalikamlash uchun ko'p harakat qilgan. Lekin, Yaxmos II Eroniylar Misrga bostirib kirishlaridan biroz oldinroq vafot etgan. M. av. 525-yili Eron qo'shinlari Pelusiya yonida bo'lgan jangda Misr qo'shinlarini tor-mor etadi. Eron shohi Misrni istilo qilgan va o'ziga tobe qilib olgan. Shu vaqtdan boshlab Kamibiz 27- sulolaga asos solib o'zini ham Eron podshosi, ham Misr fir’avni deb e’lon qiladi. Ammo 28, 29 va 30- sulola vakillari misrliklardan boigan. M. av. 332-yili Misr Makedoniyalik Aleksandr davlati tarkibiga kirib, uning vafotidan keyin bu yerda Ptolemeylar davlati qaror topgan. Keyinchalik esa Misr Rim saltanati tarkibiga qo'shib olingan. 395-yildan Misr Vizantiya ta'siriga tushib qolgan. Shu bilan Qadimgi Misr tarixi barham topib. tarix sahnasidan butunlay ketgan.
Download 188.27 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling