104-guruh uchun jahon tarixidan yakuniy savollariga javoblar. Ilk va qadimgi podsholiklar davrida misr


) QADIMGI MESOPATAMIYADA YAGONA DAVLATNING TASHKIL TOPISHI


Download 188.27 Kb.
bet6/88
Sana09.01.2022
Hajmi188.27 Kb.
#263284
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   88
Bog'liq
JAHON TARIXIDAN YAKUNIY JAVOBLARI (H.X)

6) QADIMGI MESOPATAMIYADA YAGONA DAVLATNING TASHKIL TOPISHI. Mil.avv. IV ming yillikda Mesopotamiyaning janubida shumerlar kelib o‘rnashadi. Mil.avv. III ming yillikda Mesopotamiya janubida shumerlar, Dajla va Frot daryolarining o‘rta oqimida akkad, shimolda xurrit xalqlari jamoa davridan davlat va jamiyatga o‘ta boshladilar. Mil.avv. III ming yillikning birinchi yarmida Mesopotamiya janubida qator shahar-davlatlar: Eredu, Ur, Larsa, Uruk, Kish va Lagash paydo bo‘ladi. Hunarmandchilik yuqori darajada rivojlanadi. Metallurgiya sanoati birinchi o‘ringa chiqib oladi. Metall quyish, kavsharlash, payvandlash usullari o‘zlashtiriladi. Ilk sulola davri (mil.avv. XXVIII – XXVII asrlar)da shahar-davlat tepasida «En» (janob) – oliy kohin turgan. Ehtimol, u saylab qo‘yilgan. «En»ning vazifasi kohinlik, ibodatxona ma’muriyatini boshqarish, ibodatxona, shahar qurilishi, sug‘orish inshootlarini barpo qilish va shuningdek, jamoa mulki hamda uning iqtisodiyotini boshqarish bo‘lgan. Mil.avv. III ming yillik o‘rtalarida «En» unvoni o‘rniga «Ensi» («kohin – quruvchi» shahar boshqaruvchisi) va «Lugal» («katta odam», «podsho», akkadcha «sharru») paydo bo‘ladi. Mil.avv. III ming yillik boshlarida Mesopotamiyaning janubi Shumer kichikroq, lekin aholi zich joylashgan hudud bo‘lgan. Shumerda yuqori darajada hosil beradigan sug‘orma dehqonchilik ko‘p sonli aholini yetarli ozuqa bilan ta’minlashi mumkin edi. Uning asosiy markazlari bo‘lgan Ur, Uruk, Larsa, Kish, Lagash va Umma shaharlari bir-biridan bir necha km uzoqlikda joylashgan edi. Shahar va uning atrofida dehqonlar, hunarmandlar, kohinlar yashagan. Mil.avv. III ming yillikda Mesopotamiya shahar-davlatlari natural xoj’alikka asoslangan sug‘orma dehqonchilik asosida yashagan. Mil.avv. III ming yillikda Shumer janubida 17 shahar – davlat iqtisodiyotining asosi sun’iy sug‘orishga asoslangan dehqonchilik bo‘lib, hunarmandchilik va savdo rivojlangan. Shahar-davlatlar o‘rtasida hududda yetakchilik uchun o‘zaro raqobat kuchli bo‘lgan. Mil.avv. III ming yillik boshlaridan shumerlar jezni o‘zlashtira boshladilar. Arxeologlar shu davrdan Ilk sulola davrini (mil.avv. 3000–2300-yillar atrofi) belgilaydilar. Shumer an’anasiga ko‘ra, mamlakat tarixi «to‘fon»gacha va «to‘fondan» keyingi davrga bo‘linadi. Haqiqatdan ham, mil.avv. 2900-yillar atrofida «to‘fon», ya’ni Dajla va Frot daryolarida katta toshqin yuz bergani Quyi Mesopotamiyada olib borilgan arxeologik qazishmalar orqali o‘z isbotini topdi. BirKishning zaiflashuvi Uruk shahar-davlatining yuksalishi bilan boshlangan. Mil.avv. 2600-yillar atrofida Kish shahrining podshosi Aggi Uruk shahrining podshosi Gilgamesh (mashhur doston qahramoni) tomonidan taxtdan tushiriladi. Gilgamesh butun Shumerni birlashtiradi. Rivoyatlarga ko‘ra, u xudoning o‘g‘li bo‘lib, o‘limidan so‘ng xudo sifatida ulug‘langan (Ilk sulolaning II bosqichi). Ilk sulola davrining uchinchi bosqichi (mil.avv. 2550-yillar atrofi)da Urukning yetakchiligi o‘rniga o‘zining shaxta (yerosti) sag‘analari bilan ma’lum bo‘lgan Ur sulolasi keladi. Ur shahri Janubiy Mesopotamiyada yetakchilik qila boshlaydi. Bu davrning yirik savdo-hunarmandchilik markazlaridan biri Eshnuna shahri bo‘ldi. Ur shahrida podsho hokimiyati kuchaydi. Hukmdorlar uchun hashamatli sag‘analar qurila boshladi. Vaqt o‘tishi bilan ziddiyatlar kuchayishi natijasida Ur zaifla shib, qo‘shni Lagash shahri kuchayib ketdi. Lagash deyarli barcha Shumer shaharlarini bo‘ysundirib, Elam ustidan g‘alaba qozondi. Lagash hokimi Eanatum (mil.avv. 2450–2425 yillar) Umma shahri hokimi ustidan qozongan g‘alabasini «Kalxatlar lavhasi» taxtasida aks ettirdi (Hozir Luvr muzeyida saqlanadi). Mil.avv. XXIV asrda Lagash davlati hududi 2000-2500 kv.kmni, aholisi 150-200 ming kishini tashkil etgan. Lagashda ensi hokimiyati kuchayadi va u Lagash bosh xudosi Ningirsu ibodatxonasining bosh kohini bo‘ldi. Uning hokimiyati urug‘chilik munosabatlarining yemirilishi, savdo-hunarmandchilikning rivojlanishi natijasida shahar aholisining turli tabaqalari tomonidan qo‘llab-quvvatlandi.


Download 188.27 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   88




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling