104-guruh uchun jahon tarixidan yakuniy savollariga javoblar. Ilk va qadimgi podsholiklar davrida misr
Download 188.27 Kb.
|
JAHON TARIXIDAN YAKUNIY JAVOBLARI (H.X)
7) QADIMGI BOBIL DAVLATI. Mesopotamiyada davlatlar o‘rtasida hududda o‘z hukmronligini o‘rnatish uchun o‘zaro urushlar uzoq davom etdi. Bu urushlar davomida asta-sekin Mesopotamiyaning markazida strategik jihatdan mudofaa va himoya uchun qulay joyda joylashgan Bobil (Bab-ili – «xudo darvozasi») shahri yuksala boshladi. Bu shaharda I Bobil yoki amoriylar sulolasi hukmronlik qilib, uning boshqaruvi tarixda qadimgi Bobil (mil. avv. 1894–1595-yillar) davri deb nom oldi. Mesopotamiyaning markazida joylashgan Bobil shahrining yangi siyosiy markaz sifatida roli kuchayadi. Ikki daryo oralig‘ining qoq o‘rtasida joylashuvi, barcha sun’iy sug‘orish inshootlarining va Old Osiyoning quruqlik va daryo yo‘llarining tutashgan joyda o‘rnashgani Bobilning siyosiy, iqtisodiy markaz bo‘lishiga qulay omillar edi. Bobilning gullab-yashnashi I Bobil sulolasining oltinchi podshosi Xammurapi (mil.avv. 1792–1750-yillar) davriga to‘g‘ri keladi. Xammurapi dono, uzoqni ko‘ra oladigan davlat arbobi, ayyor diplomat, yirik strateg, adolatli qonunshunos va mohir tashkilotchi edi. Xammurapi Bobil uchun foydali bo‘lgan ittifoqlar tuzishda mohir diplomat bo‘lib, bu ittifoq o‘z vazifasini o‘tab bo‘lgach, tezda undan voz kechgan. Xammurapi dastlab Larsa bilan ittifoq tuzadi va janubda Elamga qaram bo‘lgan Ur va Issin shaharlarini bosib oladi. Mari bilan ittifoq tuzib, shahrini bosib oladi. Unga xavfli raqib bo‘lgan Elamni 10 yillik urushdan so‘ng, Mari podshosi Zimrilim qo‘shinlari bilan birlashib, mil.avv. 1764-yilda yanchib tashlaydi. Mari bilan birgalikda sobiq ittifoqchisi Larsani o‘ziga bo‘ysundirgach, Xammurapi mil.avv. 1759-yil Mari shahrini bosib oladi. Shimolda faqat zaiflashib qolgan Osuriya davlati qoladi. Uning yi rik shaharlari Ashshur va Nineviya Bobil hokimiyatini tan oladi. Xammurapining vorisi Samsuilin (mil.avv. 1749–1712-yillar) davrida Bobilda ichki ziddiyatlar kuchayib, qishloq jamoalari, jangchilar va boshqa soliq to‘lovchilarning ahvoli yomonlashadi. Mil.avv. 1742-yilda Mesopotamiyaga shimoliy-sharqdan bu yerda avval noma’lum bo‘lgan «kass» etnonimidagi hind-yevropa qabilalari (akkadcha Kassu, zamonaviy fanda kassitlar o‘zlarini kaspe-kaspiy deb atagan) Gandash nomli yo‘lboshchilari bilan bostirib kiradilar. Elam janubda Shumer shaharlariga bostirib kiradi. Sippar va Issin shaharlarida qo‘zg‘olon ko‘tariladi. Shimoliy-g‘arbda yangi Mitanni davlati vujudga keladi. Mitanni davlati Bobilni Kichik Osiyo va Sharqiy O‘rtayer dengizi qirg‘og‘iga boradigan yo‘llardan to‘sib qo‘ydi. Bobil davlati va jamiyati o‘zining ijtimoiy-iqtisodiy va siyosiy tushkunlik davriga kirdi. Mamlakat chuqur ichki ziddiyatlar girdobida qoldi. Bobilning zaifligidan foydalangan Xettlar mil.avv. 1595-yilda Bobilga bostirib kirib, I Bobil sulolasini tugatdilar. Mil.avv. 1595-yildan Bobilda kassit sulolasining hukmronligi boshlanib, 1155-yilgacha davom etdi. Bu davr «O‘rta Bobil davri» deb ataladi. Kassitlar Bobilning yuksak madaniyatini qabul qildilar. Kassit sulolasi faol tashqi siyosat yurita olmadi. Bu davrning qudratli davlatlari Misr, Mitanni, Xettlar podsholigi Old Osiyoda yetakchilik uchun raqobat qildilar, Kassit Bobili iqtisodiy-harbiy jihatdan zaif bo‘lib, ular bilan tenglasha olmas edi. O‘sha davr misr yozuvlari Kassit Bobilining Misr qudratini tan olgani va uning hukmdorlariga sovg‘a-salomlar yuborgani to‘g‘risida ma’lumot beradi. Buria-Buriash davrida (mil.avv. XV asr oxiri) Misrning vaqtincha zaiflashuvi natijasida Bobil Misrga qarshi Mitanni bilan hamkorlik qildi. Mil.avv. XII asrda kassitlar Bobiliga qo‘shni Elam davlati halokatli zarba berdi. Elam bir necha urushlardan so‘ng mil.avv. 1150-yillar atrofida kassitlar sulolasi hukmronligini tugatdi. Lekin biroz vaqt o‘tib, Navuxodonosor I (mil.avv. 1124–1108-yillar) 2-Issin sulolasi davrida elamliklar Bobildan haydab yuborildi. Elamga Novuxodonosor Osuriya va Elam chegarasidagi der qabilasi yonida shunday zarba berdiki, Elam haqida uch asr (mil.avv. 821- yilgacha) biror-bir matn xabar bermaydi. Mil.avv. 729-yilda Bobilni Osuriya bosib oldi. Osuriyaliklar Bobilda mil.avv. VII asrgacha hukmronlik qildilar. Yangi Bobil podsholigining paydo bo‘lishi mil.avv. 629-yilga to‘g‘ri keladi. Lashkarboshi Nabopalasar Bobilda yangi xaldey sulolasiga asos soldi. Navuxudo nosor II ning hukmronlik yillari Bobilning gullab-yashnagan (mil.avv. 605–562-yillar) davri bo‘ldi. Bobil mil.avv. 539-yil oktabr oyida forslar tomonidan bosib olindi va o‘z mustaqilligini abadiy yo‘qotdi. Bobil mil. avv. 331-yilgacha Ahmoniylar davlati tarkibiga kirdi. Keyin esa makedoniyalik Aleksandr davlatiga, uning yemirilishidan so‘ng Salavkiylar davlati tarkibiga kirdi.
Download 188.27 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling