104-guruh uchun jahon tarixidan yakuniy savollariga javoblar. Ilk va qadimgi podsholiklar davrida misr
Download 188.27 Kb.
|
JAHON TARIXIDAN YAKUNIY JAVOBLARI (H.X)
9) SHUMER-AKKAD DAVLATI. Utuxengal vafotidan so'ng Mesopotamiyadagi Shumer -Akkad podsholigi Urning III sulolasiga mansub bo‘lgan qudratli podsholar qo'liga o'tadi. Urning III sulolasining birinehi podshosi va sulola asoschisi Ur shahridan chiqqan Ur-Nammu bo‘lgan. Ur Shumer viloyatidagi shahar-davlatlardan biri bo'lib, Frot daryosining Fors qo'ltig'iga quyilish joyidan yuqoriroqda, daryoning o‘ng sohili da joylashgan edi. Mazkur sulola podsholari guteylar haydal- ganidan so'ng mamlakatda markazlashgan davlat tuzishga harakat qilganlar. Chunki mamlakatda markazlashgan podsholik tuzmay turib ziroatchilik, chorvachilik, hunarmandchilik va savdo-sotiqni keng koiamda rivojlantirib bo'lmas edi. Shumer-Akkad podsholigi irrigatsiya tarmoqlarini yaxshi saqlash va yanada kengaytirishda ko'p jonbozlik ko'rsatgan. Frot, Dajla va uning irmoqlari bo'ylab katta-kichik kanallar qazilgan. Mazkur davrda yirik davlat xo‘jaliklari keng taraqqiy etgan. Davlatga qarashli g'oyat katta yer-mulklarda asosan qullar. cho‘rilar va qisman erkin qishloq aholisi ishlagan. Ishlab chiqarishning rivojlana borishi natijasida xususiy mulk, mulkiy tengsizlik va tabaqa- lanish yanada kuchaygan. Urning 111 sulolasi podsholari davrida yerning katta qismi podsholaprga qarar edi. Yerlarning bir qismi mahalliy hukmdorlar va ibodatxonaga qarashli edi. Podsho yerlari bir-necha turga bo'lingan bo'lib. ularning bir qismi podshoga qarashli edi. Ularda qullar ishlar, ish haqiga chiqqan hosildan ulush olar edilar. Podsho yerlarida erkin dehqonlar ham ishlaganlar. Podsho yerlaridan muayyan qismi ibodatxonalarga foydalanish uchun ajratilgandi. Yerlarning yana bir qismi davlat xizmatchi- lariga, ruhoniylarga va xizmat ko‘rsatgan harbiy lar, jangchilarga berilgan. Mamlakatda podshoga qarashli yer bilan birga jamoa va ayrim shaxslarning yerlari ham bor edi. Bu yerlar shoh yeriga nisbatan juda-juda kam edi. O'sha davrdan qolgan bir hujjatda Lagashda yashagan har xil kishilarga qarashli yer-mulklarning katta-kichigi bayon etilgan. Masalan, bosh ruhoniylarning 36 gektar yeri bo'lgan. Uning yordamchisining 18 gektar. xo'jalik mudirining har qaysisida 15 gektardan yer bo'lgan. Mayda yer egalarida esa 5-6 gektardan 0,5 gektargacha yer bo'lgan. Ur sulo- lasining podsholari qashshoqlikni va jamoa yerlari oldi-sotdisini to'xtatishga harakat qilganlar. Yer-mulkni hadya qilishga ijozat berilgan. Uy-joy va bog'-rog'larni sotish va sotib olish taqiqlan- gan. Urning III sulolalsi davrida davlat juda murakkablashtiriiib podsho xudo darajasiga ko‘tarilgan. Davlat boshqaruv ishlari tan- ho podsho hokimiyati qoiostida bo'lgan. Bu davrda ilgarilari de- yarli mustaqil holda yashab kelgan kichik- kichik davlatlarning mustaqil hukmdorlari bo'lgan patesiylar, podsho tomonidan tay- inlanadigan hokimlar oliy hukmdoming irodasi bilan ish qilgan. oddiy amaldorlarga aylantirilgan. Urning III sulolasi davridagi Shumer-Akkad podsholigida qulchilik ancha rivoj topadi. O'sha davrdagi yozuvlarda patesiylarning o'z shaharlari bilan kam bogTanganliklari, podsho ularni bir shahardan ikkinchi shaharga tez-tez ko'chirib turgani ko'rsatilgan. Ma’muriy vazifalar. sud va moliya. soliq vazifalari patesiy qo'li- da boTgan. U ibodatxonalar bilan yaqin aloqada bo'lib, ularning xo'jalik boyliklaridan foydalangan. O'sha davrda sud kodeksla- rining paydo bo'lishi markaziy hokimiyatning kuchayganligini ko'rsatadi. Mazkur kodeks oila huquqi, meros va birovning bolasini o'ziga bola qilib asrab olishni belgilaydi. Bunda qonun chiqaruvchi meva bog'1 arin i ijaraga olish, qo'riqlash, cho'ponga ishonib topshiril- gan poda uchun uning javobgarJigi. shuningdek, qochqin qullarni bekitganlarga nisbatan qo'llanilgan jazo choralari bilan ko‘proq qiziqqan. Bundan tashqari ters qullarni o'jarliklari uchun qattiq jazolash to'g'risidagi moddalar ham saqlanib qolgan. Hozirgi Tel-Asma degan joyda podsho Eshnunnaning saroyi qazib ochilganda bu yerdan Eshnunnaning Bilalama qonunlar to'plami topilgan. Qonunlar to'plamida Uming III sulolasi qula- gandan keyingi Akkadning xo'jalik va ijtimoiy tuzumiga oid juda ham ko'p qimmatli ma'lumotlar saqlangan. Bu qonunlar to'plami m. av. XX asrga oid bo'lib, unda o'sha davrning ijtimoiy, iqti- sodiy qishloq jamoalari, tabaqalar. qullar, cho'rilar, oldi-sotdi masalalari, qulchilik va boshqa masalalar haqida qimmatli ma’lumotlar bor. Ur-Nammu (m.av. 2111 -2094) va uning o'g'li Shulgi (m.av. 2093 - 2046) davrida Shumer - Akkad podsholigi keng ko'lamda istilochilik urushlari olib borgan. Podsho Shulgi Sharqiy togiiklar- ga, sumuru va lulubey qabilalariga qarshi to'qqiz marta qo'shin tortib borgan. Elamga bostirib borib, Anshanni vayron qilgan va bu yerda Shumer patesiysini hokim qilib qoldirgan. U shimol va shimoli-g'arbga yurish qilib, Subartu. Dajlaning yuqori qismi va Suriyani ham bosib olgan. Ammo uning Mesopotamiyadagi hukmronligi uzoqqa cho'zilmagan. Dashtda yashovchi ko'chmanchi amoriy qabilalari Ikkidaryo oralig'ining serhosil viloyatlari va boy shaharlariga tez-tez hujum qilib turganlar. Gimilsin bu qabi- lalarga qarshi kurash olib borgan va hatto ularning hujumlaridan mamlakatni mudofaa qilish uchun “Amoriylar devori”ni qurdirgan. Ammo podsho amoriylarning shiddatli hujumini daf qila olmagan. Sharq va janubi-sharqdan elamliklarning hujumi boshiangan. Ni- hoyat Urning so'nggi podshosi Ibbi-Suenning qo'shinlari Urga qarshi birlashgan Mari va Elam qo'shinlari tomonidan tor-mor etilgan. Ibb-Suenning o'zi asir tushirib Mariga olib ketilgan. Shu tariqa Ur III sulolasining qudratli davlati qo'shni davlat va qabilalaming hujumlari natijasida barham topgan va qulagan.
Download 188.27 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling