104-guruh uchun jahon tarixidan yakuniy savollariga javoblar. Ilk va qadimgi podsholiklar davrida misr
Download 188.27 Kb.
|
JAHON TARIXIDAN YAKUNIY JAVOBLARI (H.X)
8)QADIMGI MESOPOTAMIYA MADANIAYTI. Mesopotamiya jahon sivilizatsiyasi va qadimgi shahar madaniyatining ilk o‘choqlaridan biri. Mesopotamiya madaniyati bir necha ming yillar davomida rivojlandi hamda qo‘shni madaniyatlarga hayotbaxsh ta’sir qildi. Mesopotamiyada ilk bor yozuv, adabiyot, fan, ta’lim tizimi o‘z davriga nisbatan mukammal rivojlandi. Ilk xalq og‘zaki ijodi, aniq fanlar rivojlandi. Mesopotamiya madaniyati o‘ziga xos xususiyatga ega bo‘lib, bu yerda yaratilgan uyg‘un madaniyat jahon sivilizatsiyasining ajralmas bir qismini tashkil etdi. Mesopotamiya madaniyatining yutuq va kashfiyotlari qadimda va o‘rta asrlarda boshqa madaniyatlar va xalqlar tomonidan o‘zlashtirilib, dunyo madaniyatining keyingi taraqqiyotiga poydevor bo‘lib xiz mat qildi. Bu madaniyatning ilk asoschilaridan biri shumerlar bo‘lib, ular ning yutuqlarini bobilliklar va osuriyaliklar o‘zlashtirib, davom ettirdilar. Mesopotamiya madaniyatining asoslari mil. avv. IV ming yillikda shaharlar paydo bo‘lishi bilan boshlandi. Uning uzoq yashash davrida unga xos ichki yaxlitlik, an’analarning merosiyligi, uning unsurlarini ajralmas aloqasi saqlanib qoldi. Mesopotamiya madaniyatining boshlang‘ich davri o‘ziga xos yozuvning shakllanishi bilan belgilanadi. Keyinchalik bu yozuv mixxatga aylanadi. Mixxat Mesopotamiya sivilizatsiyasining asosiy ildizi bo‘lib, uning barcha jihatlarini birlashtirgan an’analarini saqlab qolish imkoniyatini berdi. Mil.avv. IV–III ming yilliklarda shumer mixxat yozuvi paydo bo‘ldi. Mil.avv. XXIV asrda ilk batafsil yozilgan Shumer matnlari paydo bo‘ldi. Akkad tili Janubiy Mesopotamiyada mil.avv. III ming yillik ning ikkinchi yarmida shakllandi. Shumer va akkad tillari bir-biridan ko‘pgina so‘zlarni o‘zlashtirib oldi. Mil.avv. III ming yillikning oxirida dunyo tarixida ilk bor qadimgi shumer– akkad lug‘atlari tuzilgan. Dastlab shumer yozuvini, keyinchalik shumer–akkad yozuvini butun Old Osiyo xalqlari o‘zlashtirib oldilarShumerda ham kutubxonalar mavjud bo‘lgan. Kalxu, Ashshur va boshqa shaharlardagi kutubxonalar mashhur edi. Mil.avv. II ming yillikdan boshlab Ur, Nippur shaharlarida ada biy va ilmiy matnlardan iborat kutubxonalar paydo bo‘ldi. Qadimgi Sharqning eng mashhur kutubxonasi Ashshurbanipalning (mil.avv. 669–635 yillar) Nineviya shahrida to‘plangan 30.000 taxtachadan iborat kutubxonasi ediShumer adabiyotining eng mashhur namunasi afsonaviy qahramon Bilgamesh to‘g‘risidagi epik afsonalar to‘plamidir. Doston tarkibiga To‘fon afsonasi ham kiradi. Bu asar akkad tilida qayta ishlangan nusxada to‘laroq ko‘rinishda Ashshurbanipal kutubxonasidan topilgan. Mil.avv. II ming yillik oxirida Bobilda akkad tilida yozilgan falsafiy mavzudagi «Ha, men donolik ilohini sharaflayman» asari saqlanib qolgan. U aybsiz, mashaqqat chekkan kishining shafqatsiz taqdiri to‘g‘risida hikoya qiladi. Qadimgi Mesopotamiya jamiyatining mafkuraviy hayotida diniy e’tiqod hukmron o‘rinni egallagan. Mil.avv. IV–III ming yilliklar chegarasida Shumerda batafsil ishlab chiqilgan, keyinchalik, Bobilda o‘zlashtirilib, rivojlantirilgan teologik tizim yuzaga keladi. Har bir Shumer shahri o‘z xudo homiysiga ega bo‘lgan. Bundan tashqari, barcha shumer shaharlari sig‘ingan xudolar bo‘lgan. Bu osmon xudosi Anu, yer xudosi Enlil, suv xudosi Enki yoki Ea kabi ilohlar tabiat hodisalari kuchlarini aks ettirgan. Ko‘pincha ular koinot jismiga o‘xshatilgan. Har bir xudoga alohida vazifa yuklatilgan. Enlil taqdir xudosi, shaharlar asoschisi hamda motiga va omoch kashfiyotchisi; shumer quyosh xudosi Utu (akkad mifologiyasida Shamash); xudo Enlilning o‘g‘li Ninnar; sevgi va hosildorlik ma’budasi Innana (Bobil va Osuriya panteonida Ishtar); abadiy hayot, tabiat xudosi Dumuzi (Bobilda – Tammuz) keng tarqalgan.
Download 188.27 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling