104-guruh uchun jahon tarixidan yakuniy savollariga javoblar. Ilk va qadimgi podsholiklar davrida misr


Download 188.27 Kb.
bet5/88
Sana09.01.2022
Hajmi188.27 Kb.
#263284
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   88
Bog'liq
JAHON TARIXIDAN YAKUNIY JAVOBLARI (H.X)

5) QADIMGI MISR MADANIYATI. Qadimgi misrliklar tuzilishi bo‘yicha murakkab, mazmunan boy madaniyat yaratdilar. Bu madaniyat ko‘pgina Yaqin Sharq xalqlarining madaniy taraqqiyotiga hayotbaxsh ta’sir ko‘rsatdi. Misr madaniyati to‘rt ming yil davomida shakllandi. Qadimgi Misr madaniyatining taraqqiyotini nima belgiladi? Birinchi navbatda, Qadimgi Misr ijtimoiy-iqtisodiy taraqqiyotining o‘ziga xos xususiyatlari, Nil vodiysining o‘zlashtirilishi, dehqonchilikning oqilona tashkil qilinishi, umummisr iqtisodining yuksak taraqqiyoti madaniy o‘sishning moddiy asosini yaratdi. Shu bilan birga, madaniyat sohasidagi yutuqlar ta’lim, fan, qadimgi misrliklarning umumiy ma’naviy taraqqiyotining yuksalishi bu ijtiomiy-iqtisodiy taraqqiyot va davlatni takomillashtirishning asosiy sabablaridan biri bo‘ldi. Misrda din ilk urug‘chilik jamoalarida vujudga kelib, juda uzoq taraqqiyot yo‘lini bosib o‘tgan. Diniy an’analar mustahkam va turg‘un bo‘lgan, fetishizm, totemizm, ayniqsa, hayvonlarga topinish Misrda uzoq davom etgan. Misr xudolarining panteoni juda katta bo‘lib, u ilk davrda vujudga kelgan madaniyatga borib taqaladi. Unda odamlar totem – hayvonga, qabila boshlig‘iga sig‘inishgan. Qadimgi podsholik davridan misrliklar hayvon qiyofasidagi xudolarga sig‘inganlar. Ma’buda – mushuk qiyofasidagi Bastet Quyosh xudosi Raning qizi bo‘lgan. Misrliklarning xudolari hayvon qiyofasida: Anubis – o‘liklar saltanatining podshosi, bo‘ri boshli qilib tasvirlangan. Tot – aql va yozuv xudosi. Soxmet – sher boshli urush ilohasi, suv to‘lqini xudosi Sebek timsoh qiyofasida chiqadi. Ma’buda – begemot Tavaret chaqaloq va homilador ayollarning ko‘zi yorishiga javob bergan Misr madaniyatida o‘lim bilan hayot doimo bir-biriga qarama-qarshi turgan. Ajalsiz ruh Misr dinida alohida o‘rin egallagan. Mana shu ajalsizlikka intilish ko‘mish marosimlarining shakllanishiga olib kelgan. Diniy marosimlarda har bir odam alohida xususiyatga ega bo‘lgan. Masalan, sax – inson jismi, shunt – uning soyasi, rek – uning ismi, ax – uning arvohi hisoblangan. Bu yerda eng muhim rolni Ra – insonning joni, ya’ni ajalsizlikning negizi o‘ynagan. Misr diniga ko‘ra, Ra o‘z jismiga birikishi va qayta dunyoga kelishi kerak bo‘lgan. Chunki odam o‘lganda faqat uning jismi o‘ladi, ammo ruhi abadiy yashash uchun narigi dunyo – o‘liklar saltanatiga mangu yashash uchun ketadi. Qadimgi misrliklarning ana shunday diniy tasavvurlari asosida odamning jasadini abadiy saqlash fikri tug‘iladi va mo‘miyolash jarayoni vujudga keladiMisrda oliy xudo quyosh xudosi Ra yaratuvchi xudolar Ptax va Amonning ko‘pgina vazifalarini olish bilan Misrning bosh xudolari dan biriga aylangan. Amon-Ra dunyoning yaratuvchisi, podsho hokimiyati, Misr harbiy qudratining homiysi bo‘lgan. Osiris o‘layotgan va uyg‘onayotgan tabiatning aksi, u dunyoning hukmdori, podsho hokimiyati homiysi bo‘lgan. Uning rafiqasi Isida – ona xudo, onalik va er-xotinlik muhabbatining homiysi bo‘lgan. Ularning o‘g‘li ham osmon va yorug‘lik ifodasi, fir’avn homiysi bo‘lgan. Donolik va hisob xudosi – Tot; qudrat ramzi – ma’buda Soxmet, osmon xudosi Xat xor quvonch va sevgi xudosi bo‘lgan. Sia – bilim xudosi, Maat – adolat xudosi bo‘lib, adolat, aql kabi mavhum tushunchalarni ifodalagan. Misr insoniyat madaniyatining eng qadimgi markazlaridan biri hisoblanadi. Yozuv ma’naviy madani- yatning ajralmas qismidir. Qadimgi misrliklar bundan 6-7 ming- yillar muqaddam belgi-rasmlar shaklidagi iveroglif yozuvini kashf etganlar. Bu yozuvlar 750 belgi-rasmlardan iborat bo'lgan.Misr yozuvida narsa va hodisalar har turli rasm va belgilar yor- damida ifoda etilgan. Masalan, suv so‘zi uch qator to'lqinsimon chiziq, tog‘ so'zi ost tomoni tekis. yuqori tomoni qabariq, o'rta- si botiq shakl bilan ifoda etilgan. Qo'lida o'q-yoy ushlab turgan odam rasmi jangchi, o'roq ushlab turgan kishi tasviri esa o'rmoq degan ma'noni bildirgan. Keyinchalik belgi-rasm shaklidagi yozuv takomillashib soddalashtirilgan. Zamonlar o'tishi bilan belgi-rasm shaklidagi yozuvlar alifbo belgilariga aylangan. Qadimgi podsholik davrida misrliklar yozuvida 24 ta asosiy tovushni bildiradigan alifbo tizirni paydo bo'lgan. Misrliklar dastlab alifbo va xatlarni tosh, yog‘och, po'stloq, taxta, teri kabi buyumlarga yozganlar. Nil sohillarida o'sadigan papirus o‘simligining barglaridan esa yozuv qog‘ozi oinida foydalanilgan. Misrliklar papirus barglaridan varaqlar tayyorlab, varaqlarni bir-biriga ulab uzunligi 45 metrga- cha papirus о'ram lari tayyorlaganlar. Zaruriy maiumot, hodisa va boshqa narsalar papirusga yozib berilgan. Unga qamishdan tayyorlangan yozuv asbobi bilan yozilgan. Bu misrliklarning o‘ziga xos kitobi edi. Misrning turli joylaridan arxeolog olimlar qadimgi ‘'papirus kitob"larini topishgan. Qadimgi Misr iyerogliflarini. tilshunos olimlar oiganishga urinib koiganlar. Lekin ular bu sohada aytarli natijalarga erisha olmaganlar. Mashhur fransuz olimi J.F.Shampalon Misr iyerogliflarini o'qib chiqib, shuhrat qozongan. Misr tarixini o'rganishda ‘Rozzet" bitik- toshi ham katta ahamiyatga ega boigan.


Download 188.27 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   88




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling