104-guruh uchun jahon tarixidan yakuniy savollariga javoblar. Ilk va qadimgi podsholiklar davrida misr
Download 188.27 Kb.
|
JAHON TARIXIDAN YAKUNIY JAVOBLARI (H.X)
17. SIN IMPERIYASI DAVRIDA XITOY. M. av. IV asrning birinchi yarmida Xitoyni yagona bir davlatga birlashtirish g'oyasi tug'ilgan. Xitoydagi Chu va Sin podsholiklari yagona davlat tuzish uchun kurasb boshlaganlar. Bu kurashda Sin podsholigi g‘olib chiqqan.Sin podsholigi Xuanxe daryosining irmoqlaridan biri Vey daryosi havzasi- da joylashgan boiib, podsholikning poytaxti Sanyan shahri Vey daryosining chap sohilida joylashgan edi. M. av. IV asr o'rtalariga kelib, podsho Sao-chun davrida (M.av. 361-338-yillar) Sin podsholigi birmuncha kucha- yadi Shan-Yan islohoti va uning oqihatlari. Podsho Sao-chun o‘z amaldori Shan-Yanga xo'jalik va mamlakatni boshqarish so- hasida islohotlar loyihasini ishlab chiqishini topshiradi. Shan-Yan bu islohot loyihasini ishlab chiqadi. Islohotga ko'ra, yerni istagancha xususiy mulk qilib olish mumkin. Yerni erkin sotish va sotib olishga ruxsat berilgan. Ilgari hosildan olinadigan soliq yer solig'i bilan almashtirilgan. Davlatni boshqarishda ham qator ishlar qilingan. Butun podsho- lik 36 viloyatga bo'linib, uni podsho tayin etgan amaldorlar idora qilganlar. Eski amaldorlar ishlaridan chetlashtirilgan va mamlakat- da kuchli nazorat o'rnatilgan. Podsholik maktab va maorif ishlari- ga ham katta e’tibor berib bu sohada ham islohotlar o tkazilgan. Sin qo‘shinlari qayta tuzilib mustahkamlangan. Islohot natijalari podsho hokimivatini ancha kuchaytirgan. Ammo Shan-Yan islohoti eski zodagon, xalq ommasi, konfutsiychi oqim namoyandalari va qullarning qarshiligiga uchragan. Podsho Sao-Chun vafotidan ke- yin islohotchi Shan-Yan qatl etilgan. Sin podsholigining kuchayishi. M.av. 246-yili Sin podsholigi taxtiga 13 yoshli In Chjen (m.av. 246-210) o'tiradi. U qo'shni podsholiklarni o‘z davlatiga qo'shib olish uchun katta tayyorgarlik ko‘radi. Qo‘shin saflarini raustahkamlagach, m.av. 230-yili Xan podsholigi qo‘shinlariga qat'iy zarba berib uni bosib oladi. M. av. 228-221-yillar orasida olib borilgan shiddatli. g'olibona urushlar natijasida Sharqiy Xitoydagi Chjao, Vey, Chu, Si, Yan podsholikla- rining qo'shinlari tor-mor etiladi. M.av. 221-vili yuqorida nomlari keltirilgan davlatlar Sin podsholigiga qo‘shib olingach, Sharqiy Xi- toyni birlashtirish jarayoni ham nihoyasiga yetadi. Shu tariqa Xitoyda Sin saltanati qaror topadi. In Chjen saltanat taxtiga o'tirar ekan, o'zini “Sin Shi Xuandi” - Sin saltanatining birinchi podshosi deb e’lon qiladi. In Chjen shimolda xunnlar bilan zafarli urushlar olib borib, ularni Xitoy chegaralaridan nariga chekintirgan. Sin qo'shin- lari Yanszi daryosi quyi qismining janubidagi Yuz podsholigi bilan g'olibona urushlar olib borib, uni ham Sin ga itoat ettirgan. Sin Shi Xuandi mamlakatni birlashtirgach, podsholikni islohotchi Shan- Yan tuzgan qonun-qoidalarga amal qilib idora etgan. U mamlakatni 36 viloyatga bo'lib, ularni boshqarishni o‘z amaldorlari zimmasiga yuklagan. Eski zodagon-aslzodalar esa davlat ishidan chetlatilgan. Chunki ular eskilikning jonkuyar tarafdorlari, yangilikning ashad- diy dushmani edi. Sin Shi Xuandi buyrug'i bilan yangilikning dushmani hisoblan- gan 460 konfutsiychi olim tiriklayin yerga ko'mdirilgan. Boshqa tartiblar hukm surgan zamonni eslatadigan yoki maqtab yozilgan asarlar, solnomalar kuydirilgan. Bularning barchasi keng xalq om- masi orasida Sin Shi Xuandiga nisbatan nafrat uyg'otgan. Xitoy podsholari mamlakatni ko‘chmanchilar hu- jumidan himoya qilish maqsadida “Buyuk Xitoy devori"ni qurdir- ganlar. Ma'lumki. Buyuk Xitoy devorining qurilishi m. av. IV asrlar- da boshlangan edi. Sin Shi Xuandi Buyuk Xitoy devori qurilishiga juda katta e'tibor bergan. Solnomachilarning bergan ma‘ lumotlari- ga qaraganda. devor qurilishi ishiga sarkarda Min Ту an qo‘shinidan uch yuz ming askar jalb qilingan. Devor qurilishida ikki millionga yaqin harbiy askar, qul va mahbuslar, shuningdek oddiy dehqon va hunarmandlar jami 2300000 kishi ishlatilgan. Devor Lyaodun qo‘ltig‘i qirg'og'idagi Shanxayguan shahridan boshlangan. Sharqiy Xitoyning shimol tomonidagi tog\ tog' yonbag'ri, tekisliklarni oralab ikki joyda Xuanxe sohillariga kelib taqalgan. Devor Xu- anxening chap sohilidan g'arb tomon yo'nalib Alashon dashtining janubi, kichik yuyechjilar yashaydigan tog'larning shimoliy yonbag'ri bilan davom ettirilib, Xitoyning mashhur Dunxuan harbiy qal’a-istehkomiga borib tutashadi. Devorning umumiy uzunligi 4000 km boiib. dunyoda qurilgan hamma devorlardan uzun va kattadir. Ba'zi adabiyotlarda uning uzunligi 5000-6000 km deb yo- zilgan. Balandligi 10 metrdan ziyod, qalinligi 5,5-7 metr bo'lgan. Devor tosh, g'isht. loy, paxsa va maxsus qotishmalardan qurilgan. Devor bo'ylab har 60—100 metrda mustahkam mudofaa minoralari bino qilingan. Devor va istehkomlaming yuqori qismi kungurador bezaklar bilan jihozlangan. Ayni paytda devorlarning yuqori qis- mida kamondan dushmanlarga o'q otish uchun maxsus teshiklar - shinaklar qoldirilgan. Sin podsholigi davridagi urushlar, “Buyuk Xitoy devori" qurilishiga, podsho sa- royi va arnaldorlarining maishatiga behisob boyliklar sarflangan. Bu xarajatlarning butun og'irligi dehqonlar va mehnatkashlar orn- masi zimmasiga tushgan. Buning ustiga mehnatkashlardan har xil bahonalar bilan ko‘plab soliq yig'ish va majburiyatlar bajarish ta- lab etilgan. Bu hoi oddiy xalq orasida Sin Shi Xuandiga qarshi kuchli noro- zilik uyg‘otgan. Eski zodagon. o'ziga to‘q hunarmand, mayda sav- dogar va ziyolilar ham podsho siyosatidan norozi edilar. Podsho siyosatiga qarshi guruhlar Sin Shi Xuandiga bir necha bor sui- qasd uyushtirganlar. Mamlakat miqyosida yashirin ravishda katta qo‘zg'clonga tayyorgarlik boshlanadi. M. av. 210-yili Sin Shi Xuandi og‘ir toliqishdan so‘ng 48 yoshida vafot etadi. Podsho va- fotidan biroz keyin, m.av. 209-yili podsholikning turli joylarida qo'zg‘olonlar boshlanib ketadi.
Download 188.27 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling