#12 Turkiston o'lkasida Rossiya imperiyasi mustamlaka tuzumi
#25Ikki palatali parlamentning shakllanishi va faoliyati
Download 21.84 Kb.
|
tarix davomi
#25Ikki palatali parlamentning shakllanishi va faoliyati.Maʼlumki, qonunchilik hokimiyatining yaqin tarixi, yaʼni ikki palatali davri haqida to‘хtalib o‘tadigan bo‘lsak, 2002-yilgi umumxalq referendumidan so‘ng mamlakat tarixida birinchi marta Qonunchilik palatasi (quyi palata) hamda Senatdan (yuqori palata) iborat bo‘lgan ikki palatali parlament tizimiga o‘tildi. Besh yil o‘tib parlament siyosiy partiyalar rolini kuchaytirishga qaratilgan konstitutsiyaviy qonunlarini qabul qildi. Birinchi marta siyosiy partiya fraksiyalari parlamentda muxolifatni shakllantirish va muqobil qonun loyihalarini hamda milliy taraqqiyot dasturlarini ilgari surish imkoniyatiga ega bo‘ldi. 2008-yilda Qonunchilik palatasi aʼzolari soni 120 dan 150 taga oshirildi va nomzodlar faqat siyosiy partiyalar tomonidan ilgari surilishi mumkinligi belgilab qo‘yildi.
2008-2014-yillarda demokratik islohotlarni yanada kuchaytirish va davlat hokimiyatining uch bo‘g‘ini o‘rtasidagi muvozanatni yaxshilash maqsadida O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasiga bir qator o‘zgartishlar kiritildi. Masalan, O‘zbekiston Respublikasi Bosh vaziri va O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Qonunchilik palatasi o‘rtasida ziddiyatlar doimiy tus olgan holda Qonunchilik palatasi deputatlari umumiy sonining kamida uchdan bir qismi tomonidan O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti nomiga rasman kiritilgan taklif bo‘yicha O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining qo‘shma majlisi muhokamasiga Bosh vazirga nisbatan ishonchsizlik votumi bildirish haqidagi masala kiritiladi. Bosh vazirga nisbatan ishonchsizlik votumi O‘zbekistonRespublikasi Oliy Majlisining Qonunchilik palatasi deputatlari va Senati aʼzolari umumiy sonining kamida uchdan ikki qismi ovoz bergan taqdirda qabul qilingan hisoblanadi. Bunday holatda O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Bosh vazirni lavozimidan ozod etish to‘g‘risida qaror qabul qiladi. Bunda O‘zbekistonRespublikasi Vazirlar Mahkamasining butun tarkibi Bosh vazir bilan birga isteʼfoga chiqadi. 2014-2016-yillarda qonun chiqaruvchi, ijro etuvchi va sud organlari faoliyatini takomillashtirish hamda davlat organlari bilan fuqarolik jamiyati institutlari o‘rtasidagi o‘zaro hamkorlikni rivojlantirishga qaratilgan islohotlar amalga oshirildi. Masalan, 2016-yil aprelida qabul qilingan “Parlament nazorati to‘g‘risida”gi qonunda parlament tomonidan nafaqat ijro etuvchi, balki huquqni muhofaza qiluvchi organlar faoliyati ustidan nazorat shakllari va tartiblari belgilab berildi. Unga ko‘ra, parlament eshituvlarini o‘tkazish, parlament va deputatlar tomonidan so‘rovlar yuborish, qonunlar qabul qilinganidan so‘ng ularning amalga oshirilishini monitoring qilish amaliyoti kiritildi. Qonunchilik palatasida Oila va ayollar masalalari bo‘yicha, Yoshlar masalalari bo‘yicha komissiyalar, Fuqarolarning sog‘lig‘ini saqlash masalalari qo‘mitasi tuzildi; Senat tarkibida esa Prokuratura organlari faoliyati ustidan nazorat qiluvchi komissiyasi tuzildi hamda Vazirlar Mahkamasining parlamentdagi vakolatli vakili lavozimi joriy etildi. Davlat boshqaruvi sohasidagi keng ko‘lamli islohotlar mavzusi dastlab Prezident Sh.Mirziyoyevning 2017-yil parlamentga qilgan murojaatida ko‘tarilgan. Ilgari surilgan islohotlarning ko‘pi aynan parlament roliga aloqador bo‘lib, bu borada u shunday degan edi:Mamlakatimiz parlamenti haqiqiy demokratiya maktabiga, islohotlarning tashabbuskori va asosiy ijrochisiga aylanishi zarur.Prezident, shuningdek, Qonunchilik muammolari va parlament tadqiqotlari institutining (QMPTI) tashkil etilishiga alohida to‘xtalib o‘tdi: “Biz yaqinda Oliy Majlis huzurida Qonunchilik muammolari va parlament tadqiqotlari institutini tashkil etdik”. Ushbu institut Oliy Majlisga kelayotgan turli takliflarni chuqur tahlil qiladigan, taʼbir joiz bo‘lsa, elakdan o‘tkazadigan ilmiy markaz bo‘lishi lozim. Download 21.84 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling