#12 Turkiston o'lkasida Rossiya imperiyasi mustamlaka tuzumi


#29O'zbekiston Respublikasida fuqarolik institutlarining shakllanishi va faoliyati


Download 21.84 Kb.
bet11/11
Sana07.03.2023
Hajmi21.84 Kb.
#1244005
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11
Bog'liq
tarix davomi

#29O'zbekiston Respublikasida fuqarolik institutlarining shakllanishi va faoliyatiFuqarolik jamiyati tushunchasi – kishilik jamiyatining asrlar mobaynida shakllangan tafakkur mahsuli bo‘lib inson huquqlari va erkinliklarining holati bilan belgilanadi. Fuqarolik jamiyatining poydevorini yaratish va uni amalda shakllantirish uchun, avvalo, u haqdagi g‘oyalar genezisini, asoslarini bilish lozim. Fuqarolik jamiyati maʼlum asoslar, xususan, iqtisodiy, ijtimoiy-siyosiy, huquqiy, maʼnaviy asoslar bilan shakllanishi mumkin. Bular quyidagilardan iborat:
iqtisodiy asos – shaxs va jamiyat manfaatlarining umumiyligiga asoslangan mulk shakllarining xilma-xilligi, iqtisodiy plyuralizm, ko‘p ukladlilik, erkin bozor munosabatlari. Qaysiki jamiyatda uning har bir aʼzosi, qandaydir mulkka ega bo‘lishi, o‘z xohishi bilan tasarruf etish, sarflash huquqiga ega bo‘lishi, xususiy mulk daxlsizligi, davlat tomonidan kafolatlangan tadbirkorlik, mehnat va isteʼmol faoliyati erkinligining taʼminlanganligi;
ijtimoiy-siyosiy asos – mustaqil davlatlarning tashkil topishi, iqtisodiy va siyosiy hokimiyatning ajratilishi. Insonlarning o‘z maqsadlarini himoya qilish maqsadida maʼlum tashkilotlarga birlashishi, hokimiyatlar turli-tuman markazlar,tashkilotlar, siyosiy institutlar qo‘lida jamlangan bo‘lsa, ular bir-birini cheklaydi va muvozanatga solib turadi. Siyosiy plyuralizm, davlat hokimiyati funksiyalarining sekin-asta fuqarolik jamiyati institutlariga berib borilishi. “Kuchli davlatdan –kuchli jamiyat sari” tamoyilining namoyon bo‘lishi;huquqiy asosi – inson uchun ahamiyatli bo‘lgan ozodlik, tenglik, adolat qadriyatlarining qaror topishi, yuridik tenglikning taʼminlanishi va ularga huquq hamda erkinliklar berish orqali qonun yo‘li bilan tan olinishi;maʼnaviy asos – insonlar o‘z qadr-qimmatiga, jamiyatning asosiy qadriyatlari himoyasida tura oladigan, zaruriyat tug‘ilganda ular uchun kurasha oladigan bo‘lishlari, vijdon erkinligi, axloqiy normalarga rioya qilish, yagona mafkura, dunyoqarashning yakka hokimligining mavjud emasligi, ijtimoiy jarayonlarni demokratlashtirishda bevosita va bilvosita ishtirok etishadi.
O‘zbekistonda yangi jamiyatni rivojlantirish islohotlari jarayonida jahondagi turli mamlakatlarda fuqarolik jamiyati asoslarining yaratilishi turli darajada va davrlarda amalga oshirilganligining nazariy va amaliy jihatlarini, tajribalarini o‘rganish muhim ahamiyatga egadir. Chunki fuqarolik jamiyatining bu progressiv jihatlari (tamoyillari va belgilari) sinalgan tajriba sifatida o‘tish davrini o‘z boshidan kechirayotgan mamlakatlarda fuqarolik jamiyati qurishda eʼtiborga olishga imkon beradi. Аslini olganda “fuqarolik jamiyati” atamasi turli xorijiy adabiyotlarda alohida mazmun kasb etgan tushuncha bo‘lib, u hozirgi davr talqinida jamiyatning muayyan shakli (holati va xususiyati)ni, uning ijtimoiy-iqtisodiy, siyosiy va huquqiy tabiatini, rivojlanish darajasini ifodalaydi. Fuqarolik jamiyatini shakllantirish masalalari doimo davlatni takomillashtirish, huquq va qonunning rolini yuksaltirish muammolarini hal etish bilan chambarchas tarzda o‘zaro bog‘liqdir. Maʼlumki, yetuk fuqarolik jamiyatisiz huquqiy demokratik davlat qurish mumkin emas, chunki ongli erkin fuqarolargina kishilik jamiyatining eng oqilona shakllarini yaratishga qodirdirlar. Shunday qilib, fuqarolik jamiyati erkin individ va markazlashgan davlat xohish-irodasi o‘rtasida bog‘lovchi bo‘g‘in hisoblansa, davlatning vazifasi parchalanish, tartibsizlik, tanglik, tanazzulga qarshi ish ko‘rish, erkin shaxsning huquq va erkinliklarini ro‘yobga chiqarish uchun shart-sharoitlar yaratishdan iborat. Bu haqda so‘z borar ekan, aytish mumkinki, mustaqillikning dastlabki kunlaridan boshlab O‘zbekiston demokratiyani o‘z taraqqiyotining bosh yo‘li sifatida tanladi. Demakki, fuqarolik jamiyati va demokratik huquqiy davlatni qurish davlat va jamiyat oldida muhim vazifa bo‘lgan.
Demokratik institutlar – jamiyat hayotida demokratik tamoyillarning qaror topishiga xizmat qiladigan tashkilotlar va tuzilmalar majmuasi. Tarixiy jihatdan ularni shartli ravishda demokratik mazmunga ega bo‘lgan anʼanaviy, ijtimoiy siyosiy institutlar (davlat, siyosiy partiyalar, jamoat tashkilotlari, OАV) hamda faqat demokratik jamiyat sharoitida faoliyat yuritadigan maxsus institutlarga, masalan, inson huquqlariga amal qilinishini taʼminlovchi turli nodavlat tuzilmalarga ajratish mumkin. Bugungi kunda O‘zbekistonda fuqarolik jamiyati institutlarini shakllantirish va rivojlantirishga qaratilgan 200 dan ortiq qonun va qonunosti hujjatlari qabul qilindi. Bular jumlasiga asosiy hujjatlar sifatida “O‘zbekiston Respublikasida jamoat birlashmalari to‘g‘risida” (1991-y.), “Kasaba uyushmalari, ularning huquqlari va faoliyatining kafolatlari to‘g‘risida” (1992-y.), “Nodavlat-notijorat tashkilotlari to‘g‘risida” (1999-y.), “Fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlari to‘g‘risida” (1999-y.), “Siyosiy partiyalar to‘g‘risida” (1996-y.), “Jamoat fondlari to‘g‘risida” (2003-y.), “Siyosiy partiyalarni moliyalashtirish to‘g‘risida” (2004-y.), “Vijdon erkinligi va diniy tashkilotlar to‘g‘risida” (1991-y.), “Nodavlat-notijorat tashkilotlari faoliyatining kafolatlari to‘g‘risida” (2007-y.), “Ommaviy axborot vositalari to‘g‘risida” (1997-y.), “Jamoatchilik nazorati to‘g‘risida”, “Ijtimoiy sherikchilik to‘g‘risida” (2014-y.) O‘zbekiston Respublikasi qonunlarini eʼtirof etish mumkin. Jamiyatda NNT tizimini rivojlanishi uchun shart-sharoitlar yaratildi. Muhimi, “uchinchi sektor” deb ataluvchi NNT jamiyatning asosiy institutlari sifatida namoyon bo‘la boshladi
Download 21.84 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling