maqsadida tandirdan chiqqan nonni tez sovitish, namligini kamaytirish va
xamirini sut kislota qo’shib (un massasiga
76
nisbatan 0,1% miqdorida) qorish kerak.
Kartoshka tayoqchasi bilan
zararlangan undan mayda donali mahsulotlar yopish tavsiya etiJadi, chunki
bunday mahsulotlarning sovishi osonroq bo’ladi.
Nonning pigment hosil qiluvchi bakteriyalardan zararlanishi.
Bug’doy noni ba'zan qondek qizil shilimshiq dog’lar bilan qoplanishi
mumkin, bunday dog’lar tez orada bir-biriga qo’shilib, sidirg’a va rangi yuqib
turadigan pardaga aylanib qoladi. Shunday o’zgarishlar
B.
prodigiosum (ajoyib tayoqcha) hayot faoliyati tufayli ro’y beradi, bu
tayoqcha
muayyan sharoitlarda qonday qizil rangli pigment ishlab chiqaradi.
Muhitning juda nam, kislotalari kam bo’lishi, yaxshi havo o’tib turishi va
haroratning 25 °C atrofida bo’lishi «ajoyib tayoq-cha»ning rivojlanishiga
qulaylik tug’diradi. Non,
non-bulka mahsu-lotlari nam, issiq xonalarda saqlab
qo’yikdigan bo’lsa, ana shunday sharoitlar yuzaga keladi. Xuddi kartoshka
tayoqchasi kabi
B. prodi-giosum ham odam uchun bezarardir, lekin qonga
o’xshab ketadigan och qizil dog’lar yoki g’ubor bilan
qoplangan non
iste'molchiga nox-ush ta'sir etadi va shu sababdan och qizil shilimshiq
g’uborni yo’qotish maqsadida unga oldin ishlov bermasdan turib tarqatilishi
mumkin emas. Dog’lar yoki g’ubor bilan qoplangan
nonning sirtki qismlarini
ohb (kesib) tashlanganidan keyin nonni qayta ishlab, masalan, qoqnon qilib
ovqatga ishlatsa bo’ladi.
Do'stlaringiz bilan baham: