15-ma`ruza. Polimerlar kimyosi reja: Polimerlar, plastmassa, ularning olinishi, xossalari va ishlatilishi


Download 257.33 Kb.
Pdf ko'rish
bet17/18
Sana16.06.2023
Hajmi257.33 Kb.
#1498153
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   18
Bog'liq
15-MA‟RUZA POLIMERLAR KIMYOSI

Cheksiz bo`kish. Yuqorida aytib o`tilganidek cheksiz bo`kish erishning 
birinchi bosqichi bo`ladi, so`ngra polimer zanjirlari bir-biridan ajraladi va quyi 
molekulyar erituvchi molekulalari bilan aralashadi. Polimerlarni erishining asosiy 
xususiyati shundan iboratki, erish davridagi aralashayotgan komponentlarning 
molekulalari katgaligi va harakatchanligi bo`yicha bir-biridan bir necha ming 
marotaba farq qiladi. Odatda quyi molekulyar erituvchining molekulalari juda 
harakatchan bo`ladi va polimerga erituvchi q¢shilganda suyuqlik molekulalari 
polimer orasiga kira boshlaydi va polimer zanjirlarini bir-biridan ajratadi, ya'ni 
bo`kish sodir bo`ladi; kam harakatchan bo`lgan makromolekulalarning quyi 
molekulyar suyuqlik fazasiga tarqalishi esa ma'lum vaqt talab qiladi. Demak, 
polimerning erish jarayonidan oldin doim bo`kish kuzatiladi. 
Bo`kkan polimer, ya'ni quyi molekulyar suyuqlikning polimerdagi eritmasi, 
ma'lum vaqt toza suyuqlik bilan birgalikda mavjud bo`la oladi. So`ngra 
makromolekulalar bir-biridan ajrala boshlaydi va asta-sekin erituvchi molekulalari 
orasiga tarqalib bir jinsli eritma hosil qiladi. Demak, cheksiz bo`kish ikki 
suyuqlikning o‘zaro aralashishiga o`xshagan jarayondir. Uning o`ziga xos farqi 
komponentlardan birining zanjirsimonligi va bukiluvchanligidadir. Shuning uchun 
agar polimer molekulalari sferik tuzilishga ega bo`lsa, ular erish davrida bo`kmaydi. 
Masalan, molekulyar massasi 800000 bo`lgan glikogen molekulalari sferik tuzilishga 
ega bo`lganligi uchun erish davrida bo`kmaydi. 
Chekli bo`kish. Bo`kish har doim ham erish bilan tugayvermaydi. Ko`pincha 
jarayon ma'lum bo`kish darajasiga yetishi bilan to`xtaydi. Buning sababi polimer 
bilan erituvchining chekli aralashishidir. Natijada jarayon oxirida sistemada ikkita 
faza hosil bo`ladi, yukorimolekulyar birikmaning erituvchidagi to`yingan eritmasi va 
erituvchining polimerdagi to`yingan eritmasi (iviq). Bunday chekli bo`kish doimo 
muvozanatda bo`ladi, ya'ni ma'lum darajagacha bo`kkan polimerning hajmi 
o`zgarmas bo`lib qoladi (agar sistemada kimyoviy o`zgarish bo`lmasa). Bo`kishning 
bunday turi suyuqliklarning chekli aralashishiga o`xshashdir. Chekli erish bilan 
boradigan bo`kishni polivinilxlorid-atseton va polixloropren-benzin va boshqa 
sistemalarda kuzatish mumkin. Chiziqli va to`rsimon polimerlarning bo`kishi bir- 
biridan farq qiladi. Chiziqli polimerlar uchun bu jarayon ikki suyuqlikning chekli 
aralashishiga o`xshash bo;lib, ma'lum sharoitda (ya'ni harorat yoki komponentlar 


konsentrasiyasining ma'lum qiymatida) chekli bo`kish cheksiz erishga o`tishi 
mumkin. 
O`zbekistonda ishlab chiqiladigan polimer materiallar. ―Shurtan gaz kimyo 
majmuasi‖da polietilen; suyultirilgan gaz; yengil kondensat; oltingugurt; tozalangan 
tabiiy gaz va boshqa turdagi tayyor polietilen mahsulotlar ishlab chiqaradi. 

Download 257.33 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   18




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling