16-mavzu. Ochiq iqtisodiyotda makroiqtisodiy siyosat reja


-rasm. Ichki muvozanatga erishish mexanizmi


Download 393 Kb.
Pdf ko'rish
bet4/10
Sana18.12.2022
Hajmi393 Kb.
#1029606
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
Bog'liq
16-mavzu. Maruza matni

16.2-rasm. Ichki muvozanatga erishish mexanizmi. 
Aytaylik E nuqtada ham ichki, ham tashqi muvozanat ta‟minlansin. Agar davlat 
xarajatlari G o„ssa, daromad multiplikativ samara bilan E dan A ga qadar ko„payadi. 
Daromad muvozanat (E) nuqtasidan ortiqcha talab holatiga (A) o„sishi natijasida
ortiqcha daromad inflatsion bosimni yuzaga keltiradi. Ichki muvozanatni tiklash 
uchun talabni kamaytirish maqsadida foiz stavkasi R ni ko„tarish orqali pul 
massasini kamaytirish talab etiladi. 16.2.-rasmda bu holat A nuqtadan D nuqtaga 
qadar siljishi ko„rinishida aks etadi. Bu nuqtada daromad resurslarning to„liq 
bandliligiga mos keladi, ichki muvozanat esa tiklanadi. O„z navbatid, G va R ning 
ichki muvozanatni ta‟minlovchi kombinatsiyalari ijobiy egilishga ega YY egri 
chizig„ini yuzaga keltiradi. 
YY egri chizig„idan o„ngda va quyida joylashgan nuqtalar ortiqcha talabni aks 
ettiradi. YY egri chiziqdan chapda va yuqorida joylashgan nuqtalar ortiqcha taklifni 
aks ettiradi. Bu nuqtalarda talab kamayadi va foiz stavkasi o„sadi. 
16.2–rasmdan ko„rinib turibdiki BB egri chizig„i YY egri chizig„iga nisbatan 
yotiqroq. BB egri chizig„ining tikligi kapital mobilligi bilan belgilanadi. Kapital
qanchalik harakatchan bo„lsa joriy operatsiyalar schyotininng taqchilligini 
moliyalashtirish uchun zarur bo„lgan kapitalning oqib kelishini rag„batlantiruvchi
foiz stavkasi R shunchalik kam miqdorga o„sadi. Bunda BB egri chizig„i yotiqroq 
bo„ladi. 
Kapital kamroq harakatchanligi sharoitida BB egri chizig„i tikroq ko„rinishni 
oladi. Ammo kapitalning nisbatan kamorq mobilligi sharoitida ham BB egri chizig„i 
YY egri chizig„idan ko„ra tikroq bo„lmaydi. BB egri chizig„ining tikligi kapitalning 
mobilligi 0 ga teng bo„lgan sharoitda YY egri chizig„i tikligiga tenglashadi. Boshqa 
barcha holatlarda YY egri chizig„i BB egri chizig„iga nisbatan tik bo„ladi. 
Shunday qilib fiskal va monetar siyosatni qo„shib olib borish ichki va tashqi 
muvozanatni ta‟minlash imkonini beradi. Navbatdagi muammo – fiskal va monetar 
siyosatning ichki va tashqi muvozanatga ta‟siri darajasini aniqlashdir. Bu nazariy 
masalani yechishga Robert Mandell va Markus Fleming urinib ko„rinishgan. 

Download 393 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling