16-mavzu. Ochiq iqtisodiyotda makroiqtisodiy siyosat reja


-rasm.Tashqi muvozanatga erishish mexanizmi


Download 393 Kb.
Pdf ko'rish
bet3/10
Sana18.12.2022
Hajmi393 Kb.
#1029606
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
Bog'liq
16-mavzu. Maruza matni

16.1-rasm.Tashqi muvozanatga erishish mexanizmi 
16.1- rasmda koordinata o„qlarida ichki va tashqi muvozanatga erishishni 
ta‟minlashni ko„zda tutuvchi siyosatning ikki instrumenti- davlat xarajatlari darajasi 
(G) va foiz stavkasi (R) berilgan. 
BB egri chizig„i davlat xarajatlari(G) va foiz stavkasi (R)ning tashqi balans 
(BP=0)ni ta‟minlovchi  turli kombinatsiyalarini aks ettiradi.
BB egri chizig„i ijobiy egilishga ega bo„lib, bu quyidagilar bilan izohlanadi: 
Aytaylik, E nuqtasida ichki va tashqi muvozanat ta‟minlangan bo„lsin. Davlat 
xarajatlari E nuqtadan S nuqtaga qadar o„sishi daromadlar va importning oshishini 
keltirib chiqaradi. Natijada savdo balansi taqchilligi (BP<0)ro„y beradi. 
To„lov balansining taqchilligini bartaraf etish uchun davlat cheklovchi pul-kredit 
siyosati vositasida kapital harakati balansining ijobiy qoldig„ini ta‟minlash 
choralarini ko„radi. Masalan, foiz stavkasining oshirilishi mamlakatga kapital 
harakati balansining (joriy operatsiyalar balansining manfiy qoldig„ini qoplaydigan 
hajmdagi) ijobiy qoldig„ini ta‟minlashga etarli hajmda xorijiy kapitalning oqib 
kelishini rag„batlantiradi. Natijada to„lov balansi qoldig„i (BB egri chizig„ining S 
nuqtasida) 0ga tenglashadi. 
Aynan tashqi balansga erishish maqsadida G va R o„zgarishlarining ana shunday 
kombinatsiyasi mavjudligi BB egri chizig„ining ijobiy egilishini aks ettiradi. 
BB egri chizig„idan pastda va o„ngda joylashgan nuqtalar to„lov balansi 
taqchilligini aks ettiradi. BB egri chizig„idan yuqorida va chapda joylashgan har 
qanday nuqta to„lov balansining, qat‟iy budjet-soliq va pul-kredit siyosati bilan 
ta‟minlanadigan ijobiy (musbat) qoldig„ini aks ettiradi. 
To„liq bandlilik, potensial ishlab chiqarish hajmi va inflatsiya jarayonlarining 
mavjud emasligi bilan xarakterlanadigan ichki muvozanatni 16.2-rasm ko„rinishida 
tasvirlash mumkin. 




Download 393 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling