16.4.- rasm. Mandell-Flemingning Y-r modelida muvozanatga erishish
mexanizmi.
Bunday vaziyatda ikki variant yuzaga keladi:
1.Almashinuv kursi juda past bo„lganligi sababli IS va LM egri chiziqlari jahon
foiz stavkasidan yuqorida kesishadi(16.4, a rasm). Bunday vaziyat chet ellik
investorlarni mazkur mamlakat iqtisodiyotiga kapital kiritishga rag„batlantiradi.
Natijada mamlakatning valutasi kursi ko„tariladi va IS egri chizig„i pastga siljiydi.
2. IS va LM egri chiziqlari ichki foiz stavkasi jahon foiz stavkasidan past
bo„lgan nuqtada kesishadi(16.4, b rasm). Bunday vaziyatda mazkur mamlakat
investorlari kapitallarini xorijga olib chiqib ketishdan manfaatdor bo„lishadi. Natijada
milliy valutaning almashinuv kursi pasayadi va IS egri chizig„i yuqoriga siljiydi.
Shunday qilib muvozanat LM egri chizig„ining gorizontal liniya bilan kesishish
nuqtasida jahon foiz stavkasi darajasida o„rnatiladi.
Mandell-Flemingning Y-e modeli 16.5.- va 16.6. -rasmlarda tasvirlangan.
16.5-rasmda vertikal o„qda almashinuv kursining turli darajalari, gorizontal
o„qda esa daromadning miqdorlari tasvirlangan. Foiz stavkasi o„zgarmas va jahon
foiz stavkasiga teng deb tasavvur qilinadi. Bunday vaziyatda grafikda ikki tnglama
tasvirlanadi:
1) Y=C(Y-T)+I(r*) +G+X
n
(e), IS;
2) M/P= L(r*,Y), LM*.
Iqtisodiyotda muvozanat IS va LM egri chiziqlarining kesishish nuqtasida
ta‟minlanadi. Bu kesishish nuqtasi almashinuv kursi va daromadning darajalarini aks
ettiradi.
Grafikda tovar bozoridagi (IS*) va pul bozoridagi(LM*) muvozanat
tasvirlangan. Jahon foiz stavkasi belgilab berilgan sharoitda LM* tenglamasi yalpi
daromadni almashinuv kursiga bog„liq bo„lmagan holda qayd etadi.
7
16.5-rasm. Mandell-Flemingning Y-e modeli
Do'stlaringiz bilan baham: |