16-mavzu. Ochiq iqtisodiyotda makroiqtisodiy siyosat reja
Download 393 Kb. Pdf ko'rish
|
16-mavzu. Maruza matni
es
+↑DS Bunda u ochiq bozordagi operatsiyalar yoki pul-kredit siyosatining boshqa vositalaridan foydalanadi. Ammo sterillash imkoniyatlari cheklangan. Agar to„lov balansining taqchilligi uzoq vaqt saqlanib qolsa, uni bartaraf qilishga intilish valuta rezervlarini tugab qolishiga olib kelishi mumkin. Bunday holatda, mamlakat, almashinuv kursining pasayish tendensiyasini bartaraf qilish hamda pulning xorijga oqib ketishini tugatish uchun yoki qayd etilgan kursdan voz kechishi, yoki pul massasining qisqarishiga yo„l qo„yib berishga majbur bo„ladi. To„lov balansining barqaror ijobiy qoldig„i sharoitida rezervlar hajmi shunchalik ko„p bo„lishi mumkinki, ichki kredit nolga teng bo„lib qoladi. Bu esa amalda mumkin bo„lmagan holatdir (banklar ichki kreditlarni kamaytirmasligi, balki nobank sektoridan pul qarz olishi zarur bo„ladi). Demak, hattoki sterillash ham pul masssasini to„lov balansi ta‟siridan himoya qila olmaydi. Bu esa pul-kredit siyosatining ichki balansga ta‟sirini keskin cheklab qo„yadi. Qayd qilingan valuta kursi sharoitida budjet-soliq siyosatining samaradorligi kapitalning mobilligiga to„g„ridan-to„g„ri bog„liq. Davlat xarajatlarining ko„payishi foiz stavkasining o„sishini keltirib chiqaradi (fond bozorida qarzga mablag„ olib, 10 davlat xususiy sektor foydalanadigan pul massasini kamaytiradi) . Bu esa o„z navbatida xorijdan kapital oqib kelishini rag„batlantirapdi. Kapitalning yuqori mobilligi sharoitida davlat xarajatlarining ko„payishi bilan bog„liq savdo balansi taqchilligi kapital harakati schyotining musbat (ijobiy) qoldig„i bilan amalda qoplanadi. Markaziy Bank esa yuzaga kelgan almashinuv kursining o„sish tendensiyasini bartaraf qilish uchun xorijiy valutani sotib olish va muomalaga milliy valutani ko„p miqdorda chiqarishga, bu bilan esa pul taklifini oshirishga majbur bo„ladi. Bu tadbir (davlat xarajatlarining o„sishi bilan birgaldikda) daromadlarning kengayishi uchun qo„shimcha rag„bat yaratadi. Shunday qilib, qayd qilingan valuta kursi sharoitida budjet-soliq siyosati pul- kredit siyosatidan farli ravishda daromad darajasiga, o„z navbatida ichki muvozanatga muvaffaqiyatli ta‟sir ko„rsata oldadi. Tasir darajasi kapitalning mobilligi o„sishi bilan ortib boradi. Download 393 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling