16-mavzu. Ochiq iqtisodiyotda makroiqtisodiy siyosat reja


Download 393 Kb.
Pdf ko'rish
bet5/10
Sana18.12.2022
Hajmi393 Kb.
#1029606
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
Bog'liq
16-mavzu. Maruza matni

Mandell-Fleming modeli kichik ochiq iqtisodiyot modeli bo„lib qayd qilingan 
va suzib yuruvchi valuta kurslari sharoitida iqtisodiy siyosatning turldi ko„rinishlarini 
amalga oshirish natijalarini baholash maqsadida qo„llaniladi. 



Mandell-Fleming modeli milliy iqtisodiyotning jahon bozoridagi hissasi kichik 
va shu sababli uni rivojlantirishning asosiy parametrlari jahon bozori tomonidan
ya‟ni tashqaridan belgilab beriladi degan shartga asoslanadi. 
Bu model XX asrning 60-yillarida ishlab chiqilgan bo„lib baholarning 
barqarorligini ko„zda tutadi va yalpi daromadning tebranishlari sabablarini
tushuntirib beradi.
Bu modelga ko„ra iqtisodiyotning amal qilishi valutalarning almashinuv kursi 
tizimiga bog„liq. 
Mandell-Fleming modeli uchta tenglamani o„z ichiga oladi: 
1) Y+C(Y-T)+I(r)+G+X
n
(e), IS; 
2) M/P=L(r,Y),LM; 
3) r = r* 
Birinchi tenglama- tovar bozorini, ikkinchi tenglama -pul bozorini, uchinchi 
tenglama esa ichki foiz stavkasi (r) jahon foiz stavkasi (r*) darajasi bilan 
belgilanishini anglatadi. 
Modelda uchta endogen o„zgaruvchilar: Y, r va e mavjud. 
16.3-rasm. Mandell-Flemingning Y-r modeli 
Modelni tasvirlash uchun ikkita grafik tuzish taklif etiladi. Har bir grafikda 
o„zgaruvchi miqdorlardan bittasi konstanta deb olinadi va tahlil ikki o„zgaruvchining 
aloqadorligi bo„yicha o„tkaziladi.Mandell-Flemingning Y-r modeli 16.3- rasmda 
tasvirlangan. Rasmdan ko„rinib turibdiki IS egri chizig„i quyiga, LM egri chizig„i esa 
yuqoriga yo„nalgan. Gorizontal liniya jahon foiz stavkasini ifodalaydi. 
Grafik ikki xususiyatga ega. 
1. IS egri chizig„ining holati almashinuv kursining darajasiga bog„liq. 
Almashinuv kursining ko„tarilishi egri chiziqni chapga siljitadi. 
2. Barcha uch egri chiziq bir nuqtada kesishadi. 
Lekin bu uch egri chiziq bir nuqtada kesishmaydi deb tasavvur qilish mumkin 
(16.4-rasm).




Download 393 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling