Tormozlash tizimi
avtomobil harakatlanishining
hamma hollarida,
vaziyatga qarab, sekinlatish yoki to‘xtatish va to‘xtatilgan avtomobilni o‘z holatida
qo‘zg‘atmasdan saqlab turish vazifalarini bajaradi. Shu maqsadlarda karyer
avtosamosvallarida – ish, to‘xtatib turish va yordamchi tormozlash tarmog‘i
mavjud.
Ish tormozi sifatida yetarli ishonchlilikka ega bo‘lgan pnevmatik va
gidravlik yuritmali g‘ildirakni barabanli tormozlash usuli qo‘llaniladi.
Avtosamosvallarni ishlatish jarayonida tezlik 40 km/soat bo‘lganda tormozlash
yo‘li 20 m bo‘lsa, ish tormozi qanoatlanarli hisoblanadi.
Yuk samosvallarida
ko‘proq gidravlik va elektrogidravlik yuritmali tormozlash tizimi ishlatiladi.
Yuk tushirish mexanizmi
kuzovni ko‘tarib-tushirishga
va tirkamalar
kuzovlari stvoroklarini ochib-yopishga xizmat qiladi. Kuzovni ko‘tarish
mexanizmi moy baki,
shesternali nasos, gidrosilindrlar, gidrotaqsimlagichlar va
boshqarish kranlaridan tashkil topgan. Avtosamosvallar ko‘tarish
mexanizmi uch
yoki to‘rt pog‘onali teleskopik gidrosilindrlar bilan jihozlangan.
Karyer avtosamosvallari kuzovi
(yuk platoformasi) kabina usti yoping‘ichi,
rama ustini qoplovchi va orqaga ko‘tarilgan yuk tushiruvchi qismlarning o‘zaro
payvandlangan metall platformasidan tashkil topgan.
Karyer yuk avtosamosvallarida eng ko‘p tarqalgan kuzov turi V – shaklli
kuzov formasidir. Bu shakldagi forma kuzov balandligi kamayishini va avtomobil
og‘irlik markazini ta’minlaydi.
Kuzov lonjeron shaklga keltirilgan asos, yon va bortdan iborat. Kuzov tag
qismi 18-25 mm.li plita ko‘rinishida ishlangan. Kuzovning orqa borti odatda yo‘q
bo‘lib, u yengil yuklarni tashishga mo‘ljallangan avtosamosvallarda (masalan,
ko‘mir tashishda) zarur bo‘ladi. Kuzov ramaga rezinali amortizatorlar
yordamida
o‘rnashadi.
http://hozir.org