17-mа`ruzа Mаvzu: uzlukli transport mashinalari I. Mа`ruzа rеjаsi
Download 36.32 Kb.
|
17-mа`ruzа Mаvzu uzlukli transport mashinalari-hozir.org
Transmissiya
– kuch uzatuvchi qismlar. Avtomobil harakatlanganda unga ta’sir etuvchi kuchlar har bir daqiqada uzluksiz va ixtiyoriy ravishda o‘zgarib turadi. Avvalambor, avtomobilga ta’sir etayotgan kuchlarning o‘zgarishi yo‘l sharoitiga, uning tezligi va tezlanishiga bevosita bog‘liq bo‘lib, bularning vaziyatiga qarab avtomobilning yetaklovchi g‘ildiraklariga dvigateldan kelayotgan burovchi momentni o‘zgartirib turish lozim bo‘ladi. Bu vazifalarni bajarish uchun avtomobilda kuch uzatmasi (transmissiya) qo‘llaniladi. Transmissiya bir-biri bilan uzviy bog‘langan mexanizm va agregatlardan tashkil topib (ilashish muftasi, uzatish qutisi, kardanli uzatma, asosiy uzatma va yarim o‘qlar), burovchi momentni dvigateldan avtomobilning yetaklovchi g‘ildiraklariga uzatib beradi. Shu bilan birga transmissiya orqali burovchi momentni o‘zgartirish chog‘ida u o‘zgaradi va yetaklovchi g‘ildiraklarga bo‘lib tarqatiladi. Karyer yuk avtosamosvallarida ikki xil transmissiyalar qo‘llaniladi: gidromexanik (11-rasm, a) va elektromexanik (11-rasm, b). Gidromexanik transmissiya dvigatel (D) bilan birlashgan muvofiqlash- tiruvchi reduktor, gidrotransformator (GT), uzatish qutisi (KP) va aylanma harakatni orqa ko‘prik (ZM – zadniy most) orqali g‘ildiraklarga uzatuvchi kardan vali (KV) dan tashkil topgan. Transmissiyaning asosiy uzeli gidrotransformator hisoblanib, uning yordamida suyuqlik bosimi avtomatik tarzda (aylanish momentini pog‘onasiz o‘zgartirish hisobiga) burovchi momentga o‘zgartirilib avtomobil g‘ildiraklariga uzatiladi. D D G
R TD AU GT KP KV a b ZM 11-rasm. Karyer avtomobillari transmissiyalari Elektromexanik transmissiya dvigatel (D) bilan aylantiriluvchi generator (G), g‘ildiraklarni reduktor (R) orqali harakatga keltiruvchi parallel yoki ketma-ket ulangan tortish dvigatellari (TD), moslashtirish va boshqaruv apparatlari (AU)dan tashkil topgan. Download 36.32 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling