17-mа`ruzа Mаvzu: uzlukli transport mashinalari I. Mа`ruzа rеjаsi


Download 36.32 Kb.
bet3/11
Sana25.10.2023
Hajmi36.32 Kb.
#1722327
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11
Bog'liq
17-mа`ruzа Mаvzu uzlukli transport mashinalari-hozir.org

Biriktiruvi elementlar
relslarni bir-birlari Bilan hamda shpal bilan
biriktirishga xizmat qiladi. Relslar shpalga metall yostiqcha (planka) orqali 
siqishtiruvchi kostil, katta mix, shrup va boltlar orqali mustaxkamlanadi. Yog‘och
shpallarning ezilib ketmasligi, unga bo‘lgan tayanch yuzasini ko‘paytirish, Ichki va 
tashqi kostillari siljishiga qarshi birgalikda ishlash uchun shpal bilan rels orasiga
metall podkladka (yostiqcha) qo‘yiladi. Podkladkalar yassi va ponasimon ikki va 
uchta teshikli bo‘lishi mumkin.
Yer osti yuk tashish vagonchalari ва каръер вагонлари 
Kon vagonchalari yuk (3-rasm), odam va maxsus uskuna tashiydigan 
turlariga bo‘linadi.Yuk tashiydigan vagonchalar asosan foydali qazilma, boshqa
tog‘ jinslari, ер osti bo‘shlig‘ini to‘ldiruvchi materiallar va yordamchi yuklar-
yog‘och materiallarni tashuvchi («koza»), suyuq yuklarni tashuvchi (sisterna),
uskunalarni tashuvchi (platforma) vagonlarga bo‘linadi.



3-rasm. Yer osti yuk tashiydigan vagonchalari 

Odam tashuvchi vagonchalar gorizontal va qiya tekislikda yuruvchi xillariga 
bo‘linadi.
Maxsus uskuna tashuvchi vagonchalarga ta’mirlash uskunalari, o‘t 
o‘chiruvchi materiallar, yo‘l o‘lchov asboblari va boshqa uskunalar bilan
jihozlangan vagonchalar kiradi. 
Kon vagonchalariga bir-biri bilan o‘zaro bog‘liq bo‘lgan bir qancha
quyidagi talablar qo‘yiladi: yuqori chidamlilik, nafaqat statistik balki bir-biri bilan 
urilgan hollarda hosil bo‘luvchi dinamik kuchlarga ham chidamlilik, o‘z xajmiga
nisbatan mumkin qadar kichik og‘irlikka va o‘lchamlarga ega bo‘lishi, harakatga 
qarshilik kuchlarining mumkin qadar kichikligi, yuklanishning osonligi, to‘liq yuk
to‘kilishi ta’minlanishi, tozalash, ulanish va ajratish osonligi kabi talablar.
Ochiq konlarda ishlatiluvchi vagonlar 
Yuk tashishga mo‘ljallangan temir yo‘l vagonlari sinflari. 
Kar’yerlarda ishlatiladigan vagonlar asosiy ko‘rsatgichlari bo‘yicha
quyidagicha bo‘linadi (4-rasm): 
1)

ishlatilish sharti bo‘yicha – umumfoydalanish va sanoat transportida


konstruksiyasi va gabaritlari faqat sanoat yo‘llarida yopiq konturda ishlatishga


muljallangan; 
2)

kuzovining tuzilishi bo‘yicha – yopiq vagonlar, yarim vagonlar, 


platformalar, sisternalar va maxsus ishlarga mo‘ljallangan vagonlar;


3)

harakatlanish usuli bo‘yicha – lokomotivlar yordamida harakatlanuvchi


yoki o‘zining tortuvchi dvigateli orqali harakatlanuvchi (motorli vagonlar) 
vagonlar;
4)

o‘qlari soni bo‘yicha – ikki, to‘rt, Olti va sakkiz o‘qli; to‘rt va ko‘p o‘qli


bo‘lsa vagonlarning yuruvchi qismi buriluvchi telejkalar tarzda ishlab chiqariladi. 
Bunda har bir telejkada ikkita yoki uchta o‘q bo‘ladi;






Download 36.32 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling