17-mа`ruzа Mаvzu: uzlukli transport mashinalari I. Mа`ruzа rеjаsi


Download 36.32 Kb.
bet10/11
Sana25.10.2023
Hajmi36.32 Kb.
#1722327
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11
Bog'liq
17-mа`ruzа Mаvzu uzlukli transport mashinalari-hozir.org

Yurish qismi
rama, g‘ildirak osmalari, g‘ildirak va shinalardan tashkil 
topadi.
Yurish qismining asosi rama bo‘lib, unga avtomobilning barcha agregatlari 
va kuzovi o‘rnatiladi. Yuk avtomobillarida rama ko‘tarib yuruvchi vazifasini o‘tab,
unga ta’sir etuvchi barcha kuchlarni qabul qiladi. Ramaga ta’sir etuvchi kuchlar 
dvigateldan g‘ildiraklarga uzatilayotgan momentlar va yo‘ldan berilayotgan har
turli kuchlar bo‘lib, bu kuchlar avtomobilga ortilgan yukning vazni, uning yurish 
sharoiti hamda tezligiga ko‘ra o‘zgarib turadi. Shuning uchun rama yetarlicha
mustahkam va butun agregatlarni joylashtirishga qulay bo‘lishi lozim.


Osmalar
avtomobilning ko‘tarib yuruvchi tarmog‘i va ko‘priklar o‘rtasida 
elastik aloqani uzviy ravishda ta’minlab, g‘ildiraklar va u bilan bog‘langan



tarmoqqa tushadigan o‘zgaruvchan yuklanishlarni kamaytiradi, avtomobilning


tebranishini so‘ndiradi, shuningdek, harakat davomida avtomobil kuzovining 
holatini ravonlashtirib turadi. Ma’lumki, ochiq konlarda, ayniqsa, zaboy va
ag‘darma yo‘llarining notekisligi avtosamosvallarning o‘zgaruvchan tezliklarda 
ba’zida silkinuvchan harakatlanishiga sabab bo‘ladi.

Shinalar
o‘lchamlari dyumli o‘lchamda ikkita son bilan belgilanadi. 
Birinchi son profil enini, ikkinchi son esa g‘ildirak obodasi diametrini belgilaydi.
Masalan, BelAZ – 540 da 27.00-49 o‘lchamli, БелАЗ – 7521 da 40.00-57 
o‘lchamli shinalar ishlatiladi. Shinalardagi havo bosimi 0,5-0,55 MPa tashkil etadi.
Karyer samosvallari shinalari qator talablarga: birinchi navbatda yuqori 
darajada yedirilishga chidamli, yorilish va kesilishga mustahkam va issiqqa
chidamli bo‘lishi kerak. 


Boshqaruv mexanizmlariga
rul boshqarmasi, tormozlash tizimi hamda yuk 
tushirish mexanizmi kiradi.
Rul boshqarmasi avtomobil harakatlanganda old g‘ildiraklarni burish yo‘li 
bilan uning yo‘nalishini o‘zgartiradi va yurishni haydovchi belgilangan yo‘sinda
saqlash uchun xizmat qiladi.



Download 36.32 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling