17-mа`ruzа Mаvzu: uzlukli transport mashinalari I. Mа`ruzа rеjаsi


Download 36.32 Kb.
bet6/11
Sana25.10.2023
Hajmi36.32 Kb.
#1722327
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11
Bog'liq
17-mа`ruzа Mаvzu uzlukli transport mashinalari-hozir.org

Teplovozlar 
Teplovoz - ichki yonuv dvigateli bilan jixozlangan lokomotivdir. Ichki 
yonuv dvigatelining quvvati uning tirsakli vali aylanish tezligiga to‘g‘ri
proporsionaldir. Lokomotiv joyidan qo‘zg‘alish vaqtida dvigatel katta aylanish 
momentiga, demakki katta aylanish tezligiga ega bo‘lishi kerak. Shuning uchun
ichki yonuv dvigatellari to‘g‘ridan-to‘g‘ri lokomotiv g‘ildirak juftlari bilan 
bog‘lana olmaydi. Dvigatelni ishga tushirish vaqtida g‘ildirak juftlaridan birikish
uzib qo‘yiladi, salt xolatda ishga tushirilib, tezligi oshiriladi, so‘ngra aylanish bir 
tekisda o‘qqa uzatiladi.




7-rasm. Elektr uzatishli teplovoz 

Aylanish momentini xarakatlanuvchi o‘qlarga uzatish usuliga ko‘ra 
teplovozlar mexanik (motovozlar), Elektrik va gidromexanik uzatishli
teplovozlarga ajratiladi. 
Mexanik uzatishli taplovozlar umumfoydalanish Temir yo‘llarida eng ko‘p
qo‘llaniladi. Elektrik uzatishli teplovozlarda ichki yonuv dvigateli (dizel) 
o‘zgarmas tok generatorini ishga tushirib, tortuvchi elektryuritmani elektr
energiyasi bilan ta’minlaydi.
Gidromexanik uzatish xozircha nisbatan kichik (800-900 ot kuchi)
quvvatlarda qo‘llanilib, elektrik uzatishga qaraganda qator afzalliklarga egadir: 
teplovozning og‘irligi 25% ga, qurilish tannarxi 30% ga, ta’mirlashga
sarflanadigan xarajatlar 45-50 % ga kamayadi, gidromexanik uzatishning F.I.K. 
0,8-0,82 ga tengdir. Gidromexanik uzatishda mexanik (tishli) xarakat oddiy gidro
uzatish orqali amalga oshirilib, nisbatan katta quvvat uzatiladi. 
Teplovozli tortishni texnikaviy-ekspluatatsion nuqtai nazaridan baholansa
quyidagi asosiy tavsiflarni keltirish mumkin: 
a) teplovozlar F.I.K. 24-26% га yetadi (parovozlarda 6-7%, elektrovozlarda
16-18%)

b) teplovozlar boshqa lokomotiv turlariga qaraganda deyarli mustaqqil, ya’ni


qo‘shimcha moslama va uskunalar (kontakt simlari, tortish nimstansiyalari, 
akkumlyator batareyalari va boshqalar) talab etmaydi. Davriy ravishda yoqilg‘i va
suv bilan to‘ldiriladi. 
v) teplovozlar o‘zgaruvchan ish sharoitlariga yuqori darajada
moslanuvchandir, ya’ni kar’yer sharoitlarida teplovoz tortish kuchini boshqarish va 
moslashtirish mumkin, bu jixatdan elektrovozlardan ustundir.



g) teplovozlar ustida tadqiqotlar o‘tkazishga nisbatan kam kapital mablag‘lar


talab etiladi. 



Download 36.32 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling