1боб. Мухандислик графикасини ўқитиш методикасининг умумий масалалари Режа


shakl. Parabolik qaytargichlarning amaliyotda qo 'llanilishiga misollar: a) yoritish asboblarida; b) teleskop, radiolokator va antennalarda


Download 1.65 Mb.
bet34/56
Sana24.04.2023
Hajmi1.65 Mb.
#1395232
1   ...   30   31   32   33   34   35   36   37   ...   56
Bog'liq
MUHAN граф маъруза 123

shakl. Parabolik qaytargichlarning amaliyotda qo 'llanilishiga misollar: a) yoritish asboblarida; b) teleskop, radiolokator va antennalarda

Shunga teskari ravishda, parabola o‘qiga parallel yo'nalishda kelayotgan yorug'lik nurlari bitta nuqta - parabola fokusida yig‘iladi. Parabola qaytargichlarining bu xususiyatidan quyosh issiqlik qurilmalari. teleskoplar, radiolokatorlar va antennalar kabilarda foydalaniladi (45- shakl).
2. Tuproq, ko‘mir, paxta yoki boshqa biror materiallami lentali transportyor yordamida uzatishda shu materiallar inersiya kuchi va og‘ irlik kuchi ta’sirida parabola shaklini hosil qilib tushadilar. Himoya qoplamasi (kojux)ni loyihalashda konstruktorlar albatta yuqoridagi holatni hisobga olishlari zarur (37-shakl). Aks holda to‘kilayolgan materialning bir qismi qoplamaga urilib shovqin hosil qiladi, uning devorlarining tez yoyilib tashilayotgan materialning parchalanishiga olib keladi.
0‘quvchilarga lekalo chiziqlari bo'yicha grafik topshiriqlami individual variantlar bo'yicha berilsa dars samadorligi ortadi. Uyga beriladigan vazifalarga o'xshash variantlami o'qituvchi darsda sinf doskasida bajarib, o'quvchilarga tushuntirishi kerak. Lekalo chiziq turlarini o'quvchilaming qiziqishlariga asosan ham tanlash mumkin. Chunki lekalo chiziqlarini o'quvchilarga o'rgatishdan asosiy maqsad, t arda lekalodan foydalanib ravon egri chiziqlar o'tkazish ko'nikmalarini shakllantirishdan iborat. Bu ko'nikmalar ularga keyinchalik texnik ijodkorlik to‘garaklarida, mehnat ta'limi mashg'ulotlarida turli xil mexanizmlar, kiyim-kechaklami loyihalashda qo‘l kelishi mumkin.


SAVOLLAR:
1. Geometrik yasashlami o'rganishdan maqsad nima?
2. Mavzuga kirish suhbati qanday tashkil qilinadi?
3. Geometrik yasashiaming asosiy turlarini aytiб bering.
4. Xalq amaliy san’atida geometrik yasashlar qanday o'rin egallagan?
5. O'quvchilarni tutashma bajarishga o'rgatish metodikasini tushuntiring.
6. Qanday chiziqlarga sirkul egri chiziqlari deb aytiladi?
7. Sirkul egri chiziqlarining turlarini va ular chizmalarini bajarishga
o'rgatish metodikasini aytib bering.
8. Sirkul egri chiziqlarining amaliy ahamiyati nimalardan iborat?
9. Qanday chiziqlarga lekalo chiziqlar deyiladi?
10. Lekalo chiziqlarini amalda qo‘llanilishiga misollar keltiring.

TO‘G‘RI BURCHAKLI PROYEKSIYALASH METODINI 0‘RGATISH USULLARI


To‘g‘ri burchakli proyeksiyalash mavzusi o‘ziga xos xususiyatga ega bo'lib, o'quvchilar 8-sinfgacha boshqa fanlarda bunga o'xshash materiallar bilan tanishmagan bo'ladilar. O'qituvchi oldida o'quvchilarni notanish bo'lgan bilimlar sohasiga olib kirish vazifasi turadi. Bunda tasavvurdagi nurlar yordamida predmetni bir nechta tekislikka hayolan proyeksiyalash ko'nikmalarini egallash zarur bo'ladi. Shu bilan birgalikda o'quvchilar biror chizmani chizish yoki o'qish paytida bu jarayonni real holatda ko'rish imkoniga ega boimaydi. U faqat chizmachilik qog'ozi, chizma- topshiriq yoki original (buyum va detal) bo'yicha masala yechimini topishi kerak. Bunga o'xshash vazifalarni bajarishda o'quvchilarga fazoviy tasavvur deb nomlanuvchi juda zarur va foydali qobiliyat yordamlasliadi. Inson fikrlashining bu xususiyatini rivojlantirish chizmachilik kursini o'rganishning eng asosiy vazifasi hisoblanadi. Maktab kursining boshqa fanlari (mehnat ta’limi, geometriya, fizika, ximiya va hokazo), shuningdek, injenerlarning texnika va qurilish sohalaridagi faoliyatlarida ham fazoviy tasavvurning rivojlangan bo'lishi talab qilinadi.
Proeksiyalash metodini o'rganish texnik chizmalarni bajarish moyillarining asoslari ekanligi uchun ham juda zarur. O'quvchilar proyeksiyalash jarayonini tasavvur qilishsa nima uchun texnik chizmalar aynan shunday bajariladi. nima uchun proyeksiyalar belgilangan tartibli J°ylashtiriladi, nima uchun chizmadagi tasvirlar fotografiya yoki asmlardan farq qiladi kabi savollarga tushungan holda javob qaytaradilar.
Bu mavzuni o'qitishning bir necha variantlari mavjud. Bular ichidan eng keng tarqalgan usulni ko‘rib chiqamiz (o'quvchilarni bir, ikki va uchta o'zaro perpendikulyar tekisliklarda buyumlaming proyeksiyalarini tasvirlashga bosqichma-bosqich o'rgatish):

  1. Proeksiya va proyeksiyalash usullari haqida tushuncha. Bitta tekislikka proyeksiyalash. Bosh ko'rinishini tanlash, uni yasash algoritmi. Daftarda amaliy ish bajarish (Is.).

  2. Ikkita o'zaro perpendikulyar tekislikka proyeksiyalash. Gorizontal tekislik va uning fazoda joylashuvi, belgilanishi. Proeksiyalarning o'zaro aloqasi. Daftarda amaliy ish bajarish (Is.).

  3. Nazariy bilim, amaliy ko'nikma va malakalarni tekshirish (A4 formatli qog'oz varag'ida amaliy ish bajariladi (Is.).

Mavzuni o'rgatishda o'qituvchi proyeksiyalovchi nurlar yordamida proyeksiyalar hosil bo'lishini o'quvchilarga tushuntirishi kerak. Bu yerda dush ostiga qo'yilgan va yomg'ir ostiga qo'yilgan chelakni misol qilib tushuntirish mumkin (46-shakl).


Download 1.65 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   30   31   32   33   34   35   36   37   ...   56




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling