2- mavzu: Zamonaviy kompyuterlar va ularning arxitekturasi


Download 35.5 Kb.
bet7/10
Sana07.01.2023
Hajmi35.5 Kb.
#1081849
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
Sichqoncha. Sichqoncha ma’lumotlarni kompyuterga kiritish va u bilan muloqot qilish vazifasini tezroq amalga oshirishni tahminlaydigan qurilmadir. Usiz kompyuterda xususan, amaliyot tizimida ishlab boʻlmaydi. U yordamida amaliyot tizimga va uning boshqaruvi ostida ishlaydigan dasturlarga buyruqlar kiritiladi. Sichqoncha odatda ikki yoki uch klavishli boʻladi: chap, oʻng va oʻrta yoki gʻildirakchali. Chap va oʻng klavishalar dastur asosida almashtirilishi mumkin. Odatda chap klavisha yordamida asosiy amallar (ajratish, surish, bajarish va h.k.) bajariladi. Oʻng klavisha kontekst tavsiyanoma deb ataluvchi oynadagi amallarni bajarish uchun xizmat qiladi. Kontekst tavsiyanomaning vazifasi joriy holatda u yoki bu amalni tezroq bajarish bilan bogʻliq. Oʻrta klavisha yoki gʻildirakcha hozirda xususan, varaqlash (Page Down, Page Up amaliga oʻxshab) maqsadlari uchun qulay.
Sichqoncha birinchi navbatda koʻrsatish vazifasini bajaradi. Agarda biror obyekt koʻrsatgandan keyin chap klavishacha bosilsa, oʻsha obyekt ishlash uchun tayyor boʻlib turadi. Koʻrsatilgan obyekt ustida, sichqonchaning chap klavishasi ikki marta bosilsa, koʻrsatilgan obyekt ishga tushib ketadi. Sichqonchaning chap klavishasini ikki marta ketma-ket bosish operatsiyasi, bu operatsiyani bir marta chap klavishani bosib, keyin Enter bosilganiga teng boʻladi.
Ekranda koʻrsatilgan obyektni surish yoki koʻchirish uchun, sichqoncha koʻrsatkichini koʻrsatilgan obyekt ustiga keltirilib, sichqonchaning chap klavishasi bosiladi va klavishani qoʻyib yubormasdan, obyektni yangi joyga suriladi va sichqoncha klavishasi qoʻyib yuboriladi. Windows muhitida ishlayotganda ekrandagi obyektlarni sichqonchaning ham chap, ham oʻng tomonda joylashgan klavishalar bilan koʻchirish mumkin.
Bundan tashqari har bir shaxsiy kompyuterga tashqi qurilmalar deb ataluvchi vositalarni ham ulash imkoni mavjud boʻlib ulardan ayrimlari bilan tanishib chiqamiz.
Printer. Printerlar kompyuterda olingan natijalarni, dastur va berilganlarni bosmaga chiqarish uchun ishlatiladi. Printer yordamida matnlarni, grafiklarni, rasmlarni rangli va rangsiz koʻrinishda bosmaga chiqarish mumkin. Printerlar asosan uch xil boʻladi: matritsali, oqimli va lazerli.
Matritsali printerlar nuqtalar yordamida bosmaga chiqaradi. Shuning uchun ham ularni nuqta-matritsali printerlar deb ham atashadi. Bunday printerlar nisbatan sekin ishlaydi, chop qilish sifati uncha yaxshi emas va chop qilish tezligi ham katta emas. Ular keng (A3) va oddiy (A4) chop etish formatiga ega. 24, 48 ignali (nuqtali) printerlar mavjud boʻlib, albatta ignalar soni koʻpligi yaxshi ekanligi tushunarlidir.
Oqimli printerlar. Bunday printerlar maxsus (rangli va rangsiz) siyohlarni purkash yoʻli bilan ishlagani uchun ular oqimli deb ataladi. Bu printerlarning turli ranglarda chop qilish sifati tiniq va ravshan boʻlib, ularning-kamchiligi siyohining tez tamom boʻlib qolishi va uning nozikligidir. Bu printerlar matnlarni nisbatan tez, grafik tasvirlarni esa sekinroq chop etadi.

Download 35.5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling