2- mavzu: Zamonaviy kompyuterlar va ularning arxitekturasi


Ctrl (Control boshqarish) va ALT


Download 35.5 Kb.
bet6/10
Sana07.01.2023
Hajmi35.5 Kb.
#1081849
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
Ctrl (Control boshqarish) va ALT (Alternative - oʻzgartiruvchi)- boshqa klavish bilan birga bosilganda, oʻsha klavishning vazifasi oʻzgaradi.
Print Sсreen (ekrandagi chop etish) - ushbu klavish ekranda boʻlgan ma’lumotni printerga chiqarib beradi.
PAUSE (vaqtinchalik toʻxtash) - bosilganda kompyuter oʻz ishini vaqtincha toʻxtatadi.
TAB (tabulyatsiya soʻzidan) - faqat pastdagi registrda ishlaydi va gap matn, hujjatlar haqida ketganda, kursorni oʻng tomonga, navbatdagi maxsus koʻrsatilgan nuqtaga suradi. Bu klavishning qulayligi shundaki, uning yordami bilan jadvallar tuzish oson va matnni yozganda belgilangan pozitsiyadan boshlab terish mumkin. Klavishlarni yuqori registrda bosganda, kursorni chap tomonga, belgilangan pozitsiyaga surish mumkin.
BackSpace (Orqaga qaytish) - qaytarish klavishi. Bu klavisha yordamida, matn terish paytida, ekrandagi kursordan chap tomondagi xato terilgan belgilarni oʻchirish mumkin. Kursorning oʻzi esa bitta belgi chap tomonga suriladi.
Enter (kiritish) - kiritish klavishi. Matn terish paytida ushbu klavish bosilsa, kursor yangi abzatsga (satrga ) oʻtadi.
Caps Lock (katta yoki kichik harflarga oʻtish klavishi) - yuqori registrga oʻtish imkonini yaratib beradi. Haqiqatda esa ushbu klavish faqat harflar terish klavishlariga oʻz ta’sirini koʻrsatadi, katta harflar kiritish imkonini yaratib beradi. Bu klavishni bosib ushlab turish kerak emas. Ishlovchiga qulaylik yaratish maqsadida klaviaturaning oʻng burchagida yonib turadigan indikatorlar joylashgan. Bu indikatorlar rejimni koʻp vaqt davomida saqlab turadigan klavishlar bilan bogʻlangan. Shularning ichida bittasi Caps Lock ga tegishli.
Shift (registrni almashtirish) - vaqtinchalik yuqori registrdan pastki registrga, yoki aksincha, pastki registrdan yuqori registrga oʻtish imkonini beradi. Hammasi Caps Lock klavishining holati bilan bogʻlangan. Bu klavishning xizmati vaqtinchalik boʻlganligi sababli, boshqa klavishlarning xizmatini oʻzgartirish kerak boʻlsa, ularni bosish paytida Shift klavishi vaqtinchalik bosib ushlab turiladi.
Quyida klavishlar va ular bajaradigan vazifalarni koʻrib chiqamiz.

Klavishlar

Vazifasi



kursorni bir yoki bir necha oʻringa oʻngga, chapga, pastga va yuqoriga suradi

HOME (boshiga)

Kursorni satr boshiga olib keladi.

END (oxiri, nihoyasi)

Kursorni satr oxiriga olib oʻtadi.

Page Up (Page Up) (bir sahifa yuqoqriga)

bu klavish bosilganda kursor bir sahifa (ekran) oldinga suriladi.

Page Down (Page Down) bir sahifa pastga

bu klavish bosilsa, kursor bir ekran orqaga suriladi.

ESC (Escape)

qandaydir oldin berilgan vazifalardan voz kechish.

Klavishlarni sekin bosish kerak, kuch ishlatish mumkin emas. Harflar kiritish paytida klavishni koʻp ushlab turish kerak emas. Aks holda, oʻsha bosilgan harf ekranga ketma-ket chiqa boshlaydi.
7. Shaxsiy kompyuterlarning qoʻshimcha qurilmalari.

Download 35.5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling